Viloyatimizda

Viloyatimizda

🌐OLTIARIQ_TV

skrining markazida mintaqalararo sitogenetik laboratoriya tashkil etildi.


Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyati Ona va bola skrining markazida mintaqalararo sitogenetik laboratoriya tashkil etilib, zamonaviy raqamli mikroskop va laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida xromosoma sindromlariga chalingan bolalarni aniqlash imkonini beradi.

—Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‘ma nogironlikning oldini olish, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish, davolash va diagnostika ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda, — deydi viloyat Ona va bola skrining markazi direktori Manzura Salimova. — Markazimizda ish boshlagan mintaqalararo sitogenetik laboratoriyada nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash borasidagi ishlar natijadorligi yanada ortadi.


Report Page