F.A.Q.

F.A.Q.


Kanalimiz a'zolaridan ko'plab bir hil mavzudagi savollar tushayapti. Quyida shu savollarga javob beramiz:

Kurs jarayoni qanday tartibda bo'ladi?

Darslar onlayn platformada video darslik shaklida bo’ladi. Har bir dars oxirida vazifa beriladi. Vazifani bajarib, bizga jo’natasiz. Agar to’g’ri bo’lsa, keyingi darsga o’tasiz. Kamchiliklar bo’lsa, tushunmagan joylaringiz bo’yicha Sizga yordam beramiz. Shu tarzda, o’zlashtirishingiz oson bo’ladi. Har bir tarif uchun to‘lov bir marta amalga oshiriladi va shu bilan o‘quv jarayoni yakuniga qadar.

Tariflarning bir-biridan qanday farqi bor?

Bizda 3 ta tarif mavjud: J1, J2 va J3. Barcha tariflarda jurnalistika noldan boshlab o'rgatiladi. Qanday qulayliklar borligi to'g'risida tarifni ustiga bosib bilib olishingiz mumkin.
Agarda Siz jurnalistikani video darslar yordamida o'zim o'rganaman, qo'shimcha ma'lumotlarni o'zim topib olaman, deb hisoblasangiz - unda Siz uchun J1 tarifini taklif qilamiz.
Agarda biz Siz bilan butun kurs davomida individual ravishda shug'ullanishimizni, yirik OAV va TV da maqola, intervyu, reportajlaringiz e'lon qilinishini, vazifalarni bajarishda telegram orqali shaxsan qo'shimcha ma'lumotlar va qo'llab quvvatlashlar berib borishimizni istasangiz - bu holda J2 tarifi Siz uchun optimal yechim bo'ladi.
Sherigingiz bormi? Jurnalistika bilan jiddiy shug'ullanishni va kurs tugagandan so'ng o'rgangan bilimlaringizni mustaqil sinab ko'rishni, uning ortidan katta OAV va televideniyalarda ishlab tajriba orttirishni maqsad qilgan bo'lsangiz - J3tarifi aynan Siz va do'stingiz uchun. Bu tarifda biz Sizga efirga va OAV uchun maqola, intervyu, reportaj tayyorlashingizda nazariy va amaliy jihatdan yordam beramiz.

Kurs qancha muddat davom etadi?

Kursning davomiyligi o’zingizga bog’liq. Siz uni bir oy ichida ham tugallashingiz mumkin. Qanchalik tez o’zlashtirishni istasangiz, shuncha tez tugallayiz. Bizning kurslarni Siz o’zingiz uchun qulay bo’lgan vaqtda o’rganishingiz mumkin. Haftaning istagan kunida, kunning istalgan vaqtida. Qachon, qancha muddat shug’ullanishingizni o’zingiz hal qilasiz. Aynan shu sababli bizning kurslar ko’pchilik uchun qulay va foydali hisoblanadi.

Kursning sifatiga qanday kafolat bor?

Qaysi tarifni sotib olishingizdan qat'iy nazar, Siz barcha darslarni diqqat bilan o’rganib, uyga vazifalarni to’g’ri bajarib, kursni to’liq tugatdingiz deylik. Ana shundan keyin ham jurnalistikada o’zingiz mustaqil maqola, intervyu, so'rovnoma, reportaj tuza olmasangiz, pulingizni 100% to’liq qaytarishga kafolat beramiz.


Agarda Sizda yana savollar yoki takliflar bo'lsa bizga murojaat qiling: @JurnalistAdmin

Report Page