JDU va qabul haqida ko'p beriladigan savollar

JDU va qabul haqida ko'p beriladigan savollar

Japan Digital University

Japan Digital University va undagi so'nggi, maxsus qabul haqida ko'p berilayotgan savolllarga javoblar.

1. Qabul tugamadimi?
Qabul ya'ni hujjat topshirishning so'nggi kuni 5-sentabr

2. Nima hujjat topshiraman? 
Passport va maktab shahodotnomasi yoki kollej, litsey diplomi

3. Hujjatni qanday topshiraman?
Hujjatlar www.jdu.uz sayti orqali onlayn topshiriladi. 

4. Til bilmayman topshirsam bo'ladimi?
So'nggi qabulda faqat matemakidan onlayn imtihon topshiriladi. Til bilish talab etilmaydi.

5. Kontrakt summasi haqida?
Kontrakt summasi haqida batafsil ma'lumotni www.jdu.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

6. Sirtqi yo'nalishlar bormi?
Bizda hozircha, faqat, kunduzgi shaklda IT muhandisligi fakulteti mavjud.

7. "Перевод" qilsam bo'ladimi?
Afsuski, bizda "перевод" qilish imkoniyati mavjud emas.

8. JDU'da qanday yo'nalishlar bor?
 Bizda hozircha, faqat, kunduzgi shaklda IT muhandisligi fakulteti mavjud.

9. Universitetga kirgandan so'ng, o'qish qayerda bo'ladi? 
O'qish Toshkent shahrida bo'ladi. Bitirgandan so'ng esa Yaponiyada ishlash imkoniyati mavjud

10. Universitet haqida ma'lumot olmoqchidim?
To'liq ma'lumotni www.jdu.uz sayti yoki 71 200-05-95 raqami orqali olishingiz mumkin.

11. Qaysi fanlardan imtihon bo'ladi? 
So'nggi qabulda faqat matemakidan onlayn imtihon topshiriladi. Til bilish talab etilmaydi.

12. Men IT qiziqaman, lekin bu sohani deyarli umuman bilmayman. 0 dan o'rgatasizlarmi?
Ha, dastlab kompyuter savodxonligi darsidan boshlab o'tiladi.

13. Darslar qaysi tilda o'tiladi?
Darslar 6 oy o'zbek tilida. Bu davrda yapon tilini tahsil olasiz. Keyin esa yapon tilida olib boriladi )

14. Rus tili yo'nalishlar ham bormi? 
Afsuski, hozirda bizda rus tilida darslar olib borilmaydi.

15. Imtihon to'lovi qancha? 
Hujjatlarni topshirib, 24 soat ichida imtihon uchun 200 ming so'm to'lov 

16. Imtihon to'lovi qachon qilinadi?
Hujjatlarni topshirib, 24 soat ichida.

17. Yosh chegarasi mavjudmi?
Universitetimizga 17-21 yoshda bo'lgan abituriyentlar topshira olishadi.

18. Magistratura ham bormi?
Hozircha faqat bakalavrga qabul mavjud.

19. Oldin topshirganlar ham qayta topshira oladimi?
Ha, yana hujjat topshirishingiz mumkin.

20. Imtihon javoblari qachon chiqadi?
Imtihondan 3 kun o'tib.

21. O'qish qachon boshlanadi?
3-oktabrdan

Report Page