FAQ

FAQ

GrantGO
  1. GrantGo saytidan qanday ro'yxattan o'tiladi?
  2. Profil ma'umotlari qanday to'ldiriladi?
  3. "Tanlangan imkoniyatlar" oxirgi muddatlari haqida Telegram va Email shaxsiy xabarnoma olish qanday ishlaydi?
  4. Tizimga qanday kiriladi (login)?


GrantGo saytidan qanday ro'yxattan o'tiladi?

Ro'yxatga o'tish uchun ushbu havola orqali saytga kiriladi va hosil bo'lgan sahifadan quyidagi belgini tanlash orqali "ro'yxatdan o'tish" menyusiga o'tiladi:



Undan keyin esa menyuda so'ralgan ma'lumotlarni quyidagi tarzda to'ldirish talab qilinadi. Ma'lumotlar tegishli tartibda to'ldirilib, reCaptcha orqali shaxsingizni tasdiqlagach ro'yxattan o'tish tugmasi bosiladi:

Izoh: Agar sizda email pochta mavjud bo'lmasa uni mail.google.com sayti orqali ochishingiz mumkin



Keyin esa sizning email pochtangiz tasdiqlanishi uchun pochtangizga xabar jo'natiladi. Agar xabar kelmagan bo'lsa spam tekshiriladi yoki "0qayta yuborish" tugmasi orqali qayta yuboriladi:



Email pochtangizga tasdiqlovchi xabar kelgach, ro'yxattan o'tganingizni tasdiqlash uchun "Emailni tasdiqlash" tugmasi bosing va shu tariqa ro'yxattan o'tish muvaqqiyatli yakunlanadi:




2. Profil ma'lumotlari qanday to'ldiriladi?

Profil ma'lumotlarini to'ldirish uchun asosiy sahifa orqali "shaxsiy ma'lumotlar" bo'limiga o'tiladi:



Va u yerda quyidagi sahifa borligini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Rasmda ko'rsatilganidek shaxsiy ma'lumotlaringizni yozishingiz, profil uchun rasm yuklashingiz va oxirida "ma'lumotlarni yangilash" tugmasi orqali o'z profil ma'lumotlaringizni tasdiqlashingiz mumkin:



3. "Tanlangan imkoniyatlar" oxirgi muddatlari haqida Telegram va Email shaxsiy xabarnoma olish qanday ishlaydi?

"Tanlangan imkonyatlar" oxirgi muddatlari haqida Telegram va Email shaxsiy xabarnoma olish saytimizning ajoyib o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lib uni ishga tushirish uchun asosiy menyudan sozlamalar bo'limiga kiriladi:



Bu yerda esa quyidagi sahifani korishingiz mumkin bo'ladi. Bu yerdagi qulay interfeys tufayli siz "tanlangan imkoniyatlar oxirgi muddatlarini qay vaqt olishingiz, Telegram yoki Pochta orqali xabarnoma olish uchun bittasini tanlashingiz va saqlash tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi:



Yuqorida ko'rsatilganidek, "tanlangan imkoniyatlar" haqidagi eslatmalarni Telegram bot orqali olishingiz mumkin.

Buning uchun yuqoridagidek Telegram bot opsiyasi tanlanadi va siz quyidagi oynani ko'rishingiz mumkin bo'ladi:




Demak, birinchi navbatda ushbu havola orqali botga o'tib, u yerdagi "START" tugmachasini bosish orqali bot sizga Telegram kanalimizga obuna bo'lishingiz uchun havola jo'natadi:




"Kanalga qo'shilish" tugmachasini bosish orqali esa Telegram kanalimizga a'zo bo'lishingiz mumkin:




Barcha shartlar bajarildi. Ana endi "Log in with Telegram" (Telegram orqali kirish) tugmasini bosib, avtorizatsiyadan o'tishingiz keral bo'ladi:




Avtorizatsiya jarayonida avvalo,Telegram messenjerida ro'yxatdan o'tgan telefon raqamini kiritishingiz so'raladi. Raqam kiritilgach, " Next" (Keyingi) tugmachasi bosiladi:




Keyin esa ushbu oynani ko'rishingiz mumkin. Bu yerdan, "Accept" (Tasdiqlash) tugmasi bosiladi:




Keyin, sizning Telegram manzilingizga tasdiqlovchi xabar kelganligi haqidagi quyidagi xabarni o'qishingiz mumkin. Tasdiqlash uchun Telegram profilingizga kirishingiz so'raladi:




Bu yerda sizga tasdiqlovchi xabar kelganini ko'rishingiz mumkin. "Tasdiqlash" tugmasini bosish orqali siz o'z profilingizni tasdiqlaysiz:




Endi saytga qaytib, "Sozlamalar"ga kirib, Telegram botni tanlab "Saqlash" tugmasini bosish kifoya:




Ana endi keling, "tanlangan imkoniyatlar" haqida eslatmalar olish jarayonini tekshirib ko'rsak. Buning uchun, birinchi navbatda, saytimizga kirib, xalqaro grantlar, yozgi maktablar, tanlovlar bo'ladimi, xullas, xohlagan turdagi imkoniyatlardan birini (yoki bir nechtasini) tanlab, imkoniyat sarlavhasi yonidagi qizil yurakchani bosish kerak bo'adi. Sayt yuqorisidagi yurakchada esa siz tanlagan imkoniyatlar soni aks etadi:




Shu tariqa siz, o'zingiz qaysi vaqt oralig'ini o'rnatgan bo'lsangiz, imkoniyat oxirgi muddatidan o'shancha vaqt oldin eslatma xabarnomasini o'zingiz istagan platforma: Telegram bot yoki e-mail (elektron pochta) orqali olishingiz mumkin:



Tizimga qanday kiriladi (login)?

Agar siz saytimizdan biroz muddat foydalanmay yoki tashrif buyurmay qo'ysangiz sizdan ro'yxatdan o'tgan email pochta va parolingizni tasdiqlash orqali qayta kirishingiz talab etiladi.-

Buning uchun saytning bosh sahifasidagi quyidagi belgini bosishingiz kerak:



Keyin esa tizimda ro'yxatdan o'tgan pochta va parol yozilib, reCaptcha orqali shaxsingizni tasdiqlagach "KIRISH" tugmasi bosiladi va siz avvalidek saytdan foydalanishingiz mumkin:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting!

Telegram Instagram Facebook

Report Page