F.A.Q

F.A.Q

Sarvarbek Fozilov



🤔F.A.Q — Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

13 Sentyabr 2019

Qadrli Do'stlar!

Sizdan ko‘pincha o‘quv kursining davomiyligi, o‘quv jarayoniga vaqt ajratish, tarif rejasi to‘lovi asoslari, bir martalik yoki oylik to‘lovlar haqida savollar kelib tushadi. Biz eesa ushbu savollarga batafsil javob berishga qaror qildik.

Onlayn maktab nima uchun yaratilgan?

| — Onlayn maktab - qandaydir sabablarga ko‘ra offlayn maktablarga tashrif buyurishga vaqt topa olmaydigan insonlar uchun yaratilgan. Ushbu muammoda onlayn-ta’lim yordam beradi, bunda siz tinch sharoitda o‘z uyingizda. ofisda yoki biron sayilgohda bo‘lishingiz mumkin, bu yerda esa siz imkon qadar zaruriy bilimlarni olish uchun diqqatingizni bera olasiz.

Onlayn-ta’lim bu nima?

| — Onlayn-ta’lim – bu internet orqali amalga oshiriladigan bilimlarni ulashish jarayonidir.
| Jarayonning formati va muddatlari turlichadir: soatli vebinarlarning ixcham sikli, videoma’ruzalar va vazifalar bilan murakkab kurslar, o‘yin shaklidagi amaliy master-klasslar… Maqsadli auditoriyaning talablari va o‘z oldida belgilagan vazifalariga qarab, kurs yaratuvchisi konsepsiyani aniqlab oladi.
 


RedCloud_School kurslariga qanday yozilish mumkin?

| — Mashg‘ulotlarga kirishish juda oson. Barcha tarif rejalarini o‘rganib chiqing, o‘zingiz uchun ko‘proq mos keluvchi tarif rejasini tanlang. Tarif rejasining imkoniyatlarini, plyus va minuslarini tekshirib ko‘ring. Shundan so‘ng @Redcloud_regbot manziliga tanlangan tarif haqida xabar yuborasiz, siz bilan menejer bog'lanadi, barchasi kelishilganidan so‘ng ma’lumotlar paketi yuboriladi, bular: F.I.Sh, Telefon raqami va elektron pochta. 


RedCloud School’da o‘qish jarayon qanday o‘tkaziladi?

| — Ma’lumotlaringizni yuborganingizdan so‘ng, biz sizni barcha mashg‘ulotlaringiz o‘tkaziladigan maxsus-o‘qituvchi platformaga ulab qo‘yamiz. Platformada video, audio va matnli darslar bo'ladi. Onlayn-kursni xarid qilganingizda sizga bloklardan biriga kirish imkoni beriladi, darsni o‘zlashtirganingizdan keyin esa – keyingisi ochiladi. Ushbu jarayondan o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bu dastur haqiqatdan ham siz uchun foydali bo‘lishi va sizning samarali o‘zlashtirishingiz uchun amalga oshirilgan. Darslarni kompyuter yordamida, yoki bizning mobil ilovamiz orqali qulay vaqtda ko'rib borish imkoniyati bor.



Kurs uchun to‘lov har oy yoki bir marotaba amalga oshiriladimi?

| — Yo‘q, kurs uchun to‘lov bir marta amalga oshiriladi. Ya'ni, siz bir marotaba to'liq kurs uchun to'lov qilasiz, har oy emas. 


O‘quv jarayoniga qancha vaqt ajratish lozim?

| — Kuniga 10 daqiqadan boshlab 2 soatgacha. O'quv dasturi grafigi har bir o'quvchiga juda moslanuvchan adaptiv qilib tashkil etilgan, u imkon qadar o‘quvchilarga moslashtiriladi. Darslarni asosiy mashg‘ulotlar yoki ishdan bo‘sh vaqtingizda o‘rganishingiz mumkin. 


O‘quv kursining davomiyligi qanday?

| — Barchasi aslida o‘zingizga bog‘liq, siz uni bir oyning o‘zida ham tugallashingiz mumkin. Muammo sizning kursni qanchalik tez o‘zlashtirishni istashingizdadir. 
Sizni hech kim shoshiltirmaydi, albatta. O‘zingiz uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda o‘rganishga kirishing. 


Uy vazifasini bajarish qanchalik muhim?

| — Avvalambor shuni ta’kidlab o‘tish joizki, uy vazifalari Sizning xohish va maqsadlaringizga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 
Biz muntazam ravishda uy vazifalarini bajarishni tavsiya qilamiz, chunki ular o‘tilgan materiallarni yaxshiroq o‘zlashtirish va belgilangan maqsad sari tezroq odimlashga yordam beradi. Biroq, aytaylik, siz ishingizda o‘ta band bo‘lsangiz, unda uy vazifasi sizning imkoniyatlaringizdan kelib chiqib berib boriladi.


Mashg‘ulotlar qanday grafikda o‘tkaziladi?

| — Mashg‘ulotlar uchun qulay vaqtni o‘zingiz tanlaysiz: ertalabki, kunduzgi yoki kechki vaqtlar. 


Bir modulni o‘tish uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?

| — Ushbu savolga aniq javob berib bo‘lmaydi. Barchasi o‘z urinishlaringiz, qobiliyatingiz va xohishingizga bog‘liq. 


Men boshqa davlat yoki viloyatda bo'lsam qanday qatnashaman?

| — Bizning kurslar maxsus yopiq platformada onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Demak, siz qayerda istiqomat qilishingizdan qat'iy nazar bizning kurslarga yozilishingiz mumkin.


RedCloud'dagi mashg'ulotlar oddiy kurslardan va universitetlardan nimasi bilan afzal?

| ーZerikarli nazaryalarni ,hamda vaqt to'xtab qoluvchi darslarni unuting,RedCloud'da barcha darslar nazariy bilmlardan ko'ra asosan amalyotga qaratilgan.Shu sababdan ham siz bizning online maktabda o'qib,ayrim insonlar universtetda 4yilda o'rgangan yoki o'quv markazlarida 1-1,5 yilda o'rgangan bilimlarini siz bizning online kurslarimizda 4 oy yok uzog'i bilan 6 oyda ushbu bilimlarni o'rganasz.
RedCloud online maktabining asosiy yutug'i ― bizning barcha o'quvchilarimiz,kursimiz davomida bilim olish bilan birga qo'shmcha daromad xam ola oladi.Yani biz ularga bergan buyurtmalarni bajarish orqalik,daromadga ham erisha olashadi.Hamda malum muddatgacha eng yuqori daromdga erishgan o'quvchilar RedCloud online maktabining maxsus sovg'alariga ham ega bo'lishadi.Biz sog'lom raqobatni rivojlantirish orqalik har bir o'quvchimizni bilim darajasini oshirish ustida qayg'uramiz.
O'quvchilar bizni yuqori sifatlik va tezkor bilim beruvchi eng yaxshi online maktab sifatida yoqtirishadi.


RedCloud kurslari menga nima beradi? 

| Siz bizning kurslarda o'qib quyidagilarga erishasiz.
 Grafik dizayn yoki web dizayn soxalardan birini tez va sifatli o'rganib,yurtimizda yuqori daromadli ishda ishlashingiz va qo'shimcha buyurtmalarni bajarib yanada ko'proq daromad olishingiz mumkin.Eng asosiysi siz uyingizda chiqmagan holda ham yuqori daromad ola olasiz.Siz chet eldagi kampanyalar yoki chet ellik fuqorolarning buyurtmalarni o'zingizga qulay joyda bajarib qo'shimcha daromadga ega bo'lasiz.Kreativ fikrlovchi ajoyib insonlar bilan do'stlashasiz. Shaxsiy biznesingizni ham yo'lga qo'ya olasiz.Siz o'z yangi farovon hayotingizni biz bilan boshlang!


Pullarni qaytarish kafolati.

| — Siz o‘qituvchi va murabbiylarning barcha ko‘rsatmalariga jiddiy amal qilsangiz, barcha o‘rgatilgan materiallarni o‘rgansangiz, barcha bloklardan muvaffaqiyatli o‘tsangiz va o‘qishni a’loga tugatdingiz deylik.Lekin siz olgan bilimlarizdan foydalana olmasangiz va hecha qanday daromadlik buyurtma yoki ishga kira olmasangiz va ularning buyurtmalarni bajara olmasangiz. Mana shunday vaziyatda biz pulingizni to‘liq qaytarishni kafolatlaymiz.


Kurslarga a'zo bo'lish.

| So'nggi bor qachon o'zingizga va'da qilgan maqsadingizga erishdingiz? So'nggi bor qabul qilgan qaroringiz qachon sizni so'nggi bora hayotingizni o'zgartirdi? Bugun maqsadingizga yaqinroq kelish uchun nima qildingiz? Agarda siz o'z onlayn maktabingizni tashkil qilib, hayotingizni o'zgartirib, maqsadlaringizga vanihoyat erishishni istayotgan ko'p sonli insonlardan bo'lsangiz, sizlarni RedCloud_School'ning kurslariga taklif etamiz! Ko'p sonli faqat "istovchi" insonlardan sizning farqingiz esa, bugun qaror qila olishingizda!


Kurslarga a'zo bo'lish uchun Telegram'dagi mahsus @RedCloud_regbot botimiz orqali ro'yxatdan o'ting, va siz bilan bizning menejerlar bog'lanishadi. Sizning hayotingizdagi yangi sahifa aynan shu yerdan boshlanadi!


Report Page