F.A.Q.

F.A.Q.

LEADERS GROUP


Kanalimiz a'zolaridan ko'plab bir hil mavzudagi savollar tushayapti. Quyida shu savollarga javob beramiz:

Kurs jarayoni qanday tartibda bo'ladi?

Darslar onlayn platformada video darslik shaklida bo’ladi. Har bir dars oxirida vazifa beriladi. Vazifani bajarib, bizga jo’natasiz. Agar to’g’ri bo’lsa, keyingi darsga o’tasiz. Kamchiliklar bo’lsa, tushunmagan joylaringiz bo’yicha Sizga yordam beramiz. Shu tarzda, o’zlashtirishingiz oson bo’ladi.


Tariflarning bir-biridan qanday farqi bor?

Bizda 3 ta tarif mavjud: Beginner, Advanced va Business. Barcha tariflarda dasturlash asoslari noldan boshlab o'rgatiladi. Qanday mavzular bo'lishligi to'g'risida tarifni ustiga bosib bilib olishingiz mumkin.
Agarda Siz dasturlashni video darslar yordamida o'zim o'rganaman, qo'shimcha ma'lumotlarni o'zim topib olaman, deb hisoblasangiz - unda Siz uchun Beginner tarifini taklif qilamiz.
Agarda biz Siz bilan butun kurs davomida individual ravishda shg'ullanishimizni, darslarni tushunishda, vazifalarni bajarishda telegram orqali shaxsan qo'shimcha ma'lumotlar va qo'llab quvvatlashlar berib borishimizni istasangiz - bu holda Advanced tarifi Siz uchun optimal yechim bo'ladi.
Dasturlash bilan jiddiy shg'ullanishni va kurs tugagandan so'ng o'rgangan bilimlaringizni mustaqil sinab ko'rishni, mijozlr uchun dastur tuzib, uni sotish orqasidan tezroq daromad topishni maqsad qilgan bo'lsangiz - Business tarifi aynan Siz uchun. Bu tarifda biz Sizga birinchi mijozingiz uchun dastur tuzishingizda nazariy va amaliy jixatdan yordam beramiz.



Kurs muddati qancha davom etadi?
Kursning davomiyligi o’zingizga bog’liq. Siz uni bir oy ichida ham tugallashingiz mumkin. Qanchalik tez o’zlashtirishni istasangiz, shuncha tez tugallayiz. Bizning kurslarni Siz o’zingiz uchun qulay bo’lgan vaqtda o’rganishingiz mumkin. Haftaning istagan kunida, kunning istalgan vaqtida. Qachon, qancha muddat shug’ullanishingizni o’zingiz hal qilasiz. Aynan shu sababli bizning kurslar ko’pchilik uchun qulay va foydali hisoblanadi. 



Kurs sifatiga qanday kafolatlar bor?
Qaysi tarifni sotib olishingizdan qat'iy nazar, Siz barcha darslarni diqqat bilan o’rganib, uyga vazifalarni to’g’ri bajarib, kursni to’liq tugatdingiz deylik. Ana shundan keyin ham 1C da o’zingiz mustaqil konfiguratsiya tuza olmasangiz, pulingizni 100% to’liq qaytarishga kafolat beramiz.


Agarda Sizda yana qandaydir savollar yoki takliflar bo'lsa bizga murojaat qiling: @FMuhitdinov




Report Page