FAQ

FAQ

Азиз Камолов

Salom barcha barchaga!!!


Ta’til bo’lishiga qaramasdan o’z vaqtlarini bilim olish uchun ajratib, berilayotgan vazifalarni bajarishga qaror qilgan talabalarimiz borligidan mamnunmiz! 👏👏👏

Shu o’rinda ba’zi bir kelib tushgan savollarga javob berib o’tamiz.


1. Topshiriqlar faqat 1-bosqichlar uchunmi?


👉Yo’q. Qiziqishi bo’lgan va o’rganishni hohlagan barcha insonlar, barcha fakultet talabalari uchun. Lekin faqat 1-bosqich talabalari ball yig’ib borish tarafidan manfaatdor hisoblanadilar. Chunki ularda ushbu semestr ayni shu fan bor va topshirishlari kerak bo’ladi.


2. Bajarilgan topshiriqlarni qayerga jo’nataman?


👉Bajarilgan misol va masalalarni @student_tkti_bot yoki @faylrobot manziliga yuborishingiz mumkin.


3. Qaysi misollarni ishlashim kerak?


👉1 ta misol ishlashning o’zi jarayonni to’liq o’zlashtirish uchun kamlik qilishi mumkinligini hisobga olgan holda kamida 3 ta, istalgan misolni ishlab, yuborishingiz tavsiya etiladi.


4. Ishlangan misolni qanday ko’rinishda taqdim etish kerak va ball yig’ib borish mezoni qanday?


👉Ayni manashu yerda hammaning ijodiy mahorati sinaladi. Ya’ni topshirish uchun muayyan bir qolip yo’q. Hamma o’zining erkin ijodiy yo’li 🙇🏻‍♂️ orqali Ms word, Ms Excel va Ms Power Pointda yozilgan kichik hisobot ko’rinishida yoki hatto rasm ko’rinishida ham topshirishi mumkin. Faqat bajargan talabaning ism familiyasi, guruh raqami, o’qituvchisining ism familiyasi yuborilayotgan fayl bilan biriktirilgan bo’lishi kerak. Bajarilgan ishning sifati va ijodiy yondashuvini, talabaning faollik darajasini hisobga olgan holda ball qo’yib boriladi.


5. Ishlagan misollarimiz va yig’gan ballarimiz o’z o’qituvchimizga yetkaziladimi?


👉Albatta yetkaziladi. Undan tashqari yakuniy nazorat savollari ham manashu videodarslar asosida tuziladi.


6. Berilgan har bir vazifalarning topshirish muddati qachongacha?


👉Hozirgi paytda barcha talabalarni masofaviy ta’limga qamrab olishdagi mavjud muammolar sababli berilgan vazifalarni topshirishga ma’lum bir muddat qo’yilmagan lekin imkon qadar vaqtida bajarishlik semestr oxirida sarson bo’lishni oldini olishini eslatib o’tamiz.


Hurmatli talabalar!!! Barchangizda savol yoki taklif bilan maxsus botga murojaat qilganingizda avval o’zingizni tanishtirishingizni va murojaatingizni aniq yozishingizni iltimos qilamiz. 😊😊😊

Report Page