Fanfic

Fanfic

Sᴴᴬᴷᶻᴼᴰᴬ.V 31.03🇰🇷😘 🍿﴿ֆ ❥

✨My Story💫

10 qism

Universitet yaqinida toʻxtagan mashinadan tushgan Suna shoshilib ichkariga yugurib kirib ketdi . Endi tushgan Tae esa qoʻl soatiga qaradi.

Tae: Sunaaa yugurma qoqilib tushasan. Barbir ulgurmaysan. Birga sport xonasini yuvamiz.


Suna bularni eshitmagandi. Tae sinfga kirganida Sunaga dakki berayotgan ustoziga taʼzim qilib kirdi.

Ustoz: Kech qoldingiz endi sport xonasi va sinf xonasini ham tozalaysiz.

Suna: Ammo ustoz

Ustoz: Jim boʻl

Tae: Ustoz bu nohaqlik nega bunday qilyapsiz.

Ustoz: Direktorga borishni xoxlaysizmi..

Tae: Ha..

Suna Taeni toʻxtatdi.

Suna:Xoʻp yaxshi tozalaymiz.

Ustoz:Unda oʻtiring..

Suna:Lilaccc dugonajon yaxshimisan.)Suna doʻstlari bilan salomlasha boshladi.

Ustoz: Suna kechikib kelganingga yarasha darsni buzma.

Suna: Kechiring.



Darslar tugadi. Universitetda deyarli hech kim qolmadi. Ammo sport xonasi chiroqlari yoniq edi.

Suna: Uff boʻldi charchadim. Bu juda katta joy nega men yuvishim kerak.

Tae: Nolimay tezroq tozala. Qara hatto men ham yordam beryapman. Umrimda birinchi marta xona tozalayapman.... Oʻzi bu holatga tushishimizga sen sababchisan.

Suna: Nimaa men

Tae: Ha sen 1 soat qolib ketmaganingda hozir biror joyda aylanib yurgan boʻlardik..

Suna: Ee ajab qilsin. Senday odamni xona tozalashga majbur qildim.

Tae: Shunaqami Sunaxonim.


Tae Sunani oʻziga tortdi.

Suna: H..haa... Suna Taeni koʻzlariga choʻkib ketay derdi. Ammo oʻzini yigʻib undan uzoqlashdi.

Suna: Taehyung boʻldik qani ketdik

Taehyung jilmaygancha ortidan chiqdi.

Tae: Suna seni bir joyga olib boraymi.

Suna: Qanaqa joy ekan.

Tae: Qani yur. Taehyung Sunani qoʻlidan ushlab yugurib ketdi.

Ular tepalikka oʻxshash joyga yetib kelishdi.

Suna: Kel..dikmi. Suna yugurganidan tez tez nafas olardi.

Tae: Ha keldik Tae yerga oʻtirdi.

Suna: Bu yerda nima qilamiz Tae.

Tae: Bu yerni meni sevgan joyim. Har gal kayfiyatim boʻlmaganda shu yerga kelaman. Tinchlanishimga yordam beradi. Yolgʻiz qolishni istasam shu yerda boʻlaman....Ha seni bu yerga olib kelganimni sababi quyosh botishini kuzatish uchun. Qara quyosh botyapdi.


Pov.suna

Qoyilmaqom. Birinchi marta quyosh botishini kuzatyapman. Judayam chiroyli. Ajoyib manzara koʻrgan sari kayfiyating koʻtarilib, gʻam alamlarni, qaygʻularni barcha barchasini unutasan. Ammo nega Tae yolgʻiz qolishni istaydi uni nima qiynaydi. Axir doʻstlari ota onasi yaqinlari yonida boʻlsa uni nima qiynaydi. Nima?

Suna: Taehyung

Tae: Hm.

Suna: Nega yolgʻiz qolishni istaysan. Nega tinchlanishimga yordam beradi deding. Nimadir boʻldimi.

Tae: .......

Suna: Koʻp savol berdim shekilli uzur

Tae: Buvim..buvim

Suna Taeni nima deyayotganini tushunmadi.

Suna: Buving.

Tae: Otam va onam kichikligimdan chet elga ketishgandi. Men buvim bilan oʻsdim. Uni juda yaxshi koʻrardim. Hatto ota onamdan koʻproq. Menga juda mehribon edi. Shirin ovqatlar , mazali quymoq, shirinliklar pishirib berardilar...) Taeni yuzi maʼyus boʻlib qoldi.

Suna: .....

Tae: Ulgʻayganimdan keyin oʻqishga ketdim yaʼni AQSh ga. Buvimni ahvollarini ogʻirlashibdi. Buni menga aytmaslikni soʻragan ekanlar. Vafot etdilar menga aytishmadi. Keyin oʻqishdan keldim, keyin bildim ota onamdan juda xafa boʻlgandim. Buvim men uchun eng qadrli insonim edilar. Menga shu tepalik haqida buvim aytib bergan edilar. Buvam bilan Buvim shu yerda tanishgan ekanlar. Doim shu yerga quyosh botishini kuzatish uchun kelishar ekan.

Taehyung


Suna bularni eshitib ovoz chiqarmay yigʻlardi.

Tae: Ularni haligacha sogʻinaman. Seni shuning uchun olib keldim. Ulardek bir birimizni sevib, qadrlashimiz uchun.....yigʻlayapsanmi. Tae endi Sunaga eʼtibor berdi.

Tae: Yaaa yigʻloqi nega yigʻlaysan... Qani kel oʻzimga mittivoyim.

Suna: Shuncha darding bor ekan nega menga endi aytyapsan. Bu yerga koʻp kelasanmi.

Tae: Sen bilan boʻlmaguncha har kun shu yerda boʻlardim.

Suna: Endi bu yerga faqat quyoshni koʻrgani birga kelamiz. Yolgʻiz qolish uchun emas.

Tae: Boʻpdi yagonam. Sen nima desang shu.

Suna: Tae seni quchsam maylimi.

Tae: Albatta nega soʻraysan. Tae Sunani qattiq quchib sochlarini silardi.

Suna: Seni sevaman Kim Taehyung.

Tae Suna aytgan gaplarni eshitib jilmaydi.

Tae: Men ham seni sevaman Sunam.Suna va Taehyung tepalikda kechgacha qolib ketishdi. Bunga esa Sunaning uxlab qolgani sabab boʻldi.

Tae haydovchisiga qoʻngʻiroq qilib mashina olib kelishini aytdi. Mashina kelganidan soʻng haydovchiga ketishini aytib oʻzi Sunani uyiga keltirib qoʻydi.


Lilac: Bu qiz nega telefonini olmaydi. Hozir aqldan ozaman. Univerdan keyin qorasini koʻrmadim. Hech nima boʻlmagan boʻlsinda. Hali kelsin sochini bittalab yulaman.

Shu payt eshit qoʻngʻirogʻi chalindi.

Lilac: Mana Suna xonim keldilar. Toʻxtab tur sen qiz.) Deb eshikni ochdida

Lilac: Sen qiz....) Ammo u qoʻllarida Sunani koʻtarib olgan Taega duch keldi.


Tae: Tishsh.. Nega baqirasan axir uxlayapti.

Lilac: Ha uzur bilmapman.) Lilac pichirlab gapirdi.

Tae: Uyga kirsam maylimi yoki koʻchada qoʻlimda koʻtarib oʻtiraymi.

Tae: Sevgilingni ushlab turibsan haliyam. Toba toba kiraqol.

Tae: Zahar

Lilac: oʻzim ham bilaman.

Tae: Suna qoʻyganmi laqabingni

Lilac: Albatta boshqa hech kim laqab qoʻyolmaydi.... Jungkook.

Tae: Hozir uni oldiga ketyapman. Ahvolini bilib senga xabar beraman... Sen esa meni malikamga qara.

Lilac: Malikangizga hech nima qilmaydi. U endi ertalabgacha uxlaydi. Uyquchi malika u.

Tae: Boʻpdi men ketdim.

Lilac: Mayli yaxshi bor.

Lilac



Taehyung Jungkookni uyiga keldi.

Tae: JUNGKOOK 🗣🗣.


Jk: Ovozing oʻchsin oshxonadaman.

Tae:😁. Ovozimni oʻchirishga kuching yetmaydi.

Jk: Bu ahvolimda koʻp ish qila olaman.

Tae: Ammo menga emas.

Jk: Yaramas.

Tae: Nima qilyapsan.

Jk: Och qoldim. Ovqat qila olmayman. Buyurtma beryapman.

Tae: Unda ikki kishilik qil men ham shu yerda qolaman.

Jk: Uying yoqmi seni. Qani yoʻqol.

Tae: Ha yaramas oʻz doʻstingni haydayapsanmi. Hech qayerga ketyapman. Ovqat buyurtma qil. Men yuvinib chiqaman. Ketdim.) Tae yuqori qavatga chiqib ketdi.

Jk: SHIBALL. Uyimni oʻziga uy qilib olgan bu toʻnka.


Ovqat keldi ular ovqatlanishdi. Va uxlashga yotishdi. Lilac ham ishlarini tugatib uyquga ketdi.



Erta tong.

Suna erinib oʻrnidan turdi. Dimogʻini qitiqlagan hiddan mast boʻlib pastga tushib oshxonaga bosh suqdi.

Suna: Lilaccc dugonajon bunday shirin ovqatni sen tayyorlayapsanmi.

Lilac: Uyda sen va mendan boshqa yana kimni koʻryapsan.

Suna: Senga nima boʻldi. Men nimadir qildingmi.

Lilac: Ha qilding

Suna: Voy tuxmatchi men nima qildim

Lilac: Kecha qayerda eding kechgacha seni umuman koʻrmadim qanday havotir olganimni bilasanmi. Haru onni tel qilib seni soʻraganlarida nima deb javob berardim.

Suna: Kechir.. ustoz aytganidek Tae bilan sport xonasini tozaladik. Keyin u meni bir joyga olib bordi. Suhbatlashib uxlab qolibman. Telim quvvati oʻchgandi. Havotirga qoʻyganim uchun kechir.

Lilac: Mayli unut asosiysi senga hech nima qilmadi. Oʻtir nonushta qil. Universitetga kech qolamiz. Seni deb xona yuvish niyatim yoq. Bechora Tae seni deb kech qolgandir.

Suna: yaaa nega hammangiz meni ayblaysiz. Men nima qildim


Lilac: Kechgacha uxlab univerga kechikib boradigan senku. Ayb bizdami.

Suna: Yaxshi boʻlibdi. Unda oldimda yurmanglar.

Lilac: Oʻchir nonushta qil. Tez chiq 15 daqiqa beraman


Suna: Nima bu juda kamku.

Lilac: Nima 10 berishimni kutyapsanmi.

Suna: Yoq yoq men ketdim.

Suna yuqori qavatga yugurib chiqib ketdi.

Lilac idishlarni yigʻib oʻzi ham ketishga tayyorlandi.


Ular universitetga kechikmay kelishdi.

Lilac: Vanihoyat ulgurdik. Hali vaqt bor...Suna..Suna) Suna koʻzlarini yuvib yoʻl boʻyi Lilacga suyanib uxlab keldi. Lilac oxiri chidolmadi.

Lilac: SUNAAA🗣

Suna: Voy xudoyim nima boʻldi

Lilac: Shu yerda ham uxlayapsanmi.

Suna: Yoʻq uxlamadim. Koʻzim ilindi.

Lilac: Uxlamadi. Koʻzi ilinganmush.

Suna: 🤪

: Sunaa) Suna ismini eshitishi bilan orqaga oʻgrildi.

Suna: Taee ) yugurib Taeni quchdi.

Tae: Salom sevgilim. Bugun ertaroq kelibsanmi.

Suna: Chunki Lilac uyimda birga yashayapmiz. Endi erta kelishim aniq.

Tae: axaxa ) Tae baland ovozda kulib yubordi.

Suna: Tishsh) Taeni ogʻzini yumdi..) Hozir eshitib zahrini sochadi Zahar.Tae: Boʻldi jimman qani ketdik.a

Tae: Salom Lilac.

Lilac: Salom Taehyung

Jk: Sevgilim.) Jungkook Lilacni quchib oldi.

Birdan boʻlgan holatdan Lilac oʻzini oʻnglolmay qoldi.

Lilac: Jungkook choʻchitib yubording.

Jk: Kechir qani ketdik kiramiz

Juftliklar ichkariga kirib darsga tayyorlanishdi.

Ustoz keldi dars boshlandi.

Ustoz: Suna arxivdan baʼzi hujjatlar tokchada turgan edi olib kel.

Suna: Hop ustoz.

Suna chiqib ketdi. Ustoz mavzuni yozish uchun orqa berganida Tae bildirmay sinfxonadan chiqib ketdi.

Jk: Vay shumtaka

Lilac: Jk jim boʻling.

Jk:🤐.


Suna arxivga kirdi hujjatlarni qidirayotgan edi. Shu payt uni kimdir oʻziga tortdi.

Suna: Kimsan.

?: Xush koʻrdik Suna


Yoqimli mutolaa

#taesuna

Report Page