#Fanfic

#Fanfic

#Kang Mindi


#Meni hikoyam

#2

Tong otdi yugirgani chiqdim. Qulogʻimda naushnik sevimli qoʻshigʻimni tinglab uyni darvozasidan chiqishim bilan buni qarangki Jununga urilib ketdim


Junun- koʻzinga qarasang boʻlmaydimi?


Mindi- oʻzing eshik yonida nima qilasan. Ha bildim nimaga kelganingni ..


Junun- bildingmi?


Mindi- ha bildim lekin men birovlarni shaxsiy hayotiga aralashmayman. Shunday ekan yoʻldan qochib tursang men yugurgani ketyapman.


Junun-aha ... Nima tinglayapsan


Mindi- bu meni eng eng sevimli qoʻshigʻim mana eshitib koʻr..


Junun- chidasa boʻladi


Obbo ditsiz Junun nimadir demoqchi boʻldiyu lekin men indamay yugirgani ketdim. Qaytganimda u yoʻq edi. Maktab darvozasiga borganimda Yonbin va Mira suhbatlashib turishardi. Ular ancha yaqinlashib qolganlari ma'lum bu Mirani oʻziga yanada oro berganidan sezilib turardi. Yongin men bilan ancha qadrdonlardek soʻrashdi. Keyin darvozadan shahzodam Cho Yen kirib keldi. U ilk marotaba men tomonga qarab kulib qoʻydi bu bu men uchun ulkan yangilik edi. Darslarni tugatib tushlikka bordik. Oshxonaga kirganimizda So Isuni patnisi yerga agʻdarilgan Junun singan idishlarni yigʻishga unga qarashar hatto Yen ham oʻrnidan turgancha ularga tikilardi. Ana etibor hammani xayoli Isuda edi. Endi meni tahminlarim mutlaqo tasdigʻini topdi Junun chindan ham Isuni sevardi. Biz ham Mira bilan borib bir stolga oʻtirdik ovqatimizni hali yeyishni boshlamasimizdan. Junun va uni sheriklari bizni yonimizga kelib oʻtirdi. Hamma bizga tikilar chunki Junun butun boshli maktabda bezori deb nom tarqatgandi. Endi ovqatlanmoqchi edim Junun yonimdagi patnisni tortib oldi.


Mindi- nima qilyapsan?


Junun- meni ovqatim boyagi qizga urilib ketganda toʻkilib ketdi.


Mindi- toʻkilgan seni ovqating menda nima gunoh


Junun- seni mendan qarzing bor shu sababli jim tur...


Uni gaplari borgansari meni asabiylashtirardi. Oʻrnimdan biroz turdimda uni quloqlariga shivirladim


Mindi- oʻzi qancha turadi shu seni birinchi boʻsang...


Junun- bebaho endi joyinga oʻtir..


Labimni burib joyimga oʻtirdim. Qoʻllarimni oʻzaro oʻtkazdim koʻzlarimni jon boricha ochib unga termulib ovqatimni paqqos tushirganini tomosha qildim.


Darslar tugab buvimni lagʻmonxonasida koʻchaga qaragan shishavand oyna yonidagi stulga oʻtirib maktabdan qaytganimdan buyon hali javobini topolmayotgan matematik bir misolga termulib turardim. Shu hayronman darsliklarga ham pulni hisoblay olsam boʻldida kimga kerak shuncha qiyin yechimi yoʻq bir raqamlar toʻplami har nima qildim lekin javobi yoʻq.


Buvi- ha qizim kelganingdan buyon daftarga tikilasan.


Mindi- ey gapirmang qancha qarasam ham oʻlay agar yechimini tushinsam


Buvi- oyna yoni juda shovqin balki tinch joyga oʻtsang yecharsan.


Mindi- men oyga koʻchib oʻtsam ham javobini topolmayman. Ha buvi har kun shu yerdan shahzoda Yen oʻtadi u meni dars qilganimni koʻrib qolsa aqilli deb oʻylarmidi eshitishimcha unga juda aqilli qizlar yoqar ekan.


Buvim- bolam seni bu sevging juda yetib boʻlmas shekinli hatto men ham yoshligimda matematikani tushinmay oʻtib ketdim sen ham xuddi meni oʻzimsan.


Mindi- biroz boʻlsa ham bobomga ketsam yaxshi boʻlardi


Buvi- qoʻysangchi bobonga oʻxshaganingda goʻzallikka erishish sen uchun bu misollaringdan ham qiyinroq boʻlardi...


Balki chindan ham goʻzallarda aqill boʻlmaydi deganlari rostdir. Bu raqamlar daftarlar orasidan ham menga nafrat bilan boqadi. Hammasini olib axlatga uloqtirsam koʻnglim tinchirdi. Lekin ballarim pas boʻlar ekan Cho Yen hech qachon menga qaramaydi. Shu xayollar bilan oʻtirar ekanman. Ortimdan kimdir misollar javonbini aytdi. Ajablanib ortimga oʻgirilsam qoʻlida mohito ichgancha Junun oʻtirardi juda qiziq u nega meni aldamoqchi axir reytinda hatto ismi ham yoʻqku


Mindi- hali fol ham ochamande.?


J- yoʻq senga fol ochaman dedimmi?


Mindi- nega meni aldayapsan bularni javobi bunday emas..


J- sen qayerdan bilding ? Axir hali javobini ham yozmagansan.


M- toʻgʻri men ham bilmayman lekin seni bilishinga ham koʻzim yetmaydi...


J- unda oʻzing bilasan


M- shoshma men javobini topolmayapman avval seni sinab koʻraman sinovdan oʻtsang keyin ishonaman.

J- yaxshi qanaqa sinov


M- katta sonlarni koʻpaytirish va boʻlishni aytaman javobini toʻgʻri aytsang seni aytganlaring toʻgʻri boʻladi.


J- boshla


Ishonish qiyin edi Junun qanaqa katta sonlardan savol bersam ham javob berardi. Men telefonimda bu amallarni bajarsam u miyyasida hisoblardi..


Mindi- vav .... demak matematikadan yaxshisan boshqa fanlardanchi


J- boʻladi...


M- xafa boʻlmayu koʻrinishing unaqa koʻrinmaydi. Yur bir holiroq joyga boraylik senda gapim bor..


J- nima savollaringa javob berganim uchun menga sevgi izhor qilmoqchimisan.


M- ufff iltimos unaqa emas yuraqol...



Hozir miyyamga kelganlari hatto olimlarni ham xayoliga ham kelmasdi oʻzi shunaqa ajoyibmanda biz Junun bn shaharchadagi kichik bogʻga bordik va bir oʻrindiqqa oʻtirdik.


J- xoʻsh gapir..


M- meni sendan qarzim bor shu sababli senga uni qaytaraman. Lekin evaziga sen ham menga yordam berasan.


J- avval maqsadga oʻt.


M-sen juda aqilli ekansan menga dars qilishda koʻmaklashsang degandim reytingda koʻtarilmoqchi edim. Bilasanmi menga Cho Yen yoqadi unga aqilli qizlar yoqar ekan..



Jununni negadir gapimdan rangi quti oʻzgardi bir qoʻli bilan boshini ushlab sochini gʻijimladi. Bu holatini sababi aniq u Isuni yoqtiradi. Yen boʻlsa Isuni orqasidan yuriydi demak Junun Yendan nafratlanadi. Junun biroz past ovozda savol berdi


J- Yen deganlarini yoqtirasanmi?


M- ha u haqiqiy shahzoda biram kelishgan aqilli, oʻziga qaragan. Ha kechir hali asosiy gap qolib ketar ekan. Ha men yana bir narsani sezdim. Sen ham So Isuni yoqtirar ekansan.


J- nima?


M- xijolat boʻlma.. rad etsang ham har kun koʻchamizga turishingdan buni darrov sezdim. Toʻgʻri yaxshi oʻqimasman lekin qolgan barcha narsalarda menga teng keladigani yoʻq ishon.. Nega menga unaqa qarayapsan juda uyalding chogʻi qizarib ketyapsan


J- sen axmoqsan ...aytgan


M- bass menni bunaqa gaplar bilan aldolmaysan. Ha oʻsha So Isu bilsang koʻchirmachi yani menga taqlid qilyapti ertalablari yugiryapti, baland poshnali oyoq kiyimlari kiya boshladi hatto sochini ham mendek turmaklaydigan boʻlib qoldi. Bundan koʻrinib turibdiki menga yoqadigan yigitlar unga ham yoqadi. Agar kelishib olsak sen menga yordam berasan. Men esa senga qizlarni qanday yoqishni oʻrgataman tajriba almashamiz. Seni oʻzimga yoqadigan shahzodaga aylantiraman


J- a...? Oʻzinga yoqadigan shahzoda?


M- ha ishon Isuni oʻzi yoninga keladi..


Junun oldin qizlar bn munosabati boʻlmagani aniq edi. U gaplarimdan uyaldimi jahli chiqdimi bilmayman lekin uzoq oʻyladi. Qoʻllari bn boshini ushlagancha biror soatcha turdi. Men esa boshi ustida tinmay vaysardim. Javrashlarim oxri foyda berdi u rozi boʻldi.


M- demak rozi ekan san ertaga buvimni lagʻmonxonasida dars qilamiz keyin seni masalang bilan shugʻullanamiz kelishdikmi?


J-ihm


Men shu tun boʻyi Jununga birinchi nimani oʻrgatishni oʻylab chiqdim va nihoyat topdim. Bu tong ham Junun Isu uchun shu yerda edi. Har tong bir xil xolat. Bugun darsdan keyin lagʻmon xonada Junun bn shugʻullanishni boshladik. U shunchalik ajoyib tushintirardiki hatto asli qiyin boʻlgan darsliklar ham oson tuyilardi.


Birinchi mashgʻulotni oʻzida Junundan juda koʻp narsa oʻrgangandim. Endi menga navbat edi.


M- sen hech kim bizni bezovta qilmaydigan biror yerni bilasanmi?


J- holi joymi?


M-him


J- bunaqa joyni nima qilasan


M- seningcha sevgi muhabbat sirlarini hammani yonida gaplashib boʻlamdimi?


J- shoshma sevgi siri... Men hozir tushinmadim sen menga nima oʻrgatmoqchisan holi joyda..?


M- obbo... Menga unaqa qarama hozir koʻzlaring joyidan chiqib ketadi. Shoshma sen.... Xayoli buzuq men bemalol tushintira oladigan yani hissiyotlar koʻzqarashlar, qizlarga yoqadigan narsalar haqida gapirmoqchiman.


J- unda mayli yuraqol men shunaqa bir joyni bilaman.


Biz Junun bilan qandaydir ancha yillar oldin qurilgan biroz tamir talab sportzalga bordik. Kirganimizda tushindimki bu joy Jununi qarorgohi edi. Sportzalda sheriklari oʻtirardi ular bizni koʻrib chiqib ketishdi. Faqat Yonbin Jununi yelkasidan urib qoʻyib tushinarsiz tabbasum bn kulib chiqib ketdi.


J- xoʻsh ana senga hichkim halaqit qilmaydigan joy boshla..


M- demak bilsang hamma qizga super qahramonga oʻxshagan chaqon....oʻtkir nigohli yigitli yoqadi. Ha bu boshlanishi demak sen Isuni toyib ketganda ilib qolishing kerak bu 1chi qadam... va boshlanishi


J- endi kimnidir orqasidan qachon yiqiladi men ilib qolaman deb kuzatib yuramanmi?


M- kuzatishing shart emas biz shunaqa vaziyatni yuzaga keltiramiz avval sen ilib qolashni oʻrgan.. Qara men Isu boʻlaman yurib kelamanda toyib ketaman sen meni ilib olishing kerak yani meni Isu deb faraz qil..



Sababini bilmayman lekin Junun xuddi yosh bolaga termulgandek jilmayib harakatlarimni kuzatardi. Men undan 20 qadam nariroqdan yurib kela boshladim.


J- toʻgʻri yur xuddi latta shiqildoqdek likilaysan..


M- axmoq men noz qilib yurib kelyapman. Sen meni kuzat yiqilishim bilan ilib ol tagʻin yiqilib tushmay...


J- okey


Junun yaxshi dedi lekin aslida juda yomon boʻldi u meni 5marta ilib ololmadi men zarb bilan yiqildim. Va nihoyat 6chi marotabada endi yerga yiqilib tushaman deganimda ilib oldi. Qomatim 360° ga egilgancha uni qoʻllarida turardim. Bilmayman shu holda qancha turdik lekin uni koʻzlari.... Sira koʻz uzib boʻlmas chiroyli, yoqimli nigohlar hech bir maʼno ilgʻamasamda uni koʻzlari nimadir demoqchidek jovdirardi. Keyin xayolimni yigʻib oldim.


M- yaxshi endi meni tezlik bn yani biroz nozik harakat bn turgʻaz yani Isuni..


J- uhim



Tezlik bilan.... Nozik harakat.... Junun shu qadar tez oʻziga qarab tortib yubordi. Boshimga urilgan zarb va ogʻriqni hisqildim...


M- menda qasting bormi hali boshimni boshing bn yorib qoyarding...miyyam chayqaldiyo xotiramdan ayrilmasam yaxshi...


J- seni ham... etiborni jalb qilishingni ham. Qiz bolani boshi ham shunaqa qatiq boʻladimi peshonamdan oʻt chiqyapti..



Biz katta tezlikda boshlarimizni bir-biriga urib olgandik..



M- yaxshi ilib olsang boʻldi. Sen uni turgʻizishing shart emas. Demak tushinding unda ertaga nonushtadan oldin hovuz oldida men Isuni itaraman behosdan sen ilib olasan..



J- yoʻq keragi yoʻq..


M- kerak .... Bu ramantikani boshi ku.... Qani edi men yiqilsam Cho Yen ilib olsa..


J- unda meni yonimda nima qilyapsan Yenni yoniga bor .



M- men nima qilyapman uni yoniga borish un harakat qilyapman. Oz qoldi... Ha seni imidjingni oʻzgartiramiz...bu yurishingda senga qizlar qaramaydi...



J- koʻrinishim joyida..



M- unaqa emas. Yuraqol menga yoqsa albatta Isuga ham yoqadi. Isu menga taqlid qiladi demak meni didim unga yoqadi. Sen hozir meni didimdagi uslubda kiyinmagansan. Men tanlagan liboslarni kiysang u aniq oshiq boʻladi...



J- aytganingni qilsam biroz kamroq gapirasanmi?


M- umuman gapirmayman.... Yuraqol



Shaharchadagi biror magazin qolmay aylandik Junun uchun klassik uslubdagi liboslarni tanladik u nima kiyib koʻrmasin yarashadi. Uni madellarnikidek chiroyli qomati bor edi shu sabab barcha liboslar u uchun tikilgandek edi. Endigi navbat biz ilk bor uchrashgan salonda edik. Jununni ammallab soch kaltalatishga koʻndirdim avsuski bu ishni bekor qilgan ekanmiz.

Jununga sochini kaltalatish juda chiroyli koʻrindi u endi haqiqiy 🤴 shahzoda edi. Yonidagi oʻrindiqda oʻtirar ekanman undan koʻz uzolmay qolgandim. Shu darajada mahliyo boʻlibmanki hatto sitilist ayolni gapini eshitmabman


Stilist- xoʻsh doʻstingizni koʻrinishi qanday.....

Qizcha sizga yoqdimi?

Eshityapsizmi?


J- undan soʻrashingiz shartmas.... Xayoli bu yerda emas chogʻi... hoy MINDi 🗣🗣🗣


M-aa? Ha bir nima dedingizmi?


J-ketdik...



Biz uyga qarab ketardik. Junun yonimda kiyimlar solingan paketlarni koʻtarib ketardi. Men hali ham oʻylab oʻyimga yetolmasdim.....Xato qildimda endi Junun maktabni birinchi raqamli yigiti boʻlar ekan Yen ikkinchi oʻringa tushib qoladi. So Isu boʻlsa oʻzi a'lochi va chiroyli boʻlgani yetmagandek... yigiti ham birinchi raqamli boʻladi.....aaaaa men So Isuga xasad qilaman....


J- demak sen aytgan yigitlar shunaqa boʻladimi?


M- yoʻq🗣 sen barbir birinchi boʻlolmaysan tushinding...


J- tavba... Seni aqling joyidami hamma aytganingni qildim nimaga qichqirasan..


M- ha jinniman... Sen bilan anavi Isu meni jinni qildingiz... Tezroq bir biringiz bn topishib yopishib, qapishib keting keyin meni dunyoda yagona shu boshimni bemani xayollar bilan chalgʻitishni bas qiling....hih😒


J- men ketdim... Senga nima meni oʻyla dedimmi? ogʻirlik qilar ekan meni umuman oʻylama....


Junun gaplarimdan xafa boʻldi shekinli tez tez yurib ketib qoldi...men boʻlsa uni ranjitdim deb tun boʻyi vijdonim qiynalib chiqdi. Tong otdi doimgidek yugirgani chiqdim. Va doimgidek So Isu va Junun ular kelishgan xolda jinni qilishmoqchi shekinli...


J- ha oʻzinga keldingmi?


M- himmm... Uzir kecha biroz kayfiyatim yoʻq edi.. Ha bugungi kunga tayormisan hovuzcha yonida..


J- oʻylab koʻrdim menimcha kerak emas boshqa biror nima oʻylab toparmiz


M- kerak ... U seni sevib qolsa Yen menga qoladi.... Endi men ketdim yugirib kelay gap sotib tursam oʻqishga kechikaman.



Junun doim yugirgani ketayotganinda eshik yonida turar qaytganimda yoʻq boʻlardi buni sababi aniq Isu mendan oldin yugirib qaytib kelar Junun uni uyga kirganini koʻrganidan keyin ketardi. Men boʻlsa bu vatda hali ham yugirayitgan boʻlardim. Qanchalar buyuk sevgi....

Maktabga keldim darvozadan kirishim bilan Mirani sumkasini Yonbin tortib turardi. Mira sumkasini tortqilab unga iltijo qilar Yonbin qimir qilmas ular dunyodagi eng ajoyib juftlik edi.


Mira- Mindi kel menga qarash sumkanmi qoʻyirib yubormayapti.


Yonbin- salom... Ikkingiz tortsangiz ham foydasiz..


Mira- darsga kechikaman axir..


Yonbin- unda men bilan kechga aylangani chiqasan..


Mira- Mindi ham borsa boraman.


Mindi- menga nima deysan oʻzingiz boravering...


Yonbin- Yuraqol bizga halaqit qilmaydan.... Huvv anavi Jununmi unga nima boʻldi bu nima yurish oftob urgan shekinli


Mira- vavvv oldinroq urmabdida bu oftob... Odamni shu darajada oʻzgartirsa qanaqa oftob ekan ?


Mindi- oʻsha oftob qarshingda...


Yonbin- ha sen oʻzim ham shunaqa deb oʻylagandim..


Mira- ana doʻsting keldi biz endi xonaga boramiz.... Sen oftob emas sehirgarsan yuraqol oʻzimni mujizakor dugonam...



Bugun Jununga tikilib qaramagan qizni oʻzi qolmadi. Va nihoyat abet vaqti.... Isu ovqatlangani oshxonaga ketardi. Orqasidan men , meni orqandan Yonbin va Mira suhbatlashib kelishardi. Hovuzcha yonida Junun oʻtirardi. Men unga boshladik degandek👌 ishora qildim Junun yoʻq degandek ishora qildi. Menimcha u hayajonda edi. Men boʻlsa bilganimni qilib yurib bordimda Isuni Junun tomonga itarib yubordim. Lekin orqamdan kimdir tezlik bilan kelib meni turtib oʻtib ketdi. Men boʻlsa muvozanatni yoʻqotib suvga yiqildim. Yiqilar ekanman koʻzim yonimdan shoshib Isuni ilib qolish uchun ketayotgan Yenga tushdi.... demak meni Yen turtib oʻtib ketgan xuddi oyoq ostidagi kichik bir buyumni koʻrmagandek... Birovga chogʻ qozang oʻzing tushasan deganlaridek. Hovuzchadan bosh koʻtarib qarasam Junun Yenni yoqasidan gʻichim qilib ushlab turardi. Isuni biror yeri chang ham emasdi meni esa suvgan boʻkkandim. .... Demak Isuni ikkisidan biri ilib qolgan va hozir ham uni talashishyapti...

Hozir oʻzimni juda qadirsiz his qilib yuragim ogʻriy boshlagandi. Oʻzimga juda rahmim kelardi. Keyin menga Yonbin qoʻl uzatdi men suvdan chiqib oldim. Mira bn ikkovimiz qizlar kiyinish xonasida suhbat qurardik..


Mindi- Isuni kim ilib oldi Jununmi Yenmi?


Mira- senga shu muhimmi kiyimingni alishsangchi shamollab qolasan.


Mindi- kim deyapman aytsangchi ?


Mira- seni yiqilganinga qarab koʻrolmadim. Ma meni javonimda doim ortiqcha kiyimim boʻladi. Senga biroz kalta lekin bu holingdan yaxshi...


Mindi- tuflim ham suvga boʻkdi nima kiyaman


Mira- sport darsi uchun kirasofka keltirib qoʻyganmisan ?


Mindi- ha javonimda... Kiyimlaringni olib qoʻy sport formasini kiyaman.


Mira- sport darsi boʻlmasa uni kiyib yurolmaysan mumkin emas yubkada boʻlishing kerak..



Mindi- yaxshi beraqol..

Ha qarachi yarashdimi?


Mira- kalta yupka va krasovka zoʻr koʻrindi. Hamma yigitlarni hayoli endi senda boʻladi. Yur oshxonaga ovqatlanamiz..



Mindi- ketdik...



Chindan ham maktab ichida yurib ketar ekanman hamma yigit menga termular qizlar olayib bir- biriga pichirlashardi ichi qoralar. Hatto Yen ham tikilib qolgandi. Faqat Junun koʻrinmasdi. Oshxonaga kirishim bilan Yonbin qoʻlida kastum bn keldi.


Yonbin- Mindi qoʻlingni koʻtar


Mindi- mana koʻtardim tinchlikmi? Nega buni belimga bogʻlayapsan..


Yonbin- oyoqlaring juda ochiq shamollab qolma..


Mindi- rahmat bunaqa mehribonlik shart emas bunaqada seni yoqtirib qolaman keyin Mira bn oram buziladi.


Yonbin- meni koʻzlarim faqat shu tentak qizchani koʻradi. Mira kechga esingdan chiqmasina?


Mindi- ooooo yomonsizku ha Mira yurchi ovqatlanib sen bn yaxshiroq gaplashamiz sen mendan yana nimalarni yashiryapsan.


Mira- etibor qilma bu jinniga gapiraveradi sen bilgandan ortiq hech nima yoʻq.


Mira bn ovqatlanib turar ekanman belimga bogʻlangan kastumga qaradim bu Jununiki edi chunki uni oʻzim kecha tanlab bergandim. Tentak Yonbin oʻziniki qolib doʻstinikini keltiribdi Mirani jahli chiqishidan xavotirlangan chogʻi. Ovqatlanib boʻlib darsga qaytar ekanmiz keyin uzoqdan sheriklari yonida turgan Jununga koʻzim tushdi u menga olayib qarab turardi.

Men boʻlsa Isuni ilib oldimi nega Yenni yoqasidan olganiga juda qiziqardim....









































































Report Page