Fanfic

Fanfic

Sᴴᴬᴷᶻᴼᴰᴬ.V 31.03🇰🇷😘 🍿﴿ֆ ❥

✨My Story💫

15 qism

Pov.Suna


Dengizga oʻzimni topshirmoqchi edim. U tomon qadam tashlaverdim. Suvdan juda qoʻrqaman. Oz muddat suvda qolsam oʻlishim aniq. Ammo bugun roziman. Oilam oldiga borishim kerak. Bu shavqatsiz dunyoda qolishni istamayman. Doʻstlarimdan uzur soʻray olmadim ammo ular meni kechirishadi. Men buni bilaman... Suv tubiga tobora yaqinlashardim. Ichimdan qoʻrquvim kuchayib borardim. Koʻzlarimni yumdimda suvga oʻzimni tashladim...xayr Seul.

Sea



~Oyiii. Oyiiiii.oyijon sizmisiz oyijon. Men..men..Sunaman. qizalogʻingiz Sunaman. Dadajon.....opa...opajon...


~Qizalogʻim, yagonam meni. Bizni kechir oldinga bora olmadik. Biz seni juda yaxshi koʻramiz. Munchoq koʻzligim meni.) Suna oyisini quchib hidlaridan toʻyib toʻyib oldi.


~Dada meni ham oʻzingiz bilan olib keting. Men bu yerda qolishni xohlamayman. Sizning yoningizda boʻlishni istayman. Doim mehringiz qumsab yashadim. Sizlar bir umrga shu mehrni mendan tortib oldingiz. Ortiq qololmayman. Sizlar bilan ketaman) Suna oilasi tomon yaqinlasharkan. Ular Sunadan uzoqlashishdi. Suna toʻxtadi.

~Dada....Oyi....Haru.... ) Suna yolvorgandek ularga koʻzlarida yosh bilan tikilib turardi.


~Qizim sen keta olmaysan. Seni u yerda kutayotgan yaqinlaring koʻp. Sen yolgʻiz qoldim deb oʻzingni qiynayapsan. Atrofingga qara.(Suna ortga oʼgrildi. Unga jilmayib turgan doʻstlarini koʻrdi. Va orqada esa uni tushunmagan eshitmagan va hatto koʻrishni istamagan sevgilisini koʻrdi. Taehyungning koʻzlarida qoʻrquvni koʻrdi. Koʻzlaridan hali chiqmagan yoshlari ularni Suna koʻrdi.)

Taehyung


Hayot sen oʻylaganchalik shavqatsiz emas. Ular doʻstlaring, sevganing ular uchun yashashing kerak. Meni qizim doim kurashgan. U yengilmaydi. Doim muvaffaqiyatga erishadi. Shundaymi... Meni qizim ana shunday a?..) Sunaning dadasi uning sochlarini silab peshonasidan oʻpib qoʻydi.

~Endi ortga qayta qol. Yodingda boʻlsin. Biz doim sen bilan. Sen bilanmiz.


~Oyiii....dada....Haru...🗣🗣🗣. KETMANG....MENI TASHLAB KETMANG. TOʻXTANGLAR...ILTIMOS.....MENI TASHLAB KETMANG....) Suna orqa berib ketayotgan oilasini orqasidan qancha qichqirmasin bari befoyda edi. Ular ketishdi. Xuddi koʻrimasdek. Ketishdi.


Pov.


Bugun Seulga qaytdim. Ona Vatanimga. Vanihoyat ishlarimni tugatdim. Sohil boʻyi. Men uchun eng goʻzal, betakror , ajoyib joy. Bu yer mening eng sevimli joyim. Atrofga qarab tabiatni kuzatarkanman. Mendan sal uzoqda bir qiz dengizga qarab turardi. U ham men kabi bu manzarada bahra olgani kelganmikan deb qiziqdim. Ammo uning keyingi harakati meni esankiratib qoʻydi. Qiz dengizga yaqinlashdi. Va suvga oʻzini tashlab yubordi

?: Bu qiz esini yeganmi.) Yigit ham tezda dengizga sakradi. Suzib Suna oʻzini tashlagan joyga keldi. Uni topdi va tezda suvdan chiqardi.


~Hoy...hoy...koʻzingni och. ) Yigit Sunani yuzidan urib uni uygʻotishga harakat qilardi.

~Meni tashlab ketmang.. Oyii...dada meni ham oʻzingiz bilan olib keting....oʻtinaman meni ham olib keting) Suna koʻzlari yumiq holda shu soʻzlarni takrorlardi. Yigit Sunani orqa ogirib suv chiqib ketishi uchun koʻmaklashdi. Suna birozdan soʻng yutib yuborgan suvlarni chiqardi. Tez tez nafas olarkan atrofga qarab qarab qoʻyardi. Yuragini ushlab tez tez nafas olardi.


~Siz Esingizni yedingizmi nega bunday qildingiz. Joningizdan toʻydingizmi.


~charchadim. Hayotdan toʻydim.....siz nega meni qutqardingiz...meni nega qutqardingiz.) Suna notanish yigitga gapira boshladi


~Charchagan boʻlsangiz buni oʻlim bilan hal qilib boʻlmaydi. Sinov insonlarga ularni yengib oʻtish uchun beriladi. Uni ortida esa siz istagan baxtni 10 marta ortigʻi kutib turgan boʻladi. Insonlar doim shunday qiyinchilikni oʻlim hal qiladi deb oʻylashadi. Aksincha oʻlim hal qila olmaydi. Oʻlim battar qiyinlashtiradi. Siz uchun emasdir lekin oila aʼzolaring, doʻstlaring yaqinlaring. Sizni sevgan insonlar uchun katta azob boʻladi. Oʻzini oʻylash esa bu shunchaki xudbinlik demakdir.


Suna notanish yigit aytgan gaplarini tinglarkan.

Suna: Meni oilam yoʻq. Otam onam opam halok boʻlishdi....endi aytingchi kim uchun yashashim kerak. Kimim borki bu dunyoda yashashim kerak. Ular meni borim edilar. Ota onamni kam koʻrardim. Koʻp sogʻinardim. Baʼzida kechasi yigʻlab ham chiqardim. Ammo oʻsha paytlarda meni quchib bagʻriga olgan insonim opam edi. U menga ota onamni uzoqdaligini bildirmasdi. Menga ham ona ham ota ham opa ham aka boʻldi. Meni doim himoya qildi. Oʻzi maktabga kam kelib ishladi. Ota onam uzatadigan pullar bizga yetib ortardi. Ammo opam pulga osonlikcha erishishni yoqtirmasdi. Doim izlanardi. Meni yaxshi boʻlishim uchun har narsaga tayyor edi. Meni yolgʻiz qoldirib ota onamni oldiga chet elga ketishida ham mendan havotir oldi. Dugonamni bizni uyga koʻchirdi. Kechasi baʼzida yigʻlaganimda menga quchish uchun bagʻr kerak boʻlishini bilib dugonamni chaqirgandi. Oʻzi haqida oʻylamasada meni oʻylardi.....Hozirchi u insonlarim yoʻq... Yonimda yoʻqq ESHITYAPSIZMI YOʻQ.....ULAR YOʻQ....) Suna ovozi boricha yigʻlardi. Yigit ham qizni buncha dardi borligini bilmasdi. Unga dalda bergisi kelardi. Shu bois u qizni bagʻriga bosdi. Sochlaridan siladi.


? : Meni kechiring. Bilmay koʻnglingizga ozor berdim. Buni istamagandim...Uzur soʻrayman.



Suna yigitni bagʻridan chiqdi. Koʻz yoshlarini artib oʻrnidan turdi. Yigit ham ust boshini qoqib turdi.


Suna: Kechirim soʻrash kerak emas. Siz bilmagandingiz. Menga bergan maslahatingiz uchun raxmat. Men shu yerda qolaman. Hali bitirmagan ishlarim bor edi. Bularni tashlab ketishga koʻzim qiymadi. Sizga raxmat.


?: Foydam tekkanidan xursandman.....) Suna endi ketmoqchi boʻlganda yigit Sunani qoʻllaridan ushladi.

?: Meni ismim Temu... Kang Temu....aa

Suna: Suna...shunchaki Suna

Temu: Tanishganimdan xursandman Suna.

Suna: Men ham

Temu



~ Bu sizga( Temu Sunaga bir boʻlakcha qogʻoz berdi.


~Bu meni telefon raqamim. Men Kang textle komponiyasi prezidentiman. Sizga kerak boʻlsam men bilan bogʻlanasiz.


~Oxx raxmat Temu. Buni saqlab qoʻyaman.


Ular biroz suxbatlashishdi. Allaqachon yarim tun boʻlayotgan edi. Suna uyida yotoqda yotardi. Ust boshini yuvishga qoʻygani esiga tushib kir mashinasiga tashlab yuvib oldi.


Yarim tun boʻlishiga qaramay Lilacdan xabar yoʻq. Suna unga tel qildi. Ammo javobsiz. Suna ortiq tel qilishni istamadi va xonasiga chiqib uxladi.


#Maroqli mutolaa

#taesuna

Report Page