Fanfic

Fanfic

Sᴴᴬᴷᶻᴼᴰᴬ.V 31.03🇰🇷😘 🍿﴿ֆ ❥

✨My Story💫

14 qism

Lilac va Jungkook kechki shaharni tomosha qilish uchun Namsan binosiga chiqishdi. U yerdan atrof shunday chiroyli ediki. Butun Seulni tomosha qilish mumkin edi.


Lilac: Goʻzalligini. Judayam ajoyib manzara. Kechki payt shahar yana ham goʻzallashadi.


Jk: Kech tushguncha biror joyda ovqatlanmaymizmi. Keyin kelamiz.

Lilac: Yaxshi menga maʼqul.




Pov. Suna.

Yoʻlak boʻylab ketar ekanman. Oldimdan bir birlarini qoʻllarini maxkam bogʻlagancha bir nechta juftliklarni koʻrdim. Ularga havas qilaman. Ajoyib..... Telefonimni olib yoqganimda ekranda turgan men va Taehyung ni rasmini koʻrdim. Va beixtiyor koʻzim namlandi. Bu paytda menga dalda beradigan inson Tae va opam edi....u ketganiga 1 haftadan oshdi. U bilan gaplasha olmadim. Ahvoli yaxshimikan. Oyim va dadamchi. Nega ular menga qoʻngʻiroq qilishmayapti. Ancha kundan beri jimlik. Biror narsa boʻldimikan.


Suna telefonini qayta yoqib Haru ga qoʻngʻiroq qila boshladi. Ammo javobsiz qoʻngʻiroq. U bundan battar havotirlandi. Otasiga ham onasiga ham qoʻngʻiroq qildi. Ammo bogʻlana olmadi. Va oxiri esiga Dadasining yordamchisi Minxo tushdi. Bir necha qoʻngʻiroqdan keyin Minxo javob berdi.


Suna: Vanihoyat qoʻngʻiroqqa javob berdingiz.

Minxo: Uzur xonim...

Suna: Mayli boʻlib turadi. Sizdan bir narsa soʻramoqchi edim. Dadam Oyim va Haru opamdan bir haftadan beri xabar yoʻq. Ular yaxshimi. Menga bogʻlanishlarini ayta olasizmi. Men qila olmayapman.


Minxo bir muddat jim qoldi.


Suna: Aloo Minxo....Minxo

Minxo: Xonim 1 soatlarda oldingizga boraman.

Suna: Nega nimadir boʻldimi.

Minxo: Oʻsha yerda gaplashamiz.) Minxo qoʻngʻiroqni yakunladi.

Kech tushdi.

Lilac va Jungkook Namsan binosiga qaytib kelishdi. Koʻrinishidan ular ichgan edi. Jungkook oʻzini ushlab qola oldi. Ammo Lilacga bu koʻplik qildi


Jungkook: Senga koʻp ichma demaganmidim. Nega aytganimni qilmaysan.


Lilac qizargan yuzlarini Jungkook tabassum qildi.


Lilac: Men...men....koʻp ichmadim...atigi...atigi 6 ta qadah ichdim. Bu...bu menga koʻplik qilmaydi ...men yaxshiman....hiq....hiq....Men oʻzim xoxlagan narsani qilishga odatlanganman. Sen aytgan boʻlsangda barbir ichdim. Chunki shuni xoxladim.....Qara Jungkook shahar tunda yana ham goʻzallashdi. Chiroylar bilan shahar bezatilgan archadek boʻldi. Atrof shovqini esa musiqalar. Betakror. Doimo shu yerga tunda kelishni istayman..

Kechki Seul


Lilac panjaraga suyanib atrofni jilmayib kuzatdi. Jungkook esa oʻrindiqda qizni qiliqlarini jilmayib kuzatdi. Unga atrof emas. Sevgan qizining quvonchi baxt keltirayotgandi. Jungkook oʻzini bazoʻr ushlab turgan Lilac tomon yaqinlashdi. Uni oldiga bordi. Va orqasidan quchib oldi.


Jk: Bu goʻzal manzarani har kun kelib tomosha qilishga nima deysan.

Lilac: Rostanmi.) Lilac koʻzlarini koʻz ochib yumib unga lablarini shishirib gapirdi.

Jungkook uning bu qiligʻini koʻrib labidan sekundlik boʻsa oldi.


Lilac: Hoy Jk yaramas. Mendan ruxsat olmay. Nega boʻsa olding.

Jk: Men ruxsat soʻramayman.

) Jungkook gapini tugatishi bilan labida oʻzga labni sezishi bilan uning sohibiga birdan boʻlgan vaziyatdan hayron qolgancha qaradi va tabassum qilib unga javob qaytara boshladi. Qizning bellaridan qoʻllarini bogʻlab uni oʻziga yanayam yaqinlashtirdi.


Suna dengiz boʻyida koʻzlari yigʻlagandan qizarib ketgan holda turardi. Bugun Minxoning aytgan gaplarini hali ham miyyasiga sigʻdira olmayotgandi.


Flashback


Suna Minxoni uyda kutib oʻtirgandi. Eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi va u borib eshikni ochdi.


Suna: Xush kelibsiz Minxo.

Minxo: Xayrli kun xonim.

Suna: Sizni nima deb chaqirishni bilmayman. Amaki desam katta emassiz. Aka deb chaqirsam nima deysiz.

Minxo: qanday chaqirsangiz ham menga maʼqul xonim.

Minxo


Suna : Unda Minxo aka deb murojaat qilaman.) Suna jilmayib qoʻydi. Ammo Minxo butunlay teskarisi. Suna buni tezda sezdi.

Suna: Minxo aka tinchlikmi. Nimadir bezovta qilyapdimi. Biror narsa kerakmi.


Minxo: Yoʻq xonim aslida....) Minxo sumkasidan bir qancha qogʻozlarni olgacha Suna tomon surdi.


Suna: Bular nima. ) Suna hayron qaradi.

Minxo: Bu otangiz Seuldagi barcha mol-mulklarini sizga oʻtkazib bergani haqidagi hujjatlar. Endi barcha kompaniyalar, uy va mashinalar sizniki. Bu hujjatlarga imzo qoʻyishingiz bilan barchasiga sizni nomingizga oʻtadi.

Suna: Ammo ammo nega menga axir Haru opam borku.

Minxo: Haru xonimga Chet elliklar bilan birga tuzilgan shartnomalar orqali qurilgan kompaniyalar bor edi. Ammo ular ham sizni nomingizga oʻtdi.


Suna: Ammo nega...men hech narsaga tushunmayapman...Hali dadam menga hech narsa demadilar. Axir ular bor boʻlganda men nega kompaniyani boshqarishim kerak.


Minxo: Xonim gap shundaki....) Minxo jimib qoldi. Suna Minxoni koʻzlariga tikilib uning gapirishini kutardi.


Suna: Minxo aka nima boʻldi.


Minxo: 2 kun avval Dadangiz, oyingiz Va Haru xonim Seulga yetib kelgandilar.



Suna buni eshitib koʻzlari porlab ketdi.

Suna: Nima ular kelishdimi. Ammo nega menga aytishmadi. Balki menga sovgʻa qilishmoqchidirlar. Ammo siz nega aytyapsiz. Hozir ular qayerda.


Minxo: Xonim oʻzingizni qoʻlga oling...

Suna: Nega

Minxo: Ular Aeraportdan chiqib mashinalarida kelishayotganda avtohalokat sodir boʻlgan. Bu juda kuchli boʻlganligi sababli ularni shifokorlar asrab qolisha olmadi.


Suna eshitgan gaplaridan shokda edi. Quvonchdan porlagan koʻzlari bir daqiqada namlandi.


Suna: Aldayapsiz. Menga hazil qilyapsiz. Sizga ishonmayman. Hozir ular yoʻlda kelishadi. Meni oldimga kelishadi. Keyin ulardan alamimni olaman. Meni yolgʻiz qoldirishgani uchun qasdimni olaman.....Ha siz aldayapsiz.....Sizga ishonmayman....Siz ham ularga sherikmi. Sizni ular joʻnatishdi a....Meni aldashingizni aytishgan a....Gapiring bu yolgʻon deb ayting....Iltimos...oʻtinaman bu yolgʻon deb ayting.

Suna

Suna Minxoni qoʻllariga yopishib yerga oʻtirib baqirib yigʻladi. Minxo esa uni oldiga oʻtirib sochlarini silardi.


Minxo: Xonim oʻzingizni qoʻlga oling. Sizga oldinroq xabar bera olmaganim uchun kechiring. Buni Haru xonimni yonidan topdim.


Minxo Sunaga yurak shaklidagi taqinchoq berdi. Yurak ikkiga ajralganda Suna va Haruning rasmlari bor edi. Suna buni koʻrib yanayam qattiq yigʻlab yubordi..

Haru Suna



Suna: Meni tashlab ketishga haqqingiz yoʻq edi. Hech biringizni haqqingiz yoʻq edi. Iltimos qaytinglar... Sizlarni sogʻingandim. Nega bunday boʻldi. Nega baxtsizlik meni ortimdan ergashyapdi.... Nima ayb qilgandimki menga buni ravo koʻrishyapdi.

Minxo: Suna...Suna

Suna: Minxo aka meni...meni dengizga olib boring. Iltimos qilaman.

Minxo: U yerda nima qilasiz

Suna: Oʻzimga kelib olishim kerak.


Minxo : Yaxshi. Qani turaqoling.) Minxo Sunani turishiga yordam berib, Uni mashinagacha quchogʻiga olib bordi. Mashinani tezlikda sohil tomon haydadi.


Flashback tamom



Suna: Meni bu yerda oʻzimni tashlab ketdingizlar. Sizlarni yomon koʻraman. Qizingizni oʻylamadingiz. Chet elda boʻlganingizda sizlarni juda sogʻinardim. Uyda kam boʻlardingiz. Endi umrbodga tashlab ketdingiz. Endi men kim uchun yashayman. Oilam yoʻq. Kim uchun aytinglar. Menga javob beringlar.


Haru🥺🥺 Opajonim siz ham meni tashlab ketdingizmi. Aa meni kim endi quchib uxlatadi. Kim meni "yosh bolasan" deb urishadi. Endi men kimni asabini oʻynayman. Sizdan buni kutmagandim. Sizni sogʻinyapman. Opajon sizni sogʻinyapman. Eshityapsizmi. Sogʻinyapman.... Men oʻyladim bu hayotda menga joy yoʻq....Oldingizga borsam maylimi...Sizlarni oldingizga bormoqchiman... Ketmoqchimaannn.


Suna dengizga yaqinlasha boshladi. Oyoqlarini suvga qarab olib boryapti.


Pov.Suna


Dengizga oʻzimni topshirmoqchi edim. U tomon qadam tashlaverdim. Suvdan juda qoʻrqaman. Oz muddat suvda qolsam oʻlishim aniq. Ammo bugun roziman. Oilam oldiga borishim kerak. Bu shavqatsiz dunyoda qolishni istamayman. Doʻstlarimdan uzur soʻray olmadim ammo ular meni kechirishadi. Men buni bilaman... Suv tubiga tobora yaqinlashardim. Ichimdan qoʻrquvim kuchayib borardim. Koʻzlarimni yumdimda suvga oʻzimni tashladim...xayr Seul.



Yoqimli mutolaa

#taesuna

Report Page