Fal

Fal


Abu Abdulloh


G'ayb ilmini faqat Alloh bilishi ma'lum. Lekin, islomda "Fal" ya'ni , biror hodisadan yaxshilikka darak olish mavjud. Rasullulloh alayhissalam aytadilar: "... Menga fa'l, yaxshilikka (yuyadigan) kalima yoqadi.." (Buxoriy rivoyati)

Saud davlati kuni bitib borayotkan ekaniga "Fa'l":

Ibnu kasir Rahimahulloh, "Albidoya-van-nihoya" kitoblarida aytadilar:

"..Islomdagi eng avvalgi podshox Muoviya Ibn Abu Sufyon raziyallohu anhumo edilar, so'ngra o'gli Yazid, undan so'ng Yazidning o'g'li yana Muoviya (nabira Muoviya) bo'ldi. Shunday qilib , MUOVIYA BILAN BOSHLANGAN PODSHOXLIK, (NABIRA) MUOVIYA BILAN TUGAB YO'Q BO'LDI!

So'ngra Marvon ibnul Hakam saltanati boshlandi! Undan so'ng o'gli Abdulmalik..undan so'ng uning o'g'li Valid ibnu Abdulmalik..so'ngra uning ukasi Sulaymon..undan so'ng uning amakisining o'g'li UMAR IBNU ABDUL-AZIZ, so'ngra Yazid ibnu Abdulmalik, undan so'ng Hishom Ibnu Abdulmalik, undan so'ng Valid ibnu Yazid ..undan so'ng Yazid ibnu Valid ..undan so'ng uning akasi Ibrohim..undan so'ng MARVON IBNU MUHAMMAD , bu ularning oxirgi podshoxi edi .. Shunday qilib "(KATTA) MARVON BILAN BOSHLANGAN SALTANAT HAM ,(KICHIK) MARVON BILAN tugadi !"

Undan so'ng Abbosiylar davlati : "Abdulloh Saffoh " bilan boshlanib, oxirgisi "ABDULLOH ALMU'TASIM" (yuqorida ishora qilingan, mug'ul tatarlar davrida qatl qilingan podshox) bilan yakunlandi!

Undan so'ng "Fotimiylar" davlati ham : "ABDULLOH OZID" bilan boshlanib, oxiri yana "ABDULLOH OZID" deb nomlangan podshox bilan tugadi.!

Bu juda g'aroyib bog'liqlik bo'lib, unga juda ham oz kishilar e'tbor qilgan! Alloh yaxshiroq bilguvchidir..." (Bu so'zlar so'zma-so'z ibnu kasir Rahimahulloh so'zlari edi !)

Endi bugungi Saud davlatini qarang ! :

Saud davlati, Muhammad ibn Saud (1726-1765 m) yillarda o'tgan podshox bilan boshlandi. Bugunga kelib 2015-yilda qari chol "Salmon ibnu Abdul-aziz" ga topshirildi. Lekin hozirdanoq davlatni boshqarib turgan shaxzoda : "MUHAMMAD IBNU SALMON "! Otasidan so'ng taxtga o'tiradigan, olimlarni zindonband qilayotgan bu zolim qirol, "MUHAMMAD ibnu Saud" bilan boshlangan Saudiya hukumatining boshiga yetadigan, yakuniy vorisi"MUHAMMAD ibnu Salmon" bo'ladi! (In sha Alloh)



 Bu esa , Allohning rasuli ,MUHAMMAD IBNU ABDULLOH (sollallohu alayhi va sallam)boshlab 30 yil davom etgan, va qiyomatdan oldin "MUHAMMAD IBNU ABDULLOH (MAHDIY) davrida yana qaytishi bashorat berilgan "Minhoj asosidagi Xilofat" ga ochilgan eshik bo'ladi in sha Alloh...

Manba:Salomat qalb

Tavoze kanali

Report Page