Facebook Inc. TikTok dagi yirik blogerlar Reels ga o'tishi uchun katta pul taklif etyabdi

Facebook Inc. TikTok dagi yirik blogerlar Reels ga o'tishi uchun katta pul taklif etyabdi

Habibulloh

Facebook Inc. TikTok dagi yirik blogerlar Reels ga o'tishi uchun katta pul taklif etyabdi


Reels - Facebook Inc. kompaniyasining qisqa videolar joylash mumkin bo'lgan, Instagram ichidagi yangi platformasi. Reels xuddi TikTok kabi ishlaydi. Uning ishga tushirilishi uzoq vaqtdan beri kutilmoqda va hozircha Braziliya, Hindiston va Germaniyada ishlashni boshlagan. Avgust oyidan Reels yana 50dan ziyod mamlakatlar uchun ochiq bo'ladi, shu jumladan AQSHda ham.


Nega aynan AQSH? Amerikada 45 million TikTok foydalanuvchilari bor. Ma'lumki, bir necha yil oldin TikTok tezlik bilan ommalasha boshladi. 


Mercedes benz


Gap shundaki, Instagram (Facebook Inc.) yirik TikTok blogerlari bilan Reels'da faoliyat boshlash bo'yicha shartnomalar imzolayotgani haqida gap so'zlar tarqaldi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar beradi (dilim). Shartnoma summasi bir necha ming dollarlarni tashkil etadi. Ushbu blogerlar birato'la TikTokdan voz kechadimi yo Reelsda alohida kontent qiladimi - hali noma'lum.


Bunday xabarlardan so'ng TikTok'ning yangi rahbari Facebookni nohaq xujumlarda ayblab chiqdi (https://www.axios.com/tiktoks-new-ceo-says-company-will-reveal-how-its-algorithms-work-aff01b6c-8f33-454f-9b4a-7d52292ce501.htmlhttps://www.axios.com/tiktoks-new-ceo-says-company-will-reveal-how-its-algorithms-work-aff01b6c-8f33-454f-9b4a-7d52292ce501.html).


Xo'sh, Reels hozirgi gegemonni yiqita oladimi? Kuzatamiz.


Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi

Report Page