"Yetti Majlis"

"Yetti Majlis"

Faiza

Faiza

Jaloliddin Rumiy

Yetti majlis



Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. 

Har bir narsani, ko'ngillarnida, ko'ngilga kelganlarnida nozik jihatlarigacha bilib turuvchi ulug'lik va karam Egasi Allohga eng ko'p, eng pok, eng muborak hamdlar bo'lsin. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallamga bitmas-tuganmas salovatlar bo'lsin. 

"Yetti majlis" ning birinchi majlisi.

Bizning holimiz yozning saratonida qor sotgan odamga o'xshatiladi. Saratonda molimizni sotishga ulgurmay tugab bitganidan keyin fig'on chekkanimizda qorning bahosi tushadi, qadri yo'qoladi. Bunda qor - borliq, saraton harorati - gunohlarimiz, qor sotuvchisi esa - qor bahosi ko'tarilishini istagan umidvordir. 

Hazrati Rumiyning yozmishlari mushohada etishga undaydi. Bani basharga teng munosabat ko'rsatishi ko'ngilni sakinat tomon bursa, u zotning uyg'oq so'zlaridan g'aflat uyqusida ekanligimiz ko'nglimizni to'fonga aylantiradi. 

●Bayt: Yo'llaringga gul bog'larining eshiklarini ochdi, ey yalangoyoq, yana nechun tikanzor tomon oyoq otasan?

Alloh biz uchun hidoyatning gul bog'larini ochsayu, biz esa gunoh tikanzorlarida qancha azob cheksak ham buni tikanzordan - gonohdanligini tan olmaymiz. Aksincha, biz har bir davrda ibtidoiy davrda ham XXI asrda ham yanglish yo'lligini sezgan holda, yurmoqlikda davom etamiz. 

●Bayt: Biz - tun yo'lovchilari yolg'izlik kechasidan yo'l topib yuribmiz. Podshohlar tojini nazarga ilmayapmiz.

 

●Ular bajonidil ketib borurlar, na otga minadilar, na yayov yuradilar. Ularda ko'ngil yo'q - ko'ngillarini berib bo'lganlar. Ishonch va sabr uloviga minib olgancha parchayu butunning Sohibi tomon ilgarilamoqdalar.

Ul zot, qanday saodatmanki, o'zligi bor, joni bor. Bu so'z o'zlik istaydiki, o'zligini topsin. Jon kerakki, jondan ta'm olsin. Ay, mening aziz jonim, ay, mening izlaganim, istaganim! Sen qidirishda bir qavat parda ortidan chiqqaningda, ma'no kelini ham bitta pardasini ko'taradi. Sen ikkinchi pardani ko'targan mahaling, u ham ikkinchi pardadan chiqib yuz ochadi va deydiki:

●Bayt: "Bir bo'lib birlikka yetib olsang, ko'ngling ham sen bilan birlashadi. Shunda xalq sevgisi, odamlar muhabbatidan voz kechaman".

Ammo sen yana g'aflatda, mayllaring amriga tobe qolib parda ortiga o'tasan. Keyin u ham parda ortiga berkinib oladi.

●Men o'zimdan kechganimda bor bo'laman.

Qanday go'zal izoh yozmish Rumiy hazratlari. Sulaymonning boshidagi toji qalbini egriligidan bo'ldi. Darhol sajda tomon burilib, qalbi rostlandi...

Bizning boshimizdagi toj egilaverganidan boshda ko'rinmaydi...

Sening tojing-ko'ngil haroratingdir demishlar. Ko'nglimiz haroratin yoqolmay halakmiz hanuz. Qalbimiz egilgan, sajdaga bosh urdil Yo Rabbiy. Qalbimiz faqat Sengagina omonat.

Report Page