Excel

Excel

Mahliyo

Savollarga javoblar

60-savol

Вставка - bo’limi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, ularning mazmuni quyidagicha:

Ячейки – jadvalga yangi katak qo’shish;

Строки – jadvalga yangi satr qo’shish;

Столбцы – varaqqa yangi ustunlar qo’shish;

Лист – ishchi kitobga yangi varaq qo’shish;

Диаграмма- diagrammalar tashkil etish;

Разрыв страницы – sahifani ajratish;

Функция – funksiyalarni tanlash;

Имя – ishchi kitobga nom berish;

Примечание – izohlar hosil qilish;

Рисунок - tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;

Карта – xaritalar hosil qilish.

Excelda diagrammalar

Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan ma'lumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin.

Excelda ma'lumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga bo'linadi:

gistogramma; — sohali;

grafikli; — xalqali;

doiraviy; — sirtli;

nuqtali; — birjaviy va hokazo.

Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish kerak:

1) Elektron jadvalni yuklash.

2) Mavzuni kiritish.

3) Ustunlar kengligini tanlash.

4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish.

5) Yacheykalarni ma'lumotlar bilan to'ldirish

6) To'ldirish ustunining formulasini berish.

7) «Jami xarajatlar miqdori». Natijaviy jadval hosil qilish.

8) Ma'lumotlarni saralash.


61. -savol

MS Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy ism va xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel atamasida bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi. Har bir xls faylida 1 tadan 255 tagacha elektron joylashishi mumkin, ularning har biri Excelning ish varag`i deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu «Ish kitobi» bo`lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag`ida buxgalter (xisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, xisoblar, qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha xisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Har bir Excel hujjatida bir nechta varaqlar bo‘lishi mumkin. Quyidagi rasmdagi Excel hujjatida uchta «List1», «List2» va «List3» lar bor. hujjatda joriy varaq «List1» xisoblanadi. List2 ham birinchisiga o‘xshash bo‘sh varaqdir, unda ham birinchi varaqqa o‘xshab kerakli jadvallarni hosil qilishimiz mumkin. Ikkinchi varaqqa o‘tish uchun sichqoncha bilan ko‘rsatilgan joyga keltirib uning chap tugmasini bosish yetarli.
Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash 
 Excel  dasturi  ishga  tushirilgandan  so'ng  avtomatik  ravishda  yangi  Ishchi  kitob «Kнига  1»  nomi  bilan  yaratiladi.  Agarda  siz  boshqa  Ishchi  kitob  yaratmoqchi  bo'lsangiz, uskunalar  panelidagi  «Создат»  piktogrammasiga  sichqoncha  ko'rsatkichini  keltirib  tugmani bosishingiz  kerak  bo'ladi.  Yangi  yaratilayotgan  kitob  kompyuter  xotirasida  saqlanib,  xali  fayl sifatida  diskda  saqlanmagan  bo'ladi.  Agar  alohida  ko'rsatilgan  bo'lmasa,  jadvaldagi  ishchi varaqlar 16 tagacha bo'lishi mumkin. Yangi  yaratilgan ishchikitobida bitta varaq bilan faol ish olib  boriladi.  Boshqa  varaqni  faollashtirish  uchun  shu  varaqning  yorlig'i  ustiga  sichqoncha ko'rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko'rib chiqish uchun aylanma ko'rsatkich tugmasini  bosish  kerak.  Alohida  nom  berilmagan  bo'lsa  ishchi  jadval  varaqlari    «Лист1», «Лист2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni qayta nomlash ham mumkin. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig'ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4


62-savol.

Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo`yicha yangi qiymatlarini hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim «=» (teng) belgisini qo`yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida xisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo`ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o`zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda yangi ma‘lumotlar bo`yicha xisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
Jadvalga formulani qo’yish uchun uni kеrakli yachеykaga kiritish kеrak. Formulalarni ham boshqa ma'lumotlar singari o’zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko’chirish va o’chirish mumkin. Formuladagi arifmеtik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funktsiyalar matnlarni qayta ishlashda hamda yachеykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.

Formula quyidagi elеmеntlardan ihtiyoriysini o’z ichiga olishi mumkin:

  • Opеratorlar. Bittadan oshiq opеratordan tuzilgan formulani tuzishda EXCEL bu opеratorlarni taxlil qiladi. Bunda standart matеmatik qoidalarga asoslanadi. (Arifmеtik amallarni bajarish tartibi saqlanib qoladi.) 
  • Excelda formulalarni hisoblash va bajarish quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi:
  • Birinchi bo’lib qavs ichidagi ifodalar qarab chiqiladi.
  • Undan kеyin amallar bajarish tartibi saqlangan holda opеratorlar bajariladi.
  • Agar formulalarda bir xil tartibli bir nеcha opеratorlar bo’lsa, ular kеtma-kеt chapdan o’ngga qarab bajariladi.
  • Quyidagi jadvalda formulalarda qo’llaniladigan opеratorlarning bajarilish tartibi ko’rsatilgan.

Yachеykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud:

1. Formulani klaviatura orqali kiritish: «=» bеlgisini ko’yib, kеyin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida bеlgilar formulalar qatorida xamda faollashgan yachеykada paydo bo’ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi taxrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin.
2. Yachеykalar manzilini ko’rsatish yo’li bilan formulalar kiritish: Bu usulda xam formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lеkin kamroq foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu usulda yachеykalar manzilini kiritish o’rniga ular ko’rsatiladi, xolos.


63. savol.







Report Page