ESSAY

ESSAY

15.06.2020. 17:30


Salom men chun qadrli inson. Sog' - omonmisiz , ahvollaringiz yaxshimi? Karantin sizni ham zeriktirgan bo'lsa kerak. Shunday bo'lsa ham ko'p narsalarni hotirjam o'ylab olish uchun keragicha fursat bo'ldi. Yoshimiz ulg'ayyapti, mas'uliyatimiz ko'payyapti.

  Qachondan buyon meni yaxshi ko'rasiz , qayerda xato qilganimni bilib olay degan edingiz. Bilmayman degandim. Siz xato qilmagansiz.  

Telegramdan suxbat tarixini o'chirib yuborganingizdan keyin uyidagilari tekshirib qoldimikan degan hayol ham keldi. Menga balo ham urmaydi , tashvishga qoladigan siz bo'lar edingiz. O'zimni koyidim. Qancha qancha savollarim bor edi o'shanda. Javob topishga shoshilmadim. Lekin ko'rgim kamida ovozingizni eshitgim keldi. Oldin yotoqxonaga borardim , yoki bir baxona topib telefon qilardim.

Uyingizdagilar mendan xabar topib noqulay ahvolda qolgansiz shekilli deb o'ylab sukut saqlab tura qolay dedim. Men bilan gaplashsangiz vijdoningiz  qiynalyotgani uchun o'zingizni chetga olmoqchsiz. Balki siz aytganday avval odam tanlashda adashgandirman , boshqa odamga vaqt sarflasam ehtimol natija yaxshi bo‘lishi mumkin edi. Lekin bu yosh bolalarni aldashga ishlatiladigan cho'pchaklar holos. Meni umidvor bo'lib qolishim sizni tashvishlantirmasin. Umidni yaratguvchi beradi , bu ojiz bandalar qo'lida emas.

Sizni tushunish qiyin emas. Toshbag'irsiz deb menga achinganingizdan aytmaysizku. Menga birovni raxmi kelsa o'zimni ham kulgim keladi. 


Bilaman oilangizni shani uchun kurashyapsiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas edi. Oilangiz halovatiga dahl qilmayman , qilmoqchi ham emasman. Mayli siz aytganday qachonlardir oddiy guruxdosh bo'lganimiz qolsin . O'tmishda nima bo'lgan bo'lsa o'tmishga ko'maman. Buni birinchi bo'lib atrofimdagilarga uqtirib ham qo'yaman. Nimadir qilishim kerak bo'lsa parda ortidan ham qilishim mumkin. Bu faqat boshqalar uchun men to'g'ri yo'ldaman aniq bilaman. Odam bolasi kecha yaxshi ko'rganini bugun yoqtirmay qololmaydi. Boshqalarni bilmadim men shunaqaman. Yaxshi ko'rdim , bunga avval o'zim to'la amin bo'ldim. Keyin borini aytdim. Dinimni yaxshi ko'raman. Lekin odatlarga , an- analarga ko'r- ko'rona ergashmayman. O'z hayotimni o'z aqlim bilan boshqaraman. Gaplaringizni chuqur o'yladim. Sabr qildim. Va nihoyat hayotingizda ortiqcha emasligimni bilib oldim. Siz uchun qalbi toshlik qilmadim. Uzoqlashdim yaqinroq bo'lish uchun. Rasmingizga qarab ovozingizni eshtib yuraverdim. Ishonmasangiz ham kerak. Bularni sizga aytishim meni g'urursiz yoki suyuq yaltoq bolaga aylantirmaydi. Chunki masala qandaydir hamkorlik ustidagi gaplar emas.

Ha aytgancha telefonni ko'tarmaslik va sms larga javob yozmaslik orqali jazolaydigan klassik uslubingiz biroz eskirib qoldi menimcha. Jim - jitlik g'ofil bandalarni g'aflatda qoldirishi mumkin. Vaqt shundoq ham faqat ko'pchilikning ziyoniga ishlamoqda.

Report Page