English

English


#grammar

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Masalan:
1. I like a school - men maktabni yoqtiraman.
2. We usually drink tea - biz doim choy ichamiz.
3. You work in the shop - siz do'konda ishlaysiz.
4. They children play in the home - u bolalar uyda o'ynashadi.

E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday bo'ladi deb tushunamiz. Hozirda bo'layotgan hodisani o'tkan darsimizda aytganimizdek "ing" qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz esa oddiy yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi.
Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi. Study, carry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: studies, carries. Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads.
Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi.

Present simple negative - oddiy hozirgi zamonning inkor shakli.

Agar siz oddiy hozirgi zamonda inkorni ifoda qilmoqchi bo'lsangiz ish-harakat so'zidan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't)ni ishlatasiz. Misollar:
1. I do not smoke - men odatda sigaret chekmayman.
2. You do not work - siz odatda ishlamaysiz.
3. We do not play - biz odatda o'ynamaymiz.
4. They do not speak English - ular odatda inglizcha gapirishmaydi.

Odatiy hozirgi zamonda inkor ifoda qilinayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) bo'lsa does not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi. Masalan: He is doesn't like boxing - u odatda boksni yoqtirmaydi. Agar ushbu gapda doesn't bo'lmaganda "yoqtiradi" bo'lardi.
E'tibor beramiz, do not yoki does not qo'yilganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s harflari qo'yilmasdan shundoqligicha yoziladi.

Present simple questions - hozirgi oddiy zamonning so'roq shakli

Oddiy hozirgi zamondagi gapni savolga aylantirish uchun gapning boshiga "Do" so'zini qo'shamiz:
I do work - men odatda ishlayman.
Do I work? - men odatda ishlaymanmi?

What, where, how kabi so'roq so'zlari gapning avvalida keladi, keyin "do", keyin qolgan so'zlar keladi. Ba'zan often (tez-tez), never (hech qachon), sometimes (ba'zida), usually (odatda), always (doim) kabi so'zlar ham "do"dan oldin kelishi mumkin.

What do you do? - Nima ish qilasiz?
Bundagi birinchi "do" oddiy hozirgi zamonni bildiruvchi so'z, ikkinchi "do" - qilmoq ma'nosidagi mustaqil so'z bo'lib kelyapdi.
Savol berayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) "does" ishlatiladi.
Does he live in Uzbekistan? - U O'zbekistonda yashaydimi?

Savollarga qisqa javoblar berish mumkin:
O'zingiz haqingizda - Yes, I do yoki No, I don't.
2-shaxsda - Yes, you do yoki No, you don't.
3-shaxs birlikda erkak bo'lsa - Yes, he does yoki No, he doesn't.
3-shaxs birlikda ayol bo'lsa - Yes, she does yoki No, she doesn't.
3-shaxs birlikda jinsi noma'lum yoki odam bo'lmasa - Yes, it does yoki No, it doesn't.
3-shaxs ko'plikda - Yes, they do yoki No, they don't.
Hammasi "ha" yoki "yo'q" degan ma'noda ishlatiladi.

Report Page