Emotion

Emotion

Риена

Emotion - 2 - scene


Ichimlikka ko'zlarim ham organizmim ham to'ymayapti. Reina, bas qil, Rei, Rei.. bari jonimga tegdi. Ezilib ketdim bu so'zlardan. Meni tinch qo'ying, ichimligim bilan yolg'iz qolay. Shunchki mast bo'lgim kelyapti. Mast bo'lsam ertaga hech narsani eslashimga hojat yo'q. Qanday yaxshi.. Ajoyib musiqaga jo'r bo'lgancha miriqib raqs tusha boshladim. Hech narsaga qaramay, e'tibor bermay. Ko'zlarim yumiq edi, tanamning har burchagi musiqadan zavq olardi. Belimga barmoqlarning taginishini his qildim, bu birinchi bor teginish emas edi. Bu insonni darrov kim ekanligini bilgancha uni bo'ynidan quchishga shaylanib ortimga o'girildim.

- Juda ko'p ichibsan kichkintoy. Seni nima bezovta qildi ? ) qizning ko'zlari yumiq, musiqaga mos ravishda yigitning bo'ynidan qo'llarini o'tkazib olgancha u yerdan bu yerga ag'darilar edi.

- Sen. ) qiz ko'rsatkich barmog'ini yigitning ko'ksiga niqtadi. Reina telbanamo tabassum qilib turar ekan, o'zidan achchiqlanayotgani yaqqol sezilar edi. Ichki dunyosida o'zini la'natlayapti, ammo buni tashqi tomondan ko'rsatgisi yo'q. G'ururini yer bilan bir shaklga keltirish uchun irodasi yetarli emas.

- Men ?! Shunchaki sog'indim deyish qiyinmi Rei. ) Jungkook qizning bo'yniga yuzini ko'mar ekan, uning iforidan to'yib hidlab olishni istardi. Chuqur nafas oldi. Undan keladigan yoqimli iforni butkul bir oy avval yo'qotgandi, unga yana to'yinishni, so'ng shu ifor ta'sirida hid sezish qobilyati yo'qolib qolishini hoxlardi.

Jk

- Sen kabi yolg'on gapirish uchun ojizman yigitcha.. ) qiz yuzidagi tabassumini yanada kengaytirdi, bu tabassum shunchaki mamnunlikdan emasdi.. u Jungkook bilan jipslashgan tanasini harakatga keltirgancha raqs tusharkan, bir muddat ochiq turgan ko'zlari yumildi.

- Bu tuyg'u meni tinch qo'ymayapti. Tinchlik, uyqu bular meni tark etdi.. 1 oy avval. ) yigit so'zlar ekan, qo'llari qizning belini yanada mahkamroq siqar, tanasiga chorlagandek o'ziga tortardi. Yigitning so'zlarini eshitgan Rei unga nigohlarini qaratar ekan, yuz tuzilishi o'zgargancha ko'z yosh to'kish uchun tayyor holga kelib qoldi. U o'zini qo'lga olishga harakat qilib, nafaslarini keskinlashtira boshladi.

- Yolg'on so'zlashga ustasan Jk... Meni tinch qo'y. ) Reina uni o'zidan uzoqlashtirdi. Joyida to'xtagan Rei oxirgi bor sevgilisiga termulgancha, unga yaqinlashar ekan yuzidan mayin bo'sa oldi, so'ng ko'zdan butunlay g'oyib bo'ldi... Yigit hali hamon o'sha nuqtada turarkan, qimir etolmasdi.

- Yuragimdagi o'rning bo'shab qolgandek his qilyapman. Qayt.. menga qayt.

*

Tong. Soat allamahal bo'lib qolgan. Xona pardalari yorqin nurlarni berkitib turmoqda. Telefon qo'ng'irog'idan bezovtalanayotgan qiz, telefonini qoliga oldida qaysidir burchakka uloqtirdi. Huddi o'lganning ustiga tepgandek endi bu safar xanasining eshigi taqillay boshladi.

- Tinch qo'ying. Uxlashni istayman.

- Soatga qara ahmoq qiz, tushlikka yarim soat qoldi. Tursang yaxshi ish qilgan bo'larding.

- Yaa oppa ~ Yana biroz uxlayman. Meni bezovta qilma.

- Luna men hazillashmadim. 30 daqiqada pastga tushmasang, kredit kartangni chaqasiz qoldiraman. ) akamning qat'iy ekanligini sezdim. Uni gapiga ortiq qarshilik qilmadim. Sababi pullarim hali o'zimga kerak. O'rnimdan turgancha xonamda joylashgan yuvinish xonasiga kirib ketdim. 30 daqiqadan so'ng. Oppoq halatni egnimga ilar ekanman, xonadan chiqib nonushta uchun pastga tushdim.

- Hayrli tong oppa. Yaxshi dam oldingmi ?! ) Akamning oldiga sekinlik bilan borar ekanman, uning hozirgi aytadigan so'zlarini o'zimcha taxmin qila boshladim.

Luna

- Sen kimdan so'rab mashinamga teginding, u orqali tunggi klubga bording, uyga allamahalda kelding ?! Ho'sh !!! Baxonalaringni eshitishga tayyorman Kim Luna. ) uning qo'rqinchli qoshini chimirishiga guvoh bo'larkanman, bu qilig'ini yoqtirmayman. To'g'ri u yoqimtoy bo'lib qoladi, lekin tergashi o'lguday asabimni buzadi.

- Taee, men yoshbola emasman. Meni shunchaki o'z holimga qo'y !! 21 yoshimda ham menga egalik qiladigan shaxslardan qutula olmayapman.. haa yana mashinangga tekkanim yoqmagan bo'lsa menga ham mashina olib ber. Guvohnoma uchun a'lo baholarga o'qiyman, haligi bu va'da.) uni biroz bo'lsada hovuridan tushirishni istardim.. To'g'risini aytsam doim uni oldida o'zimni ma'sulyatli insondek ko'rsatishga harakat qilaman. Meni katta inson bo'lganimni sezishi uchun. Lekin buni nazarimda hech qachon sezmaydi. Undan kichikman. O'zini mening egamdek tutadi. So'zidan chiqishimni istamaydi, hoxlagan ishini qildirmaguncha to'xtamaydi. Haa ahir bu Kim Taehyung.. Shu bilan birga, u dek akam borligidan baxtliman. Har doim, nima bo'lishidan qat'iy nazar meni qo'llaydi, qiyin vaziyatlarda yaxshi tinglovchi, madaniyat bo'yicha eng ilgari inson.

- Bu haqida o'ylab ko'rishim kerak ! ) uning hislatlarini tahlil qilarkanman, menga aytilgan gapdan so'ng akamga sinchikovlik bilan qaradim. Nahotki ?! Uning bu javobi yuz foiz kutilmagan holda bo'ldi.

- Bilaman, hozir osmonlarda uchish uchun hozirlanyapsan. Lekin, Kim Luna kechagi ishlaring uchun badal to'laysan.. 1 hafta universitetga men bilan borib kelasan, ortiqcha joylarga borish yo'q, hech qanday do'kon aylanish yo'q !

- Aka, menga bunday qilolmaysan. Axir rahming kelsin. Dugonalarim bilan bugun rejalarimiz bor edi. Iltimos Taee ~

- Baxonalaringni menga emas dugonalaring uchun asrab qo'y. O'rningdan tur va kiyin, kech bo'lsa ham darsingga borasan, hoziroq ! ) yo'q faqat bu emas. U ba'zida juda shavqatsiz. Hozir biror so'z desam aniq menga o'shqiradi. Jimgina kiyinganim ma'qul. Lekin u menga ko'z quloq bo'lishi... La'nati endi qanday yashayman..

Universitet.

Akam meni universitet eshigining tagida qoldirdi. O'zi esa telefonida kimlar bilandir varaqlashgancha shoshilib jo'nab qoldi. U juda ham vaqti ziq inson. Endi men uchun ham vaqt ajratishi kerak. Ehhh, o'sha klubga jimgina taksida borsam bo'lmasmidi. Reiiii uni ham taksiga o'tqizib yuborishim kerak edi. Balki shunda ertaroq kelardim.. Ha mayli, endi qo'limdan hech narsa kelmaydi. Gapirishdan mantiq yo'q. Allaqachon xonam oldidaman. Oxirgi darsning yarmi.. Qaysi ahmoq o'quvchi bu payt darsga keladi. Ayshsh, Taee meni majburlaganingni hech qachon unutmayman. O'qituvchidan ruxsat so'rab ichkarigan kirdim.

*

Katta bino ichkarisiga kirish uchun o'zimni tayyorlar ekanman, muzdek qo'llarimni bir biriga ishqalagancha qattiq hayajon bilan, shisha eshiklardan ichkariga kirdim.. Men taslimman, uning so'zlariga, harakatlariga mutlaqo taslim bo'lganman. Buni tushunib yetishim uchun oylab vaqt sarfladim. Unga sevishimni, yana qayta birga bo'lishimiz haqidagi istagimni aytish uchun shu yerdaman.. Hech kim bilmaydi... men qanday ahvolda ekanligimni. Luna aybni o'zimda ekanligini takrorlaydi. Ota-onam qarshimda turganlarida ularga hech narsa deyolmasdim. Bu haqida Jungkook bilishini ham istamadim. Shunchaki bahonalar qidirdim. Arzimas bahonalardan katta janjalni keltirib chiqarish uchun urundim. Mana natija... Men u sizlikka hatto 2 oy ham chiday olmadim. Uni juda sog'indim, kechirim so'raganida doim qalbimdagi baxt tolalari sekinlik bilan uzulib borardi. Qo'limdan hech nima kelmaslik, meni ojizligimni ta'kidlardi.. Barchasini tark etib hayotimni butunlay boshidan boshlash haqida o'yladim, ammo men u sizlikka bardosh bera olmasligim haqida unutdim.

Rei

Uning xonasi oldidaman.. u yerga kirish yoki kirmaslikni bilmas edim. Qo'llarim qaltirayapti, yuragim maromida emas. Nima deyman unga ? Jungkook seni sevaman menga qayt ?! Xatoyimni tushundim, kel yana birga bo'lamiz ?! Aysh jin ursin barini. Eshik tutqichiga qo'llarimni uzatar ekanman, eshik o'z o'zidan ochildi. Bu holatdan hayron bo'lgancha boshimni pastga egib oldim. Ko'zlarim oq kafelga qadalgan. Uning yuziga tik boqolmayman.

- Rei ?! ) Men bilmayman. Men unga nima deyishim haqida bilmayman. O'zimni tilimni yutib yuborgandek his qilyapman. Miyyam hech narsani qabul qilishni istamayapti, biror gapni tuzukroq hayolimga keltira olmayapman.

- Iltimos jim turma. Istasang ichkariga kirib gaplashib olamiz. ) uning so'zlari men uchun biroz ovunishdek tuyuldi. Boshim bilan uning so'zlarini tasdiqlar ekanman, ketidan izma iz uning xonasi ichiga kirdim.

- Men haligi, buyerga... buyerga. ) ko'zlarim bir nuqtaga tikilmas, fikrim o'ta tarqoq edi. Qimirlayotgan lablarim ustida qarshimdagi erkakning barmoqlarini his qilarkanman, gapirishdan to'xtab u tomon boshimni ko'tardim. Uning bu harakatlari meni aqldan ozdiradi. Ko'zlarim uning ko'zlariga boqar ekan, undagi afsuslanish, g'amginlik, baxtsizlikni aniq va tiniq ko'rardim.

- Iltimos, sensiz o'tgan kunlarimga arzirli biror narsa de. Uzoq o'ylama, meni kuttirma.. Miyyanga kelganini tilingdan chiqar. ) qiz unga shunchaki qizargan ko'zlari bilan qararkan, ichidagini izhor qilish uchun o'zini ojizdek his etardi. Yigitning gaplari yurakka sanchilgan pichoqdek ta'sir qilgan Reina, sovuq va qaltirayotgan lablarini yigitniki bilan birlashtirdi. Undan qisqa bo'sa olarkan, Jungkook hayratini sezdirishdan cho'chimadi. Rei yigitning lablarini sog'inch ila, ko'z yoshlari bilan siypalar ekan, bir muddat bo'sani to'xtatishi kerak ekanligini sezdi.

- Meni kechir Jungkook. Seni.. seni juda uzoq kuttirdim. ) Jungkook mayin tabassum qilgancha, sevgilisini bellaridan qucharkan uning sochlariga yuzini olib borgancha to'yib hidlardi.

- Seni sevaman kichkintoy. Buni hech qanday to'siq o'zgartira olmaydi..

Jk

- Men ham sevaman.. ) qizning ko'zlaridan yoshlari qalqib chiqardi. Yuragidagi qaynoqlik uni bezovta qilar ekan, butunlay tanasi titroqda va quvonchda edi. Yigit qo'llarini qizning yelkalariga qo'ygancha uni o'ziga tortib, butun vujudini uniki bilan birlashtirdi.

*

- Luna, istasang seni uyinggacha tashlab qo'yaman. Rei ham ko'rinmaydi. Haligi, yolg'iz ketma degan maqsadda.. ) NamSu Lunaga o'girilgancha daftar kitoblarini tartiblab sumkasiga joylar ekan, bir bir Lunaga ko'z tashlab qo'yardi. Qiz bu gaplarga e'tiborini qaratmas ekan, rad javobini berish uchun dugonasini kuttirmadi.

- Akam olib ketadi. Taklifing uchun rahmat. ) NamSu " yaxshi " degancha sinfxonasidan chiqib ketdi. Luna ham zinalar bo'ylab pastga tusharkan, panjaralar ortidan qahramon akasi kelishini kutardi. Darvoza oldiga kelib to'xtagan qora mashina qizni e'tiborini o'ziga jalb qila boshladi. O'sha mashinaga o'tirgan NamSuni ko'rib mashina ichidagi insonga yanada qiziqishi orta boshladi.

- Qiziq bu NamSuning mashinasi emas. ) Luna ko'zlarini qisgancha yaxshiroq ko'rish uchun urinardi. Ammo oynaga o'rnatilgan qora to'siqlar insonning shaxsini yashirib turardi.. Birdan mashina eshigi ochilib undan o'rta yoshlardagi erkak tusharkan, u insonni ko'rgan Luna og'zini katta ochgancha uni qo'llari bilan berkitdi.

NamSu

- La'nati bu o'sha, tunggi klubdagi kelishgan. U NamSu bilan uchrashadimi ?! Jin ursin bunday bo'lishi mumkin emas.. Nega buni avvalroq sezmadim. Ilk bora o'zimni kimnidir yoqtirib qolgandek his qilgandim. ) Luna qovog'ini uyib olarkan, ularga ko'zini usmasdan tikilib turardi. To'satdan chalingan signal ovozi qizni cho'chitib yuborar ekan, Luna bir sakragancha qarshisidagi mashinaga qaradi va unga o'tirdi.

- Esingni yedingmi ?! Shunchaki ismimni aytib chaqirsang eshitardim. ) qoshlarimni chimirgancha akamga jahil qilarkanman, uning keng yoyilgan lablarini ko'rib asabiylasha boshladim.

- Sen kimgadir juda ham berilib tikilib turganingda hayollaringni barbod qilishni istadim. ) u ustimdan kulardi. Kulayotgani shunchalar asbimga tegar ediki, hozirni o'zida uni bo'g'izlashni hoxlay boshladim.

- Ahmoq, kulavermay yo'lingga qara, yosh o'lib ketishni istamayman. ) so'zlarimdan so'ng u yanada kengroq tabassum qilarkan, ortiq asablarim buzilishini istamay orqa o'rindiqdagi oynaga boshimni qo'ygancha, atrofni tomosha qilib ketishni afzal ko'rdim. Miyyasini butunligicha yutib yuborgan akamga biror gap gapirishning o'zi ahmoqlik. Ba'zi payt o'zini jiddiy, qo'rs tutadi, ba'zi payt esa mutlaqo aksi. Ustimdan kulaverib asab tolalarimni kemiradi.

- Ho'sh Kim Luna !! O'z ko'nglingcha bugun dugonalaring bilan rejalaring mavjud edi, lekin ularning birortasini atrofingda ko'rmadim. ) Ko'zlarini olib qochgancha og'zimdan gap olishga urinar ekan, yuzidagi yashirin nim tabassumni sezib turar edim.

- Reina qayerda ?! Bugun o'qishga kelmadimi ? Ahvoli qanday ?! deb so'rash ancha yaxshiroq fikr. ) Qiqirlab kulgancha akamning ko'zlariga tik boqarkanman, gaplarimni eshitib asabiy peshonasini silab qo'ydi. Endi uning ustidan kulish mening navbatim. Bu ancha qiziqarliroq.

- Gaplaringni tushunmadim. So'ramadi deb hisobla. ) U javobdan qochyapti. U tomon sekin yaqinlashar ekanman, qulog'ining oldiga kelib sekin pichirlay boshladim.

Taehyung

- Kim Taehyung, Kim Reinaga nisbatan qiziqishing borligidan habarim bor. Buni sezish qiyin emas.

- Jin ursin Luna men ruldaman !! ) Taehyung menga mashinaning old oynasidan qoshlarini asabiy chimirgancha tikilarkan, uning ishorasini aniq tushungancha orqa o'rindiqqa suyandim.. Uning hayollarini tushunib turibman. U men bilishimni istamagan bo'lardi. Singlisining dugonasini yoqtirib qolgani uchun o'zini yetarli darajada ayblaydi. Aslida Reina ajoyib qiz va uni akamning sevgani bo'lishini istardim. Lekin u Jungkookga oshiq, uning qalbidagi inson umuman boshqa. Tae ni esa bundan xabari yo'q. Bu qanday ahmoqona sevgi chigalliklari bo'ldi.


Davomi bor...

#Reina

Saturn fanfic


Report Page