Emotion

Emotion

Риена

Emotion - 1- scene


Zulmatdan yiroqlashtiruvchi yorug'lik.. U menga kerak. Men o'sha nurga muxtojman. Qalbimning tubida bu uchun hoxish mavjud lekin buni batamom aqlim qabul qila olmayapti. Men qayta dunyoga qaytaman. Endi uzilish ro'y bermaydi. Men kuchli bo'laman va vaxshiy bo'ri yana ovga chiqadi.

Kim Luna. Ha mening ismim Kim Luna. Ismimning ma'nosi to'lin oy. Aytishlaricha onam meni to'lin oy kechasi dunyoga keltirgan. Mening tug'ilishim qiyin kechgan ekan, shunga qaramay kuchli inson bo'lishim uchun to'lin, to'liq oyning ramzi menga tortiq qilingan. Aslida ham shunday inson ekanligimga ishonchim komil. Hech qachon o'zimdan nolimayman, sababi o'zimga bo'lgan muxabbatim yetarli darajada kuchli.

Shunchaki o'ziga ishonchi baland bo'lgan, betkachopar qizman. Buni tan ola bilish unchalik o'zimga yoqmasada men bundan orlanmayman... Ortimdan kelayotgan ovozga e'tibor qaratishni istamasamda o'sha inson meni ta'qib qilar edi. Bilagimda issiq kaftlarni xis qilarkanman ko'zlarimni chirt yumgancha yana uff tortdim.

- Bugunning o'zida ikkinchisi Reina. Iltimos meni tinch qo'y !!

- Nega axmoq kabi hech qaysi davralarga qo'shilmaysan ?! Hayotga boq, bu dunyo yakkalikdan tashkil topmagan.. ) Qiz hali ham Lunaning bilaklaridan mahkam ushlab turardi, Luna qoshlarini chimirgancha, hayqiriqli g'azab bilan qo'liga qarar ekan, buni allaqachon his qilib turgan o'jar dugonasi uni qo'yib yuborishni hatto istamasdi ham.

- Men shundayman !! MENING HAYOT TUZILMAM SHUNDAY !! Meni bezovta qilma iltimos.. Men o'sha la'nati joyga qadamimni ham bosmayman. U yer bizga to'g'ri keladigan joy emas, tushunsangchi..

- Tug'ilgan kun ?! Uyerda shunchaki NamSuning tug'ilgan kuni bo'ladi holos. Nega bunchalar vahima qilasan. ) Luna tug'ilgan kun haquda eshitiboq boshini osmonga qaratgancha o'zining ustidan kula boshladi. Uning hayollari batamom boshqa narsalarga qaratilgan, tungi klubga borishning sababi ahmoqona ko'ngil hushlik qilish deb o'yladi, va Reinaning bir og'iz so'zlarini ham eshitmadi.

- Shunchalar ham ahmoq bo'lamanmi. Hammasiga sen aybdorsan bu tug'ilgan kun ekanligini avvalroq aytishing kerak edi.

- Yana abni menga to'nkaydi bu ayyor tulki. Demak rozisan. Kechga tayyorlan, hozir esa ko'zlarimdan g'oyib bo'l, sendan qattiq g'azabdaman.

Rei

- Yaxshi ammo avval meni quchoqlashing kerak. ) Qiz dugonasiga ko'zlarini suzgancha shilqimlik qilar ekan, dugonasi yuzini huddi uni yoqtirmayotgandek burushtirdi.

- Tezroq bo'l, yoki bayram haqida unut ! ) Luna bu safar o'zini jiddiy tutishga harakat qildi, lekin keng lablari yoyilgancha tabbasum qilib yubordi. Ular o'zaro quchoqlashib hayrlashishdi.

*

Aysh.. men NamSuga hali sovg'a olmadim. Albatta bo'sh qo'l bilan bora olmasdim. Uyimga ketar ekanman do'konga kirib o'tishni istadim.. Lekin unga aynan nima sotib olsam bo'ladi ?! Yo'limdan chiqgan har bir do'konga kirib ko'rdim, ammo ko'nglimga yoquvchi biror buyumni topa olmadim.. Oxirgi manzil va men charchadim, ont ichamanki shu joyga kiraman va yoqsa yoqmasa bir buyum sotib olgancha uyimga jo'nayman.

Ichkariga kirdim, oq kafellar bo'ylab yurar edim, juda ham ozoda do'kon. Nazarimda bu yer qimmatbaho teridan tayyorlangan sumkalar do'koni. U yerni aylanar edim. Ko'zimga eng chiroyli ko'ringan sumka tomon yurarkanman, ortimdan bir inson kelgancha menga urildi. G'azabimni bosolmasdim, sababi men allaqachon kafel ustida qo'limni ushlagancha og'riqdan ingrab yuborgandim.

- Hoy, odamzotga nima uchun ko'z berilgan !! Ko'zingizga qarab yursangiz bo'lmaydimi ?! ) Alamzadan qichqirar ekanman, atrofda kim mavjud, kim yo'q menga buning aslo qizig'i yo'q edi. Qarshimda bezbetlarcha kostyumini qoqayotgan yigit, indamay hatto e'tibor qaratmay turardi. Bu qanday hurmatsizlik bo'ldi. Yaramas !! Hech bo'lmasa uzur ham so'ramaydi.

- Tilingizni yutub yubordingizmi Janob ?! ) Unga ajablangancha qoshlarimni chimirib qaradim. So'zlarimdan so'ng menga qaragan erkak yosh yigit ekanligini sezdim. Albatta, yoshi katta erkaklar iltifotli bo'lishadi.. U shunchaki meni kuzatib turdi, so'ng eshitmagandek oldimdan shunchaki o'tib ketdi.

- Senga mulozamat ko'rsatib yaxshi gapirsam javobing shumi ?! Ayb senda shunday ekan uzur so'ra. ) u ketayotgan yo'lidan to'xtadi, boshini qashlagancha keng tabassum bilan men tomon o'girildi. Uning telbadek kulayotgani aslo menga yoqmayotgandi. U men tomon yaqinlashishi, harakatlari meni lol qoldirdi. Undan shunchaki indamay ketib qolishini kutgan edim.

Luna

- Meni kechiring kichik xonim. ) u yuzidagi tabassumini yo'qotmasdi, ta'zim qilgancha e'tiborini do'kondagi jixozlarga qaratdi. Men turgan joyimda tosh qotgandim. Men uyalyapman. Ha men qilgan ishimdan uyala boshladim. U juda ham yaxshi muomalada bo'ldi. O'rnida bo'lganimda o'zimdek inson bilan qattiq janjallashgan bo'lar edim. Yaxshi men biroz tik turgancha yana do'konni aylandim. O'zim istagan sumkamni sotib olgach taksi chaqirib uyimga yo'l odim.

*

Akamning mashinasiga o'tirar ekanman, undan beso'roqlarcha mashinasini olganimni bilsa bu hayotimning oxirgi laxzalari bo'lishi aniq. Biroz tashvishlangancha mashinani o't oldirdim. Kalitni o'g'irlash men uchun uncha qiyinchilik tug'dirmadi. Aynan shu sabab qo'rquvimni kuchaytirmoqda. Mashinani haydar ekanman, yo'limdan politsiya xodimi chiqib qolmasligini iltijo qilgancha ketardim, sababi guvohnomam yo'q. Lekin mashinani ajoyib haydayman. Tezlikning yuqori cho'qqisi doim ijobiy tarzda menga kayfiyat ulashgan. Old o'rindig'imda turgan tug'ilgan kun sovg'asiga bir nigoh tashlagancha tabassum qildim. Uni chiroyli qilib qadoqlagandim. Yetib keldim o'sha manzil. Ha menimcha aniq o'sha. Telefonimni qo'limga olgach Reinaning raqamini terdim.

- Eshitaman Luna. ) Uning tovushi eshitilarkan, orqa tarafdan kelayotgan shovqin suron sababli dugonamning ovozi ancha xira tarzda menga yetib kelgandi.

- Haa men keldim, qayerdasan ?

- Hozir oldingga chiqaman allaqachon klub ichkarisida edim. ) U menga ichkarida ekanligini aytganida, biroz qovog'imni uyib oldim. Sababi u bilan birga uchrashib, birga ichkari tomon qadam bosamiz deb o'ylagan edim. U chiqdi. Chiqishi bilanoq men tomon hotirjam yurib keldi va asta bo'ynimdan quchdi. Uning ilk so'zlari sal qolsa mashinada unutib qoldirishim mumkin bo'lgan buyumni eslatib yubordi.

- Nima sovg'a olding? Men unga pardoz uchun nimadir berdim.

- Nimadir ? Nima ekanligini o'zing ham bilmaysanmi. Rei ahvoling yaxshimi, boshingni qaysidir devorga urib olganing aniq. ) dugonamning ustidan kular ekanman, hazilomus uning boshini ko'rikdan o'tkazishni boshladim. U ham menga qarab qiliqlarimdan kulib yubordi.

- Ahmoqsan. shunchaki sovg'ani yordamchim tayyorladi. Men kiyinish bilan band edim. Yaxshi yuraqol tezroq kiraylik. ) yuzimda go'zal tabassum, mashinadan o'zim uchun kerakli bo'lgan narsalarni oldim va klubga kirdik. U yerning atmosferasi tashqaridan ancha farq qilar edi. Men bu muxitdan nafratlanaman. Baland ovozdagi musiqa insonning quloq pardalari uchun ancha zararligini tushuna boshladim. Burnim sezayotgan bu tamaki ifori esa ko'nglim bexuzur bo'lishiga katta sabab bo'layotgan edi. Men bu yerda 2 soatdan uzoqroq qola olmayman. Reina meni NamSu ning tug'ilgan kuni nishonlanayotgan stol tomon yetakladi.

- Luna keldi.. ) uzoqdan hamma mening kelganimni yetkazishayotganini aniqlik va tiniqlik bilan eshitardim. Yerga qaragan ko'zlarim asta to'g'riga mag'rur nigohlar bilan qarar ekan uncha uzun bo'lmagan kiymimning etaklarini chetga surgancha yuzimdagi yorqin tabassum bilan ularning davrasiga qo'shildim.

- NamSu seni tabriklayman. Bugun senga bag'ishlangan kun, tabrigimni va kichik sovg'amni qabul qil. ) uni asta bag'rimga oldim. Juda ham hursandligi yuzidan ma'lum edi. U haqiqatdan ham juda yaxshi qiz. Shuncha do'stlar orttirgan, u bunga arziydi.

Luna

- Luna to'g'risi kelmaysan deb o'ylagan edim. Lekin minnatdorman, meni e'tibordan chetta qoldirmaganing uchun.

- Qani sovg'ani ochib ko'r. Nima ekan, men savol berganimda gapni anchagacha aylantirdi, yaramas qiz. ) Reina oraga suqularkan, unga qoshlarimni chimirgancha, hozir bu gapning vaqti emasligini uqtirishga urundim. Ammo u menga mamnungina tabassum qilib turar edi. NamSu rozilik bildirgach sovg'a qadog'ini bo'shata boshladi. Uning ko'zlariga tikilib turardim. Uning ko'zlarida hayratlanish hissini ko'rdim. U og'zini qo'llari bilan yopgancha kular edi. Bunday reaksiyaning sababini tushunmaygina men ham hijolat tortib tabassumimni yo'qotmas edim. Biror xato ish ro'y berdimi, yoki u uchun juda ham arzon bo'lgan narsani tanlabmanmi ?! Lekin u do'kondagi eng qimmatbahosi edi..

- Bilasanmi Luna, menda bugun huddi shunday sumkadan 2 ta bo'ldi. Sovg'ang uchun raxmat. Men uni qadrlayman. ) haqiqatni aytaman, men uning bir og'iz so'ziga ham tushuna olmadim. Buni sezdirmaslik to'g'ri yo'l deya hiblagach Reinaning oldiga qaytdim. U barmenning oldida o'zi uchun ichimlik tanlash bilan ovora edi.

- Nega meni suxbatning o'rtasida tashlab ketding ? ) uning oldidagi stulga borib o'tirdim.

- Jungkook.. Uni ko'rishni istamayman. Ko'zlarim uni ko'rishi bilanoq qalbim unga talpinadi. O'zimni uning quchog'iga otishdan qo'rqaman. Boshqaruvsizlik meni girdobiga tortib ketishidan cho'chiyman.

- Sening gaplaringni tushunishga harakat qilyapman, lekin qilayotgan ishlaring o'rinsiz.. yuraging uni sevishini o'zing ham juda yaxshi sezyapsan.

- Men bunday o'ylamayman.

- Qalbing u tomon talpinishi nimadan dalolat ?!

- Ha deb menga qarshi chiqaverishni bas qil ?! Har on u haqida so'z ochilganda bir bor mening ham tarafimni olarmikinsan deb o'ylayman. Doim o'ylarim o'yligicha qoladi.

Rei

- Chunki unga nisbatan hamisha nohaqlik qilasan. ) asabiylasha boshladim. Reina o'zining gaplariga o'zi tushunmasdi. Avval unga yaqinlashishni istayotgani haqida xabar berdi, so'ng sevmasligi haqida.. Menimcha u o'zi bilan yuzlashishi uchun vaqt kerak. U menga javob qaytarmadi. Oldiga qo'yilgan ichimligini zarda bilan ichardi. Men uning ichishini istamayman, lekin ayni damda qarshilik ham qila olmayman..

Nafasim siqilib ketardi. Bu yerdagi rang barang chiroqlar, zulmatdanda qorong'uroq ko'rindi ko'zimga. O'pkam butunligicha havoga to'lgan, lekin uni tashqariga chiqarish imkonsizdek. Ko'krak qafasimni ushlar ekanman, atrofga razm solgancha chiqish eshigini qidirdim.. Tashqaridagi toza havo mening ruhiyatim uchun ancha sokinlik bag'ishlashini sezgandim. Tutaqib ketgan alkogol isi sal qolganda meni aqlimdan ayirgan bo'lar edi. Ancha ahvolim yaxshi. Bu kabi davralar men uchun emas ekanligini yana bir bor tushundim. Skameykada o'tirgancha osmondagi yulduzlarga tikildim. Ulardan ufurib turgan yorqinlik latofati butunlay meni qurshab oldi. Ular osmonlarga bezak berib turuvchi mitti yaltiroqchalarga o'xshardi. Har doim meni bir savol qiziqtirgan, nega ular doimo kechasi samoni go'zallashtiradi. Tong, u ham go'zal bo'lishga haqli nazdimda..

- Ular chiroyli shundaymi ? ) oldimdan kelgan erkak kishining ovozini aniq eshitdim. Osmondan ko'z uzmagancha uning so'zlarini imo ishora orqali tasdiqladim. Yuragim huddi osmonga uchib ketayotgandek edi. Ruhim o'zimga bo'ysunmay osmonga ko'tarilayotgandek.. o'z tasavvurlarim og'ushida hech ham yerga tushmadim.

- Nima haqida o'ylayapsiz kichik xonim ?! ) kichik xonim... bu so'zlar tanishdek. Shu ikki og'iz so'z osmondagi Lunani bir lahzada yerga qulatgandek bo'ldi. Bu so'zlar sohibiga qarar ekanman, tanish chehraga guvoh bo'ldim, uni eslashga harakat qila boshladim. Issiq chexra, juda ham issiq.

Yigit

- Menimcha sizni esladim.. Ha siz do'konda.. Ha siz o'sha menga turtilib ketgan yigitsiz ?! ) Huddi yutuq uchun qo'yilgan savolning javobini topgandek hayajonlanib gapirarkanman, yuragimning ritmida qo'zg'alishni his qildim.

- Juda kulguli. ) u keng tabassum qilar ekan, tabassumidan ko'zlari qisilar, har bir tishining soyasi ko'rinardi. Juda ham yoqimli. Uning tabassumi haqiqatdan ham yoqimli. Yuragim o'z o'rnidan qo'zg'alyotgandek go'yo. Undan ko'zlarimni olib qochdim. Yuzimni qayta to'g'riga qaratdim. U uyalayotganimni sezgandek menga yana ham yaqinroq surildi. Bo'ldi aniq tamomman. Yuragim, uning tezligidan hatto tanamni titroq bosdi.

- Uzoqroq o'..o'.tiring. ) og'zimdan faqat shu so'zlarni chiqara oldim xolos. Nazarimda buni ham eplab ayta olmadim.

- Hayajonlanma. Men shunchaki sen bilan suxbat qurishni istadim. ) yana o'sha keng tabassum. U tomon qarar ekanman, menga tikilib turgan beg'ubor ko'zlarni ko'rdim. Ular huddi tubsizlikdek meni o'ziga tortardi. Bu nima ..? Ichimdagi tuyg'uni tushuna olmayapman. Bu ummon kabi cheksiz nigohlarga istaganimcha termulish haqida o'ylayapman. Ikki insonning nigohlari tutashsa.. huddi bizniki kabi, nima sodir bo'ladi ? Ichimdan qizishni boshladim. Nimadir ichimda gulxan yoqmoqda.. La'nati o'zimni o'zim sharmanda qilyapman. Bunga hoziroq nuqta qo'yish kerak. O'zimni o'nglab olgancha o'rnimdan turar ekanman, kiyimimni uyoq buyog'ini tartiblagach, klub ichkarisiga kirib ketdim..

- U juda ham kulguli. ) yigit qizning harakatlarini indamay kuzatib bo'lgach, ushlab turgan kulgusini baralla chiqarib yubordi. Bir muddat bo'lgan voqeani qayta yodiga olarkan, peshonasini siqgancha kulgudan o'zini tiya olmasdi.

- O'sha muddat, aynan nima haqida o'ylaganingni tushundim KICHIK XONIM... o'ylagan narsang bir kun sodir bo'lishiga ishonyapman.. ) u yana kulardi..


Davomi bor...

#Reina

Saturn fanfic


Report Page