- Emotion -

- Emotion -

Реина

- Emotion -

- 1-

... Ishonaver, senga bo'lgan ishonchim o'zimnikiga nisabatan ancha ulkan edi. Shuni tushunib yetdimki, nimaiki me'yoridan ortiq bo'lsa, odamzotning o'ziga qarshi tuzoqdan boshqa hech narsa emas. Qasam ichaman ! Qasam ichaman, shu kundan o'zgasi sen uchun hech qachon shavqatli bo'lmaydi.


- Istamayman, dada ! Meni majburlay olmaysiz, hech qachon ! Eshityabsizmi ?! Hech qachon sizlar istaganingizdek yashashga majbur emasman ! ) qalbim tubiga ko'mib kelgan so'zlarim tilimga chiqardi. Yuzimga kelib urilgan tarsakidan o'zimni yanada tetikroq va vajohatliroq his qila boshladim. Lovullab yonayotgan yuz terim, ichimdagi otashdan sust emasdi.

- Sen kimsanki dadangga bunday ohangda gapiryapsan ? Sen kimsan, bizning qarorlarga o'zboshimchalik bilan qarshi chiqasan ?! ) qasam ichamanki, o'zimni o'zim boshqara olmasdim. Go'yoki ayni damdagi men shunchaki ongimga qamalib qolgandek edi. Xonani to'ldirgancha, telbanamo kular ekanman, ko'z yoshlarim dimog'imga tiqilib tinch nafas olishimga yo'l qo'ymas edi. Mendan ko'zini uzmayotgan insonlarga ko'z qirim bilan qaragancha boshimni tik tutdim. Men boshim egilishi kerak bo'lgan hech narsani talab qilmayapman. Men bu yerda nohaq emasman. Bunga ishonchim komil.

- Menga tushuntirib bera olasizmi Kang xonim ? Aslida siz kimsiz ? Bu xonadon uchun o'zingizni kimman deb o'ylaysiz.. Istasangiz men aytaman. Sen inson ko'rinishidagi shaytonning o'zisan ?!

- Ovozingni o'chir !!

- O'chirmayman !! Nahotki ovozini o'chirishi kerak bo'lgan inson men bo'lsam dada ?! Men shu kungacha bu xotiningizga hech bir narsa demadim. Menga bo'lgan o'sha qo'shtirnoq ichidagi mehr muxabatti faqat shu yergacha ekan. Bilib qo'ying ! Uni menga bunday gapirishga aslo haqqi yo'q !!

- Men senga jim bo'l dedim. Qara Rei, men senga yana bir bor bosiqlik bilan tushuntiraman. Shunchaki turmush qurasan dedim. Bu shunchalik katta muammomi ? Yigit boy va kelishgan. Senga yana nima kerak ? Bilaman, tushunaman, lekin bir biringiz bilan uchrashganingizdan so'ng fikring o'zgarishiga ishonchim komil !!

- Yo'q tushunyapsizmi, yo'q. Men ham o'zimga yarasha boy oilaning farzandiman, menga uning pullari kerakmas. Kelishgan turqiga tupurganim bo'lsin !! Men turmushga chiqmayman ! Siz bilan ortiq tortishishni ham istamayman ! ) ichimdagi o'sha og'ir bo'lgan qandaydir buyum butunlay meni tark etdi. Biroz o'zimni yaxshi his qila boshlaganimni sezyapman. Men hali hamon o'sha zal burchagida turishni istasam, yoki uydan bosh olib chiqib ketardim, yoki o'zimga biror nima qilib qo'yishim aniq edi. Eng ma'quli o'z xonamga tashrif buyurish. Uzun zinapoyalar tomon harakatlangan onim bir zum anavi yalmog'izning so'zlari qulog'im ostida jaranglashni boshladi. La'nati, o'zimni tiya olish qo'limdan kelmaydi. Ortimga, o'sha suv ilonning ko'zlariga mag'rur qaradim.

- Kimligim shunchalik qiziq bo'layotgan bo'lsa eshit !! Men Kim Reinaman. Janob Kimning va unga tegishli bo'lgan mol mulkning vorisi. Endi kimligim butun umr yodingdan ko'tarilmaydi azizam !! ) ich ichimdan shunchalik hursandmanki buni so'z ila tasvirlab berish mushkul. Lekin hozirgi kayfiyatim ahvolimga oqilona mos ravishda emas.. Xonam eshigini zarb bilan yopar ekanman, ich ichimdan bo'shashib butunlay yiqildim. Men kuchli emasman, shunchaki meni kuchli deb o'ylashlarini istayman holos. Dimog'imga tiqilib qolgan o'sha narsa chiqib ketishi uchun ko'zlarimdan o'zim yolg'iz qolganimda sarflashim uchun asragan ko'zyoshlarimni to'rt devorga ko'rsata boshladim.

Chiday olmayman deb qo'rqaman, quyishqondan chiqib ketaman, yovvoyi insonga aylanaman deb qo'rqaman. Qasam ichib aytamanki bu jaxannamdan bosh olib ketaman !

Xonam eshigi qarsillab, zarb bilan ochilganida, hayollarim butunlay chalkashib eshikdan kirayotgan insonga qaradim. Qoshlarim bir zumda chimirildi, ko'zlarim g'azabdan yonar, hattoki qaynab ketardi.

- Bu yerda nimangni yoqotding ?!

- Onamning hurmatini !! ) o'sha la'natining haromi farzandi xonamning eshigini bir zum qulufladida, qarshimga vajohat ila qadam bosib keldi. Ont ichaman, bunisi endi ortiqcha. Hozir g'zabimning oxirgi tomchisiga qadar shu qizning burnidan buloq qilaman.

- Menga qara Misun. Onang senga yeg'lab shikoyat qilgan bo'lsa, mening qarshimga aslo chiqa ko'rma. Men hech kimga nohaq munosabatda bo'lmayman. Buni o'zing juda yaxshi bilasan, shunday emasmi ?

- Menimcha sen o'z hayotingdan mamnun emasdek ko'rinyapsan. ( qiz yuzida yolg'on tabassumni yaratar ekan, bir qoshini tepaga uchirgancha Reina ning oldiga yaqinlasha boshladi ) Ha to'g'ri bu taxmin emas. Aniq va tiniq bo'lgan ma'lumot, yoki gapim noto'g'rimi singiljon !

- Maqsading nima ?! Ko'chadagi boy badavlat erkaklaringdan olgan pullaring yetmaganday, mening o'rnimni, menga tegishli bo'lgan barcha narsaga ega chiqmoqchimisan ?! Bilasanmi nima ? Axaxaxa men hatto buni aytishga zo'rg'a botinyapman. Mening opam suyuq oyoq. Men esa buni dadamdan yashirib, uning ketini tozalab yuraman ! ( Rei Misunning yuziga qarab uning ustidan kulib turardi. Haqorat tubida qolib ketgan qiz o'zi istamasada asabiylashar ekan, buni Rei sezsada uning asab tolalarini yanada chuqurroq kemirish istagi butun vujudini qamrab olganini bilardi. ) Bir narsaga juda ham qiziqyaman opa. Nima deb o'ylaysan dadam bularni bilsa.. seni haydab solarmikan yoki... yoki bo'lmasa tiriklayin tuproqqa ko'marmikan ?!

- Qasam ichaman seni o'ldiraman Kim Reina !! ( qiz vajohat bilan singlisi va o'zining orasidagi masofani qisqartirdi. Qo'llarini qizning sochiga bog'lagan chog'i ikkinchi qo'li bilan uning bo'ynidan bo'g'ardi. ) Haddingdan oshding !! Bu safar haqiqattan ham o'rningni bila olmading. Seni o'ldirmasligim uchun yagona sabab haqida juda yaxshi bilasan shundaymi ? O'sha la'nati, landovur dadang tezroq tuproqqa ko'milsayu seni o'z qo'llarim bilan o'ldirsam.. Ishon, ishonaver hayotda mendan baxtli inson topilmaydi.

- M.meni q.qo'yib yub.bor ) qiz butunlay kisloroddan ajralib qolgan edi. Nafasi siqilgancha opasining qo'lini olishga urunar ekan, yuzi inson rangidek emasdi.. Misun bir zumda ko'zlarini mahkam yumdida chuqur nafas olgancha Rei ni qo'yib yubordi. Singlisi tinmay yo'talib, nafas rostlashini tomosha qilayotgan qiz o'zidan mamnun holatda xonani tark etdi.

- Javob berasan.. ko'zimdan oqgan har tomchi ko'z yoshga, tamom bo'lishga ulgurgan asab tolalarim uchun.. barchasi uchun seni baxtsiz bo'lishga majbur qilaman Kang Misun !! Aslo tinch qo'ymayman !

*

Erta tong yog'dusi atrofni qoplamay turib uyg'ongan qiz egniga ko'kimtir par ko'rpa tashlab olgancha, xonasi ichida joylashgan balkonga chiqdi. Atrof muhit go'zal, bu bog'ning o'zgacha istarasi bor edi u uchun. Ko'p ham tik turishni istamagan Rei o'zini kursiga otdida, shaxsiy finjonidagi qahvadan bir ho'pladi.

- Qiziq... Nega aynan men ?! Balki onam o'lgani uchundir ?.. ) qiz asabiy kulgancha ko'zlarini yumdi. Nafas olish tartibi keskin o'zgarganidek, yurak urish ritmi ham tezlashgan edi.. eshigining ovozini eshitgan zahoti o'rnidan turgan Rei, eringancha ko'rpasini yo'l yo'lakay yotog'iga uluqtirib, eshikni ochdi.

- Meni kutmagan eding, buni bilaman !

- SOOBIN yo'q yo'q men tush ko'ryapman shundaymi ???!!!! ) qiz hayajondan nima qilishini bilmas, ko'zlarini tinmay ishqalar edi. Ostonada turgan yigit esa kulishdan o'zini to'xtata olmayotgandi.

- Meni bunday kutib olishingni bilganimda, birinchi dadamning xonasiga kirgan bo'lardim Kim Reina.

- Bo'lishi mumkin emas, aniqrog'i men.. bu tasodifan ro'y berdi.. ochig'i tushuna olmadim.. Aka.. ) kozlaridan quvonch yoshlari oqayotgan qiz nigohlarini pastdan uza olmas, hatto o'z qondosh akasini quchoqlashga botina olmasdi. Ichki kechinmalari shunchalar chigal ediki, bularning barchasi birdaniga sodir bo'layotgani qizni butkun cho'ktirib qo'ygandi.

- Kel o'zimga ! Meni qarshimda ko'z yosh to'kma, seni shunchalar qadrlaymanki bunga ko'ksim bardosh bera olmaydi. ) yigit qulochini keng yozib, singlisini bag'riga chorlar ekan, qizning ko'z yoshlariga guvoh bo'lib kayfiyati biroz horg'inlashdi.

- Tinchlikmi, Rei men shu yerda ekanim uchun daxshatli tarzda yeg'layapsanmi ?! Seni tushuna olmayapman.. Menga qara, ko'zlarimga.. ) yigit qizning iyagidan ohista ushlagancha singlisi bilan o'z nigohlarini birlashtirdi. Qizning ko'zlari qizargan, osti esa ko'kimtir tusda. Yigit uning nigohlari ostida qandaydir tushunarsizlik, tushkunlikni ko'rardi.

- Meni qo'rqityapsan. Biror narsani yashiryapsanmi ?

- Soobin sen mening akamsan. Sendan hech narsani yashirishni istamayman, buni bilasan lekin... lekin shu bir haftadan buyon senga uydagi vaziyat haqida hech ham aytolmadim.

- Qulog'im senda.. Menga qara faqat tinchlanib, yeg'lamay gapirasan ho'pmi ? ) yigit singlisining qo'lidan tortib xona ichkarisiga kirdi va yotoq ustiga o'tirishdi.

- Yaxshi. ( qiz yuzidagi so'nggi tomchilarni artib tashlar ekan, chuqur nafas olgancha so'zlarini bir biriga ulay boshladi. ) Dadam.. u meni majburan turmushga bermoqchi ! Men buni istamasligimni ayttim. Lekin ko'nmayapti. Buni ustiga anavi ayol ham unga men haqimda bosim o'tkazyapti. U hatto.. ) qiz gapirarkan, bu gapi ortiqcha ekanini sezib jim bo'lib qoldi. Bilardiki unga qilingan har bir ish uchun akasi ulardan hisob so'raydi.

- Nima u hatto ?! Rei gapir. ) jiddiy ohang va qo'rqinchli tarzdagi yov qarashlar. Qiz bulardan cho'chiy boshlagandi. Soobin uni siquvga olarkan, o'zi istamasada gapirishga majbur ekanligini tushundi.

- U hatto yuzimga tarsaki tushirdi.

- Nima ?! ) yigit ko'zlarini katta katta ochar ekan, hayron qolganini yashira olmadi. Bir muddat pastga qarab turgan Soobin nigohlarini singlisiga qaratdi.

- Qanday qilib ?! Sen uni yoqtirmasligingni bilardim, lekin u doim bizga mehribon bo'lgan. Bu ishni qilishga qanday qo'li bordi ?!

- Agar uni shunchalar pok ko'rayotgan bo'lsang, menga ishonmasliging mumkin.

- Nega bunday deyapsan ? Nima bo'lishidan qat'iy nazar men senga ishonaman. Sendan bo'lak hech kimim yo'q.

- Bir birimizdan boshqa hech kimimiz yo'q ! Biz doim bir butun bo'ldik. Hatto onam vafot etkanidan keyin ham..

- Haqsan.. Ishonaver u ayolning qilgan ishi javobsiz qolmaydi. Qizichi ? U bilan o'rtangizda muammo yo'qmi ?! ...


Davomi bor...

Мисс Реиᥫ᭡


Report Page