eko

eko


O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xamzayevning ishonchli vakili Berdiqul Qudratovning Sayhunobod va Oqoltin tumanlaridagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari, taʼlim muassasalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning tarjimayi holi, saylovoldi dasturida belgilangan asosiy vazifalar to‘g‘risida saylovchilarga ma’lumotlar berdi. 

Jumladan, nomzodning saylovoldi dasturida davlat stomatologik klinikalarni rivojlantirish, shaharlar Bosh rejalarini tuzishda kamida 30 % yashil maydonlar yaratish talabini mustahkamlash hamda davlat ekologik siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilashga qaratilgan "Barqaror ekologik rivojlanish Strategiyasi"ni qabul qilish yoʻnalishlarida ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar nomzodning ishonchli vakili tomonidan alohida eʼtirof etildi. Uchrashuv yakunida saylovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Report Page