eee

eee


Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Sirdaryo viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi davomida “Sirdaryo Best Seeds” MChJ sexida bo‘ldi.

Bu yerda urug‘lik chigitni tozalash, saralash va dorilash ishlari amalga oshiriladi. Aytish kerak, Urug‘lik chigitni sifatli saqlash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va ekish mavsumiga tayyorlash qiziq va muhim jarayonlardan biridir. Bunda sifatli mahsulot olish uchun alohida e’tibor kerak bo‘ladi.

Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashning texnologik jarayonlari yuqori hosil olishda muhim o‘rin tutadi va yetishtiriladigan ekinlarning sifatiga ta’sir qiladi. Ekish oldidan urug‘ni sifatli tayyorlash va qayta ishlash katta ahamiyatga ega.

Mazkur korxona ham urug‘chilik faoliyati bilan shug‘ullanib, joriy yil hosili uchun “tindirilgan urug‘lik” chigitni va xorijiy navlarni joylashtirish hamda urug‘larni ekish mavsumiga tayyorlash, “2024 yilda xorijdan import qilinadigan navlar bo‘yicha hududga mos agrotexnologiyalar yaratish” loyihasi ustida ish olib bormoqda.

Vazir o‘z navbatida sex faoliyati bilan tanishar ekan, urug‘lik chigitning sifatli tozalanishi, saralanishi va dorilanib qadoqlanishiga asosiy e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyaldari bilan o‘rtoqlashdi.

Zero, dala maydonlarida saralangan urug‘ning ekilishi – yuqori hosil olish muvaffaqiyatining asosiy kalitidir.

Shu bilan birgalikda korxonada sun’iy ozuqa vositasida ipak qurtini parvarishlash, ozuqa mahsulotlarini tayyorlash va unda ishlatiladigan mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumki, ipak qurti – mo‘jiza. Bir oylik mashaqqatli davrda qurtdan g‘umbak, ya’ni tayyor pilla yetishtirilgungacha bo‘lgan jarayon juda qizg‘in kechadi. 

Pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

Vazir ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir bosqich uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya etish masalasi xususida so‘z yuritar ekan, bu borada korxona tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Report Page