Eco🍀

Eco🍀

YaxshiBopqolar

Yaqindagina ishonchli chet nashrlari, internet tarmoqlarida atmosferada tiklanishlar bo'layotgani ma'lum qilishdi. Ekologiyaning odamlar tomonidan buzilishi jiddiy xavfligini hali xanuz yo'qotganicha yo'q. Inson tabiat uchun hamon - "dushman". Yuqoridagi ijobiy o'zgarishlar uchun sabab aslida, boshqa. Ekologiyaga yangicha nazar solamiz. Biz muhokama qilmoqchi bo'lgan ushbu "dolzarb" muammo - ekologiya ifloslanishi, uning oldini olish choralari deya soatlab gapirishgan, millionlab maqolalar nashr qilingan, radio, televideniyada ko'rsatuvlar tayyorlangan(bundan keyin ham bo'laveradi). Lekin inson muhokama qilishni, aql o'rgatishni boplaydi, amalda bajarishga kelganda - e'tiborsizlik ustun keladi. Ekologiyani faqat ko'chaga tashlangan chiqindilar buzmoqdami? Zaharli tutunlarni purkayotgan zavod-fabrikalarmi? Milliardlar havoga ko'tariladigan mashina yoqilg'ilarining gazlarimi? Albatta ha. "Oldini olish kerak" "chiqindini maxsus idishlarga tashlang" "elektromobillar ishlab chiqarib, zararli gazlarni havoga tarqalishini oldini olamiz".

 Xullas, hammasi qachondir isbotini topgan taqdirda ham, yaqin orada emasligi aniq edi.

Fikri ojizimcha, tabiatning o'zi jangga kirishdi. Qaysidir ma'noda albatta. Yil boshida avj olgan Covid-19 - dunyoni uzil-kesil emas-u, ammo sezilarli ko'rsatgichda tashqi hayotdan ajratib qo'ydi. Natijada, zavodlar to'xtadi, mashinalar yurmay qo'ydi, odamlar ko'chaga chiqmay qo'ydi. Tabiat esa dam oldi. Hamon dam olyapti. Ozon qatlami tiklanyapti. Inson- qotil. Qotil esa qurbonlikni muhokama qilib o'tirishi kulguli. Shunchaki, qo'lingizdan keladiganini qiling. Madaniyatliroq bo'ling. Axlatlaringizni uyingizga tashlang, ha, yoqmadimi? Tabiatga ham yoqmayapti. Bundan battar o'chini olmasin.

❗️Fikrlar o'zimga tegishli, va ularni himoya qilaman.

Report Page