Джон уик

Джон уик


Jon Rokfeller-dunyo tarixidagi eng boy odam sanaladi. U o'z faoliyatini bugalterlikdan boshlagan. Uning boyligi 200 milliard dollardan oshgan. Jon biznesni boshlagandan beri o'zi prinsiplariga amal qilgan va ana shu prinsiplar uning shu darajaga yetishiga katta turtki bo'lgan. Quyida ularning 12 tasini sizga keltirib o'tamiz:

1) Birov uchun yoki birovning qo'l ostida kamroq ishlang. O'z ustingizda ko'proq ishlang. Qanchalik o'z ustingda kam ishlasangiz shunchalik qashshoq yashaysiz.

2)Pulni tejang. Mahsulotlarni arzon narxda sotib olish mumkin bo'lgan joyni izlang. Oldindan xarid qilinadigan mahsulotlar ro'yxatini tuzing. Faqatgina ro'yaxatdagi mahsulotlarni sotib oling.

3) Agar pulingiz oz bo'lsa biznes qilishni boshlang. Agar pulingiz umuman yo'q bo'lsa zudlik bilan biznes boshlang

4) Katta boylik yoniga faqat passiv daromad bilan borish mumkin. Passiv daromad bu-siz kuch bilan yondashmaydigan, hech nima qilmasangiz ham o'zi keladigan daromad hisoblanadi.


5) 1 oy mobaynida 50 ming dollar topish haqida o'ylang. 50 mingdan ko'p bo'lsa bo'lsin kam bo'lmasin. Chunki dunyodagi eng boy odamlar oyiga 50 mingdan ko'p pul sarf qilishadi.

6) Pul sizga boshqa odamlar orqali keladi. Odamlar bilan suhbatlashing. Suhbatlashmaydigan odamlar kamdan-kam holda boy bo'lishadi.

7) Qashshoq muhit deyarli har doim sizni qashshqolikka yetaklaydi. Doim ishbilarmon va g'alaba qozonadiganlar yonida bo'ling.

8) Qashshoqlik qachonki inson mas'uliyatdan yuz o'girgandan keyingina yuz beradi. O'z-o'zingizga bahona qidirmang.


9) Dunyodagi eng boy insonlarni biografiyasi va tafakkurini o'rganing.

10) Orzu sizning hayotingizdagi eng muhim narsa. Orzu qilish juda muhimdir. Orzu qilib orzuyingiz ro'yobga chiqishiga ishoning. Inson orzu qilishdan to'xtagan kun u o'lgan kun hisoblanadi.

11) Odamlarga yordam bering. Pul uchun emas faqat chin ko'ngildan va o'zingiz istagan odamlarga. Qarindosh yoki tanish bo'lishi shart emas. Foydani 10%ini xayriya uchun sarflang.

12) O'z biznes tizimingizni yarating. Ishlab topgan pullaringizdan bahramand bo'ling.

Jon Rokfeller-dunyo tarixidagi eng boy odam sanaladi. U o'z faoliyatini bugalterlikdan boshlagan. Uning boyligi 200 milliard dollardan oshgan. Jon biznesni boshlagandan beri o'zi prinsiplariga amal qilgan va ana shu prinsiplar uning shu darajaga yetishiga katta turtki bo'lgan. Quyida ularning 12 tasini sizga keltirib o'tamiz:

Report Page