Dunyo

Dunyo

Азизбек_Фахриддинов_01

Malida isyon ko‘targan harbiylar mamlakat bosh vaziri Bubu Sisse va prezidentning o‘g‘li Karim Keytni qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mali poytaxti Bamako shahri yaqinida joylashgan Katidagi harbiy bazada isyon ko‘targan harbiylar bir qator vazirlar va yuqori lavozimli ofitserlarni qo‘lga olgan. Qo‘lga olinganlar orasida Mali tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri ham bor.


Shuningdek, Mali mudofaa vaziri Ibrohim Dahiru Dembele ham qo‘lga olingan qatorida bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan.


Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, isyonning boshida polkovniklar Dyau va Kamara, shuningdek, general Shayx Fantamadi Dembele turibdi.


Malida 2020-yilning iyun oyidan buyon namoyishlar davom etmoqda. Ularning ishtirokchilari mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keytning iste’fosini talab qilmoqda. BMT va huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar vaqtida kamida 14 kishi halok bo‘lgan.


Avvalroq Mali poytaxti Bamako shahri yaqinida harbiylar isyon ko‘targani haqida xabar berilgandi.

Report Page