Dunyo

Dunyo

Азизбек_Фахриддинов_01

Mali poytaxti Bamako shahri yaqinida harbiylar isyon ko‘tardi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.


​Ma’lum qilinishicha, Bamakodan 15 kilometr uzoqlikdagi Kati harbiy bazasida otishma yuz bergan.


Associated Press’ning Mali Ichki xavfsizlik vazirligidagi manbasining xabar berishicha, Katidagi askarlar ofitserlarni qo‘lga olgan. Shundan keyin Bamakodan hukumat xodimlari chiqib ketishni boshlagan.


Malida 2020-yilning iyun oyidan buyon namoyishlar davom etmoqda. Ularning ishtirokchilari mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keytning iste’fosini talab qilmoqda. BMT va huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar vaqtida kamida 14 kishi halok bo‘lgan.

Report Page