Dunyo

Dunyo

Азизбек_Фахриддинов_01

AQShda olimlar COVID-19 koronavirus infeksiyasining dastlabki belgilari qay tartibda kechishini tahlil qildi. Bu haqda Frontiers in Public Health jurnalida maqola chop etilgan.

Olimlar ushbu tadqiqotida 55 ming nafardan ziyod bemorning holatini tahlil qilgan.


Shu tariqa, COVID-19 infeksiyasining asosiy belgilari quyidagi tartibda paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatilgani aniqlangan: dastlab isitma, keyin yo‘tal, mushaklardagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi ba’zida qayt qilish, ich ketishi kabi belgilar kuzatiladi.


Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha ushbu yangilik kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va bemorlarga sifatli tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega.


Report Page