Dunyo

Dunyo

Азизбек_Фахриддинов_01

16-avgust kuni Rossiyaning E95 va M1 trassalari orqali Belarus chegarasi tomon “Rosgvardiya” mashinalariga o‘xshash, biroq raqam va ajratuvchi belgilarisiz o‘nlab “Ural” hamda “KamAZ” avtomobillari harakatlanayotgani qayd etildi. Bu haqda Facebook’dagi Conflict Intelligence Team sahifasida xabar berildi.

“Fontanka” obunachilarining ma’lum qilishicha, Peterburg va Pskov o‘rtasidagi yo‘l bo‘ylab 30-40 ga yaqin yuk avtomobillari hamda harbiy yo‘ltanlamaslar harakatlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinalar ichida “kamida 600 nafar jangchi” bo‘lishi mumkin. G‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ushbu harbiy texnikalar okrugga tegishli emasligini bildirgan.

Meduza nashri obunachilari ham Moskva—Minks yo‘lida raqamlarsiz mashinalarga duch kelgan.

“Mediazona” ham bir necha harbiy texnikalar harakatlanayotgan videoyozuvlar bilan bo‘lishgan. Roliklardan birida Moskva, ikkinchisida esa — M-1 trassasidagi holat tasvirlangan.

Avvalroq Belarus prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlarida Aleksandr Lukashenkoga raqiblik qilgan Svetlana Tixanovskaya mamlakat fuqarolariga yangi videomurojaat yo‘llab, o‘zining milliy yetakchi bo‘lishga tayyorligini bildirgan edi.

Report Page