Dunyo

Dunyo

Азизбек_Фахриддинов_01

Tojikiston yangi o‘quv yili har yilgidek 1-sentabrdan emas, balki 17-avgustdan boshlandi, deb xabar beradi Asia Plus

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi o‘quv yili yangi qoidalar bilan boshlangan: niqob taqish va barcha o‘quvchilarning antiseptik vositalardan foydalanishi majburiyga aylangan. Maktab koridorlari va hovlisida ijtimoiy masofalanish oraliqlari belgilangan: bolalar bir-biridan 1,5 metr uzoqlikda yurishi kerak.


Tojikistonda maktab o‘quvchilar pandemiya sabab aprel oyida ta’tilga jo‘natib yuborilgan edi. Mamlakatdagi vaziyat yaxshilangani sabab Tojikiston Fan va ta’lim vazirligi mamlakatda o‘quv yilini ikki hafta oldin boshlashga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida masofaviy shaklda boshlanadi. Xalq ta’limi vazirligi esa o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan.

Report Page