Dunyo

Dunyo

Азизбек_Фахриддинов_01

Yer yuzidagi eng yuqori harorat AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi (Death Valley) milliy bog‘ida qayd etildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

AQSh milliy ob-havo xizmatiga ko‘ra, vodiyda havo harorati 54,4 darajaga yetgan. Qayd etish kerak, bu boradagi avvalgi rekord ham O‘lim vodiysida 2013-yilda qayd etilgan. Unda havo harorati 54 darajagacha isigan.


Ba’zi manbalarda, 1913-yil O‘lim vodiysida havo harorati 56,6 darajaga yetgani haqida ma’lumotlar mavjud. Ushbu ma’lumotlar to‘g‘riligiga zamonaviy olimlar shubha bilan qaraydi. Ularning fikricha, bir asr oldin havo haroratini o‘lchashda xatoga yo‘l qo‘yilgan.


AQSh rasmiylari 2-3 kun haddan tashqari yuqori haroratni namlikning yuqori darajada ekanligi bilan bog‘lamoqda. Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining ta’kidlashicha, AQShdagi jazirama issiq havo mamlakatdagi boshqa ekstremal ob-havoga qaraganda o‘rtacha hisobda ko‘proq odamni nobud qilgan.

Report Page