Dunyo

Dunyo

Ismoil

Tojikiston 15 kun ichida Rossiyadan 55 ta qo‘shimcha aviareys uyushtirmoqda


Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.


“Tojikiston tashqi ishlar vazirligi vatandoshlar e'tiboriga shuni ma'lum qiladiki, COVID-19 kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi tomonidan 16-31 avgust oralig‘ida Rossiyadan Tojikistonga 55 ta qo‘shimcha charter reyslar amalga oshiriladi”, – deyiladixabarda.


Qayd etilishicha, charter reyslar «Tojik Eyr» va «Somon Eyr» aviakompaniyalari tomonidan Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Krasnodar va Surgut shaharlaridan Dushanbega amalga oshiriladi. Ularning ro‘yxati ilova qilinmoqda.


Mazkur reyslar orqali uchuvchi fuqarolar ro‘yxati shu shaharlardagi elchixona va bosh konsulxonalar tomonidan shakllantiriladi. Ro‘yxat tuzishda birinchi navbatda bemorlar, yosh bolali ayollar, keksalar, talabalar va Rossiyaga xizmat safari bilan borganlarga ustuvorlik beriladi. Kelganlarda COVID-19 yo‘qligi haqida ma'lumotnoma bo‘lsa, tekshiruv va karantindan ozod qilinadilar.


Ro‘yxatga ko‘ra reyslarning 51tasi «Somon Eyr», 4tasi «Tojik Eyr» aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.


Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 17-30 avgust davomida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar olib kelinishi haqida ma'lumot berdi.

Report Page