Dunyo

Dunyo

🌐OLTIARIQ_TV

Alisher Usmonov AQShning yangi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmadi

AQSh Rossiyadagi qator kompaniyalar, yirik tabirkorlar, top-menejerlar va mansabdorlarga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Bu haqda SNG Today xabar berdi.

Foto: SNG Today

“Qora ro‘yxat”ga kiritilganlar qatorida Oleg Deripaska, Igor Rotenberg, Viktor Vekselberg, Sulaymon Kerimov, Kirill Shamalov, Aleksey Miller, Andrey Kostin va boshqalar bor.

Biroq mazkur sanksiyalar Alisher Usmonov va Roman Abramovichga nisbatan tatbiq etilmadi.

Yangi sanksiyalar Rossiya aksiyalar bozori uchun og‘ir zarba bo‘ldi. 9-aprel kungi savdolarda RTS va MMVB indekslari tegishli ravishda 11 va 9 foizga quladi, shuningdek, milliy valyuta kursi ham pasaydi. Jumladan, yevro kursi 2016-yil sentabridan beri birinchi bor 73 rublgacha ko‘tarildi.

Report Page