Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

buxoriy
  • Murrey daryosi vodiysida istiqomat qiluvchi avstraliya aborigenlarining tilida 1 raqami “enea” deyiladi, 2 bo‘lsa “petcheval” deb ataladi. 5 raqamini bo‘lsa ushbu tilda 8 xil yo‘l bilan ifodalash mumkin, masalan, “petcheval petcheval enea”.
  • Dunyodagi eng keng ma’noli so‘z “mamixlapinatana” bo‘lib, bu so‘z “ikkala taraf ham qilishni istovchi, ammo qilishni xohlamaydigan narsani qilishga kimdir rozi bo‘lishini kutib bir biriga umid bilan tikilmoq” ma’nosini beradi.
  • Arab tilida 28 harf so‘z oxirida o‘rtasidagidan boshqacha tarzda yoziladi, ivrit tilida bunday harflar 5 ta, grek tilida bitta, boshqa yevropa tillarida bo‘lsa bunday harflar mavjud emas.
  • “Absurd” lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib, “kardan, garangdan” (ab surdo) degan ma’noni anglatadi.
  • Papua Yangi Gvineyada istiqomat qiluvchilar 700 ga yaqin tilda (butun dunyo tillarining 15%) so‘zlashadilar. Bu tillar orasida ko‘plab mahalliy dialektlar mavjud bo‘lib, ulardan qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi o‘zaro muloqotda foydalanadi.
  • “Ermitaj” fransuz tilidan olingan bo‘lib, “yolg‘iz qolish joyi” degan ma’noni anglatadi.
  • “Simpozium” lotin tilidan olingan bo‘lib, “katta ziyofat, bazm” degan ma’noni anglatadi.
  • Hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi harf – O harfidir.
  • Dunyodagi eng uzun palindrom so‘z fin tilidagi “saippuakivikauppias” bo‘lib, “ipak savdogari” degan ma’noni anlatadi.
  • Afrika qit’asida 1000 dan ortiq tillar mavjud. Shimoliy Afrikadagi berberlar tilida hattoki alifbo ham yo‘q.
  • Xitoy tilida “qiyinchilik, ko‘ngilsizlik” ma’nosini beruvchi iyeroglif bitta tom ostidagi ikki ayol tasviri bilan ifodalanadi.
  • Almost – ingliz alifbosidagi harflar ketma – ket berilgan eng uzun so‘zdir.
  • Fors tilidan kelib chiqqan “pijama” va “chemodan” so‘zlari bir hil o‘zakka ega (“pi-djoma”, “djoma-dan”).
  • Kyurasao orolining nomi ispan tilidan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “pishirilgan ruhoniy” ma’nosini beradi (cura asado).
  • Qadimgi Misrda o‘rikni “quyosh tuxumi” deb atashgan.
  • Filippin tilida “salom” so‘zi “mabuxay” deyiladi.
  • “Fudziyama” yapon tilidan “tik ko‘tarilgan tog‘” ma’nosini beradi.
  • Ingliz tilida month, orange, silver va purple so‘zlari bilan qofiyadosh so‘zlar mavjud emas.
  • Kxmerlar alifbosida 72 ta harf mavjud, Bugenvil oroli (Solomon orollari) tub aholisi alifbosida bor yo‘g‘i 11 ta harf bor.
  • Xitoy tilida “choy” va “tetiklik” so‘zlari bir hil iyerogliflar bilan ifodalanadi.
  • Yapon tilidagi “metro” so‘zi “past”, “tuproq” va “temir” ma’nosini beruvchi uch iyeroglif bilan ifodalanadi.
  • Xalqaro esperanto sun’iy tili 1887 yilda varshavalik doktor L. Zamengof tomonidan o‘ylab topilgan.
  • Bironta ham unli tovushi bo‘lmagan eng uzun inglizcha so‘zlar “rhythms” va “syzygy” dir.
  • “Town” so‘zi ingliz tilidagi eng qadimgi so‘z hisoblanadi.
  • Xitoy tilida “r” va “l” tovushlari farqlanmaydi.
  • Gavayi oroli tub aholisi alfavitida 12 tagina harf mavjud.
  • Ingliz tilida 600 000 dan ortiq so‘z bor.
  • W lotin harfi lotin alifbosida mavjud emas.
  • Xitoy yozuvida 40 000 ortiq belgilar bor.
  • Amerikalik yozuvchi Ernest Vinsent Rayt o‘zining “Gedsbi” romanida 50 000 ta so‘z ishlatgan bo‘lib, ularning hech birida Ye xarfi (ingliz tilida eng ko‘p uchrovchi harf) yo‘q.
  • Amerikalik olim va siyosatchi Benjamin Franklin “mast” (ing. drunk) so‘zining 200 dan ziyod sinonimlarini to‘plagan, ularning ichida “cherry-merry”, “nimptopsical” va “soaked” kabi sinonimlarni uchratish mumkin.
  • Eskimoslar tilida qor so‘zini 20 hil so‘z bilan atash mumkin.
  • Xitoy tilining Mandarin shevasi dunyoda eng ko‘p sonli so‘zlashuvchilariga ega tildir (935 mln.), bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Ispan tili (387 mln.), ingliz tili – uchinchi (365 mln.), hind tili bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinda (295 mln.). O‘zimizning ona tilimiz bu ro‘yxatda 45 o‘rinda turibdi (25.6 mln.).
  • Bir paytlar “ampersend” (&) ingliz alifbosidagi harflardan biri bo‘lgan.
  • O‘rtacha hisoblaganda ruhoniylar, yuristlar va doktorlar o‘z kasbiy lug‘at boyligida 15 000 ta so‘zga ega ekanlar. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan malakali ishchilar taxminan 5-7 mingta so‘zga, fermerlar bo‘lsa 1600 ta kasblariga oid so‘zni bilishar ekan.
  • Haram, veto va embargo so‘zlari so‘zma – so‘z tarjimada “taqiq” ma’nosini anglatadi.
  • Dunyondagi tillarning asosiy qismida “ona” so‘zi M harfi bilan boshlanadi, o‘zimizdagi “momo” so‘zi kabi.
  • Viktor Gyugo qalamiga mansub “Tahqirlanganlar” asarida fransuz tilidagi eng uzun 823 ta so‘zdan iborat gap uchraydi.
  • Hozirgi paytda dunyoda 6500 ga yaqin til mavjud. Biroq, ulardan 2000 tasi yo‘q bo‘lish arafasida. Ularning har birida 1000 tadan kam odam so‘zlashadi.
  • Seul koreys tilida oddiy “poytaxt” degan ma’noni anglatadi.
  • Dunyodagi tillar ichida ingliz tilida eng ko‘p sinonimlar mavjud.
  • Aytishlaricha “The sixth sick sheikh’s sixth sheep’s sick” ingliz tilidagi eng murakkab tezaytish hisoblanar ekan.
  • Kanada mahalliy hindu qabilalari tilida “katta qishloq” degan ma’noni anglatadi.
  • Ingliz tilidagi “news” so‘zi aslida kompasdagi dunyo tomonlarini ko‘rsatib turuvchi harflardan olingan: North, East, West, South. Shuning uchun ham bu so‘zda ko‘plik shakli mavjud emas.
  • Dunyo aholisining deyarli yarmi 6000 yil oldin so‘zlashilgan Hind-Yevropa tilidan kelib chiqqan tillarda gapiradi. Olimlarning fikricha Hind-Yevropa tili mo‘’tadil iqlimli mintaqada vujudga kelgan, chunki ushbu tildan kelib chiqqan tillarda flora va fauna, yil fasllari va shu kabi narsalarni anglatuvchi so‘zlar juda o‘xshashdir. Masalan: cold, Kalt, xolod; snow, Snaw, sneg, snіg. Bu ta’riflarga juda mos hududlarga taxminan shimolda Litva, Ukrainanining markaziy oblastlarigacha janubda, Polshaning g‘arbiy voyevodlari va sharqda Belarussiya sharqiy oblastlari to‘g‘ri keladi.
  • Shumer tili eng qadimgi yozma til hisoblanadi. U Mesopotamiyada taxminan eramizdan avvalgi 3500 yillarda vujudga kelgan.

Manbauzbegim.info

Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram: https://t.me/buxoriyedu

Instagram: https://www.instagram.com/buxoriyedu/

Facebook:https://www.facebook.com/buxoriyedu/



Report Page