Ds

Ds

Ahmadsher Ergashev.

"Farishtaning ko‘z yoshi "



Aleks arxeologlikni tashlaganiga bugun 8 yil bo‘ladi. Uni ko‘pchilik arxeolog sifatida taniydi. Biroq kam sonli insonlargina uning asl kasbi hazina izlovchilik ekanini bilishadi. 8 yil avval u yerga koinotdan qulagan "Farishtaning ko‘z yoshi " deb nomlangan o‘ta noyob olmosni qidira boshlagan va uning Himolayda ekanligini ham aniqlagan edi. Lekin uni bu havfli safar oldidan Kamila to‘sib qoldi . Ular turmush qurishdi. Aleks boshqa bu xatarli kasbi bilan shug‘ullanmadi. Mana bugun turmush qurishganiga 8 yil to‘ladi. Aleks doimiy harid qiladigan supermarketidan bejirim tort olib uyga qaytardi. Uning kayfiyati yuqori chunki bugun Kamila bilan turmush qurishganiga 8 yil to‘ladi. 

Biroq...


Uni uyda hardoimgidek ochiq yuzli Kamila bilan kutib olmadi...

Balki stulga o‘tirgan Kamilani chakkasiga to‘pponcha tiragan jinoiy guruh a‘zolari kutib olishdi...


Aleks bu jinoiy guruh a‘zolarini tanidi. 8 yil oldin ularga "Farishtaning ko‘z yoshi " olmosini topib bermoqchi edi. Ularning jinoyatchi ekanligini ancha keyin bilgan edi.


Aleks: U olmos qor quyuni tagida qolgan!!!

Jinoyatchilar boshlig‘i : meni aldashga urinma ! Ikkimiz ham har sakkiz yilda olmos turgan g‘or qordan holi holda ochilishini bilamiz bu holat 7 kundan so‘ng ro‘y beradi. Agarda sevgilingni yana tirik ko‘rmoqchi bo‘lsang Olmosni topib kelasan!!!


Aleks yo‘lga tushdi . Uning oldida hazinani qo‘lga kiritish va o‘lim bor edimi ? Yo‘q. Gap faqat o‘zi haqida ketganida balki shunday bo‘lardi biroq gap Kamila haqida ketyaptimi demak... faqat bitta yo‘l bor Hazinani qo‘lga kiritish.


Himolaydagi g‘or eshigini ochish uchun 2 ta kalit bo‘laklari kerak edi. Ularning biri Amazonka changalzorlarida edi. Kalit bo‘lagi yashirilgan changalzor qismiga odam yaqinlashmas chunki changalzorning bu qismida qadimiy o‘latning noma'lum turi bor edi. Uning yuqishiga hech qanday niqob qarshi turolmas edi.


Kutilganidek uning niqobiga qaramasdan kasallik unga ham yuqdi. Butun tanasi azobsa bo‘lsa ham kalit tomon harakatlanar edi. Eshitmasa ham boshqa narsani ko‘rmasa ham yerdagi kalitga eltadigan iyerogliflarni ko‘rardi.


Ohirgi yarim kilometrda ko‘zi butunlay ko‘rmay qoldi. U emaklab iyerogliflarni paypaslab kalit turgan qadimgi Maya davri ibodat honasiga yetib keldi. Kalitni olishi bilan ibodat honadan changalzor tomon quyuq oq tutun tarqaldi.

Bu kasallikning davosi edi buni Aleks eski qo‘lyozmalardan o‘qigan edi. Uning sezgi a‘zolari birini-ketin tiklana boshladi.


Kalitning ikkinchi qismini olish uchun Afrika janubidagi jazirma sahroga bordi . U yerda bundan 3000 yil oldin qurilgan 8 qavatli yer osti labirinti bor edi. Labirint yer yuzasidan 300 metr pastdda boshlanar edi. Aleks kalitgacha bo‘lgan 8 qavatni bosib o‘tishi uchun yer osti zulmatida 20 soat yo‘l turdi. Kalitga yetib keldi. Muammo shunda ediki Aleks oldingi safar kabi kalitni olganidan so‘ng..Nima bo‘lishini bilmas edi. U tavakkal qildi kalitni oldi.


Kalitni olishi bilan eshitgan tovushlaridan labirintning birinchi qavati qulay boshlaganini sezdi . Agar boshqa chiqish yo‘lini topmasa tahminan 40 daqiqada 8 chi qavat hamqulab u tiriklayin yer tagida qoladi. Qarshisidagi yuqoriga tik ko‘tarilgan ko‘tarilgan 9 ta tuynuklar da qo‘yillgan belgilardan . Ularning 6 tasini tuzoq ekanligini tushundi. Lekin 3 ta belgining ma‘nosini tushunolmadi, lekin vaqt kam, u tavakkal qilib ulardan birini tanlab yuqoriga ko‘tarildi. 30 metr tik ko‘tarilgandan so‘ng. U xato yo‘lni tanlaganini tushundi bu yo‘l chayonlar iniga olib chiqar ekan...


8 chi qavat qulab bo‘lgan, tuynuklar ham pastdan yuqoriga qarab yemirilib boradi. Ahmad 9 chi tuynukdan 8 chisiga yo‘l ocha boshladi silkinishdan chayonlar Aleksga qarab o‘rmalay boshladi. 8 chi tuynukga o‘tayotganda uni ikkimarta chayon chaqdi. Chayon chaqqan oyog‘i olovda turgan kabi yonar va og‘rig‘i butun tanasiga tarqardi. Qo‘llari zahar ta‘siridan dag‘-dag‘ qaltirardi . Bu chayonlarning bittasiining chaqishi 2 odamni o‘ldirishga bemalol yetardi lekin Aleks o‘lmadi . Qo‘llari titrasa-da tik tuynukdagi toshlarni qo‘yib yubormasdi. Shu tahlit tuynukning qolgan 30 metriga tirmashib chiqdi.


Tomirida qon emas qaynagan qo‘rg‘oshin oqayotgandek his qildi o‘zini . Yaqin 50 kilometrdda , uning otidan boshqa , og‘riq ta‘sirida tunni tirratib yuboradigan- hayqirig‘larini eshitadigan tirik jon yo‘q edi. Bu holat ertasi kuni tonggacha davom etdi . Og‘riq birozgina kamaydi holos . Shunchaki shishlar biroz qaytdi. Aleksningning isitmasi yuqoriligidan tanasi go‘yo qizib turgan cho‘gdek edi. Tanasida mudom dahshatli og‘riq. U faqat maqsadi uchungina tirik turganini bildi.


Va nihoyat himolay - 36 gradus sovuq ayovsiz shamol. Aleksningning ko‘zlari hatto pirpiramas ochlikni va og‘riqni mutloq his qilmas edi.


U huddi o‘lib bo‘lganu tanasi Kamilani qutqarish uchungina harakatlanardi. Himolayning 7 kilometrida g‘or ochilishi kutib 2 soat turdi. .8 yilda bir marta bo‘ladigan hodisa ro‘y berdi. G‘or  

Og‘zidagi tosh yuqoriga ko‘tarildi.So‘ngra changalzor va sahrodan olgan kalit qismlarini yig‘ib g‘or davomidagi bir necha 10 tonnalik eshikga joyladi. Zihli darvoza ham ochildi. Aleksda faqat bir soat bor edi . Agar chiqishga ulgurmasa g‘or ichida 8 yil qolib ketadi.


Darvoza ortida hammasi odatdagidek ekanligiga, hech qanaqa tuzoq yo‘qligiga ishondi. Hamma yer tekis maydon, o‘rtadagi tiniq suvli hovuz ostida esa tuhum kattaligidagi o‘sha mashhur olmos yotardi . Sekin tiz cho‘kib suvga barmog‘ini tiqib ko‘rdi va tezda qo‘lini tortib oldi barmog‘i bir lahzada sovuqdan ko‘karib ketdi . Hovuzga dahshat bilan qaradi. Uning harorati nihoyatda sovuq va unda hech qaysi tirik jon omon qolmasdi. Uning ustiga bu sovuq haroratni olmos tarqatayotgani tushundi demak Olmosninh o‘z harorati ham -200 dan pastroq.


Bir lahza o‘ylab turdi va ustidagi kiyimlarini yechdi. Ular muzlab yuk bo‘lardi Holos. Chuqur nafas olib suvga sho‘ng‘idi...


Bundan o‘n yil oldingi misrda Kamilani uchratganini ko‘z oldiga keldi. O‘sha kungacha Aleks nega yashayotganini bilmasdi. Kamila uning hayotiga kirib kelib hayotining mazmuniga aylandi...


O‘ninchi kun, soat kechki to‘qqiz . 

Aleksningning uyi.

Jinoyatchilar bo‘shlig‘i Kamilaga to‘pponchasini qaratib sevgilingni vaqti tugadi deb tepkini bosishga harakat ham qilgan ediki. Eshikni ochib Ahmad kirib keldi. U 

-Olmos qani ?!

-Mana 

Kaftini ochib ko‘rsatdi Ahmad.

-Uni qanday qilib ushlab tirik turibsan ?! Uning harorati -200° gradusku ?

-Birinchidan u -250°gradus

Ikkinchidan jonim o‘zimda emas . Unga sen to‘pponcha tirab turibsan.

-Shunday deb olmosni unga otdi....

Tungi shahari osmonidan Aleks va Kamilaning samolyoti 

Gavayiga qarab uchib borardi.

Kamila: "Farishtaning ko‘z yoshi " ni qoldirib ketib to‘g‘ri qildinggizmikan?

Aleks:Ha, albatta, ahir menda farishtaning o‘zi bor...


Ertasi kuni tongda ular gavayiga qo‘nishib band qilishgan mehmonxonalari tomon ketishayotganda bu tomonda politsiya markaziy ko‘cha yaqinida uch muzlagan jinoyatchi va g‘aroyib olmosni topib olishdi...



Report Page