DREAD

DREAD

Jihyee

With my all love....

Written by #Jihyee

FINAL


Jeon xonim quyoshli bog'da dam olar ekan, mayin maysalar ustiga to'shalgan yo'l yo'l choyshab ustida nevarasi kichik Woo bilan mazali mevalarni tanavvul qilar edi. Aniqrogi Woo ôzi uchun maxsus butulkada mevali sokni ichardi.

J/x - Woo jonim meni....


Jeon xonim uni erkalab o'ynatar, kichik burunchasini ushlab, domboq yuzlaridan o'par edi biroq kichkintoyning ko'zlari yumilishni boshlagach g'inshiy boshladi, biroz vaqt o'tib esa buvising ovutishlariga ham qaramay yig'lab yubordi


J/x - Lilia u yana yig'lashni boshladi, uyqusi keldi shekli


Lilia ham bog'dan uncha uzoq bo'lmagan daraxt soyasida Jungkook bilan o'tirar edi.

Jk - toychog'imni uyqusi kelibdikuu


Liliadan oldin Wooning dadasi u tomon yugurib bordi, bir qo'liga olib sochlarini siladi, yelkalarini asta sekin urib go'yo uxlatgandek bo'ldi. Woo ham dadasining hidini biladi shekli buvisiga ko'nmagan jussasi dadasi Jungkookning allalashiga osongina aldanib uxlab qoldi

Lilia - omma ko'rdingizmi aslida Wooga man ham kerak emas...dadasi turganda meni ham mensimaydi

J/x - Nima hali shunawami Jungkook🤨

Jk - omma o'g'lim meni ko'proq yaxshi ko'rsa menda nma ayb

Lilia - Jungkook Wooni ber ovqatlantirib uxlataman, kelganimdan so'ng esa kim aybdor ekanligini muhokama qilamiz.....


Jungkook o'g'lini istamaygina bergach, onasining yoniga choyshabga o'tirdi

J/x - kichkinamiz seni ôzing, ayniqsa porlab turadigan ko'zlari

Jk - ana aytamanku....

J/x - ha u sening o'g'ling


Jungkook aytmoqchi bo'lgan gapini oyisi undan oldin aytganidan mamnun jilmayib qo'ydi.

J/x - Jungkook men yana ketishim kerak... bilasan sog'ligimda biroz muommolar bor

Jk - Aysh omma ôzi 3 hafta oldin keldingiz

J/x - yana kelaman, kichkina bolalardek erkalik qilma...

Jungkook yuzini shishirib mevalar orasida turgan banana milk oldi, ingichka naychasini bo'shatib sutdan icha boshladi

J/x - lekin buni Jihyeega aytma, yôqsa aniq ketkizmaydi yoki men bilan ketib qoladi, endi unda ham shaxsiy hayot bor, ôzini voyaga yetganini his qilishni istardim

Jk - menimcha u allaqachon mustaqil insonga aylangan

J/x - ôzini eplash va turmush o'rtog'i bilan oilasini eplash boshqa boshqa narsalar

Jk - hih Jihyee Taehyungni emas, Tae Jihyeeni eplashi kerak aslida

J/x - 1 zum ham jiddiy bo'lolmaysiz


ajoyib kun kechga aylangach Jeon xonim Jungkook va Lilianing xafa bo'lishga qaramay Turkiyaga uchib ketdi.

Jungkook mashina ro'lida ekan, oynachadan Wooni hatto mashinada ham tinmay erkalatayotgan Liliaga ba'zan qarab qo'yardi, ichida esa bu berilgan nematlarni asrash, ularni hech nimaga alishmaslik hislari to'lqinlanar edi.


19 : 28 Seoul yosh Kimlar xonadoni


Soat millaridan ko'zi uzmay o'tirgan Jihyee 19 : 30 bo'lishi bilan eshik tomon yugurdi va tutguchini ushlab kalitni buradi. Oradan 1 daqiqa ham o'tmay yugurgancha eshikning ko'cha tomonidan Taehyung keldi, eshikni ochmoqchi bo'lgan edi afsus uni allaqachon qulflanganini bildi va boshini egib chuqur uff tortdi. So'ng eshikdan biroz uzoqlashib yengil nafas oldi va eshikni sekin taqillata boshladi

Taehyung - bilaman hech qoldim, ammo bu mening aybim emas, buni ustiga 2 daqiqa kech kelish sanoqqa o'tmaydi

Eshikning uy tomonidan sado ham chiqmadi. Taehyung bunda biroz jaxl aralash yana chuqur nafas oldi

T - Jyee axir 110 soniya holos... iltimos eshikni och.....

Yana o'sha sukut

T - yaxshi seni xafa qilmoqchi emas edim, Taehyung cho'ntagidan qo'shimcha kalitlarni chiqarib ôzi eshikni ochdi. Uyga kirganidan so'ng esa unga hissiz qovoqlarini o'yib qo'llarini bir biriga bog'lab olgan qizni ko'rgach eshikni ochganiga afsuslandi, bir yutunib qo'yib, 110 soniya kechikkani uchun qanday aybini yuvish keraklgini ôyladi

T - bilaman mendan xafasan ammo bu vaqt hech nimani hal qilmaydi, buni ustiga mashinalar tirband ekan, zo'rg'a keldimmmm

J - manga bunaqa kechirimlar kerak emas


Taehyung tezda borib qizni quchishga urindi ammo Jihyee ôzini undan olib qochishni boshlad

T - kel bugungisini unutamiz aaa? Axir qornm ham och, rafiqamni qo'lidan ovqat yeyish uchun ishchilar bilan restaranga ham bormadim

J - bunga ham aybdor menmi?

T - yoq unaqa demadimku....xullas jonginam bo'ldi hammasini unutamiz, sendan uzr sôradim, hohlasang yoqimli o'pichlqrimni tekinga beraman


Taehyung tezda Jihyeeni ôziga tortib labiga yengil bôsa qoldirdi.

J - Sen ularni pulga ham sotganmisan?

T - aa nima? Bunaqa bemani narsalar qayerdan keladi hayolingga

J - tekinga beraman degan senku

T - aysh mayli, unutamiz...xullas qani men uchun nima tayyorlading


Jihyee uning quchog'idan chiqib kiymini go'ya changdan tozalagndek qoqdi.

J - yuvinib chiq, keyin ovqatlanamiz


Tae bundan xursand xolda tezda yotoqxonasi ichidagi yuvinish xonasiga yugurdi.

Jihyee lab uchida kulib oshxonaga bordi va ikki qavatli muzlatgichni ochdi. Biroz ko'z yugurtirib kichkina 500grli smetana va ikkita qip qizil pomidorni oldi. O'rtacha idishga smetanini hammasini solib pomidorlarni to'g'rab soldi, tuz qôshib qoshiqda aralashtirdi.

Jihyee* mana senga kechki ovqat, jonginam😈


Taehyung xursand holda oshxonaga kirdi, uning chala kiyilgan kiyimlaridan Jihyee pishirgan ovqatni yeyishga shoshilgani aniq edi. Ammo stol ustida idishda turgan g'alati narsa va olmani yeb o'tirgan Jihyeedan boshqa oshxonada ovqat deb ataydigan hech nima yôq edi...

T - haligi....

J - bu maxsus dinner, yoqimli ishtaxa..baby🤗

T - muzlatgichimizdan boshqa hech nima chiqmadimi?🙁

J - yôq

Tae jimgina stulga o'tirib mazasi ajoyib lekin ovqat o'rnini bosmaydigan "maxsus dinner" ni yeya boshladi

T - qoyil juda mazali

J - bilaman ( mamnun jilmayib qo'ydi

T - xuddi uni tayyorlagan odamdek


Jihyee uning gapidan biroz g'alati bo'lib kulib qo'ydi

T - , mening oyim doim musobaqalarni yaxshi ko'rgan, shuning uchun u menga ertalab qo'ng'iroq qildi va nima dedi bilasanmi

J - men qayerdan bilaman

T - u biz Jeon Jungkook va Liliadan ortta qolmasligimizni aytdi, unga nabira kerak ekan


Jihyee yeyotgan olmasini yutolmay qoldi, turgan joyida qotib turaverdi. U hali hanuz Taehyung nima deyayotganini hazm qila olmasdi.

1 soniya o'tib esa bellarida qo'llarni va bo'ynida issiq nafasni sezdi

T - u Jeon Xonimdan ortta qolgisi yôq, Kim Jihyee

J - nima ortta qolish? Jk bn Liliani to'yiga 2 yil bôlyabdi axir, bizniki esa 1 hafta oldin...bunda qanday musobaqada bor...

T - men bilmayman, oyimni aytganini qilishim kerak....


Taehyung ortidan quchib turgan qizni ôziga qaratib bir necha soniya ko'zlariga so'ngra lablariga tikildi.

T - Seni sevaman, so'ngi nafasgacha


Jihyee* hayotimiz kamchiliklarsiz bo'm bo'sh akvariumdek gap, agar unda suv va baliqlar bo'lmasa, to'rtburchak shisha idishni hech kimga qizig'i yo'q

Men barcha muommolarga qaramay, meni ardoqlaydigan va sevadigan insonim bilan birgaman. Oilam katta, akam bilan xotiralarimiz, Taehyung va mening bo'lajak farzandlarimiz bizdan faxrla oladigan yutuqlarimiz... menda hamma narsa bor. Eng muhimi mening qirolim, baxtimning sababchisi Taehyung.


Baxt balki hammaga berilar balki hech kimga bundan xabarim yo'q biroq har onimizni qadriga yetib, sevimli insonlarimiz bilan vaqtimizni o'tkazsak va ajoyib xotiralar yaratsak, 10 yil o'tib ularni yodga olganimizda o'sha kuni baxtli bo'lganimizda tushunib qolamiz. Baxt asosan xotiralarda yasharkan. Sizga bu hayotda unday yoki bunday qiling deyish niyatim yôq shunchaki boringizcha, boricha yashang. Unutmang siz doim suyukli va ajoyibsiz.....


TAMOM


Report Page