DREAD

DREAD


Jihyee

15 - qism


Jungkook - ahvoling yaxshimi?


Lilianing qizargan ko'zlaridan besabab yosh oqa boshladi, u yerga qo'llari bilan yiqilib huddi maxluqdek hirillab nafas olardi


L* yôq yana boshlandi....nega?.. nega aynan shu paytda...

men siqilyotgan yuragim va nafas olishim bilan sumkamni izlay boshladim, ammo u yôq ekan..deyarli hushim yôqotish darajasiga keldim, go'ya butun yerdagi kislarod menga kelganda yetmay qolgandek bo'g'zim siqilardi, ayni paytda sezgan yagona narsam Jungkookning ismimni aytib baqrishi va meni opichib olgani edi. U tinmay men silkir ekan, asta uning yoqasini qisdim va hirillab - Sumkam deya oldim.


Shunda Jungkook menga 1 soniya havotirdan yanada kattalashib ketgan ko'zlari bilan qaradi va - hozir deb meni o'sha daraxt tagidagi yog'och skamekaga asta qo'ydi. Osmonga qarab ko'zlarimni zo'rg'a yummaslikka harakat qilardim, nafasim tobora siqilib, zo'rga olgan havoyim ham kokrak qafasimga achishish aralash og'riq berardi .....aslini olganda bu kabi og'riqlarga ôrganib ketgandim...3 yildan beri


Jungkook jismida bor kuchi bilan o'sha kichik cafecha tomon yugurar ekan, ko'zlari sovuq shamoldan shekli yoshlanib ketdi. U to'xtamay yugurdi, cafe eshigini ochib unga suyanib qoldi


Jk - sumkaaa, bu yerda sumka qolib ketdibdi


U eshikka zo'rg'a suyanib nafas olardi. Jk - eshityabsizmi....eyyyy


Ularga ôz qo'li bilan qahva tayyorlab bergan qiz kichkina oq sumkachani shoshilgancha olib keldi. 

- janob, shumi


Jungkook uning qo'lidan sumkani yulqib olib, yana qayta yugura boshladi. Bir soniya kechiksa butun hayot tugaydigandek hech narsani o'ylamay yugurdi..... U daraxtga yetmasdan sumkani ichidan ôzi ham bilmagan dorini titkiladi. Qo'liga esa qanaqadir rangli kichkina tabletkalar tushganini sezgach sumkani otib Lilianing boshi tarafga o'tirdi va qizning og'ziga soldi.


Jk - Lilia...dorini yut...qani 


Lilia ôzini majburlab silliq mitti tabletkani tomog'idan o'tkazdi va charchoqdan ko'zlarini yumdi.

 Dori ta'sir qilish vaqti 15 soniya bo'lganligi sabab Lilia asta sekin narmal tarzda nafas olishni boshladi.


Jungkook uning yonida qo'llarini ushlab o'tirar ekan, unga havotir ko'zlari bilan qarar edi

Jk - bu nima edi? Sovuq yedingmi?

L - Jungkook...men kasalman...xasta

Jk - bu nima degani? 

L - men...o'pkamda xastalik bor... hozirgi menda bo'lgan holat tez tez sodir bòladi. Bu boshqa azolarga ham ta'sir qiladi🥺 


Hech bir insonga sevgan insoniga u zaif ekanligini bildirish yoqmaydi, Lilia ham ayni damda ôzini Jungkookga mos emas deb o'ylardi... qizning ertasi yo bor yoki yo'q... Jungkook esa yorqin va baxtli kelajakka loyiq. U ichidagi ming azob bilan Jungkookga 3 yil oldin aniqlangan bu sekin o'ldirubchi o'lim haqida aytib berdi. Jungkook esa javoban uni jim tingladi ammo bir zum ham undan ko'zlarini olib qochmadi, qo'llarini qo'yib yubormadi.


L - men shu sabab Americada yashashni boshladim, u yerda maxsus muolajalar olaman

Jk - ho'sh foydasi bormi? 

L - shunaqa sheklli, lekin ularga chidash qiyin...juda og'riqli

Jk - sen Koreada bo'lganing sabab bu huruj qayta bo'ldi, shunaqami?

L - nega? Yôq unaqa emas, shunchaki oxirgi muolajalarni olmay qo'ygandim


Jungkook endi havotirli yuzini jiddiy qiyofaga o'zgartirdi. Indamay o'rnidan turib chuqur nafas oldi va Lilaning qo'llaridan tutdi.

Jk - ketdik

L - qayoqqa

Jk - shifoxonaga


~ Taehyung mashinasini o't oldirib Jihyee bilan qayerga borishni rejalashtirishdi

J - Taehyung men internetda o'qidim shaharda bahorgi bog' ochilgan, bilarmiding?

T - eshitdim lekin u yer juda zerikarli ekan, faqat sevishganlar....

J - yôq men shu yerga borishni istayman, iltimos ketdik

T - uffff


Taehyung ôzi istamasada mashina mapini yoqdi va " bahorgi bog' " manzili uchun izlash tugmasini bosdi


Ular mashinada jim ketardi chunki Jihyee doimgidek oyna tashqarisidagi manzarani ko'z uzmasdan tomosha qilib ketardi. Taehyung ham buni sezib hech nima demas, u ham ôz hayollari bn edi


Taehyung* mashinani avto turargohga qo'yib, Jihyee bilan birga bog'ga bordik. Barcha kerakli mablag'ni to'lab bo'lib, bizga ko'rsatilgan maxsus eshikdan ichkariga kirdik

Eshikni ochganimizda meni bog'ning manzarasidan kôra Jihyeening qichqirig'i qo'rqitib yubordi. U qo'llarini ko'tarib bog'ning ichiga yugurib ketdi. Men esa eshik tagida ko'zlarim ola bula bb uning bu ishidan hayratda edim. Ammo yugurayotgan tentakni bir maxsus kiyim kiygan qiz to'xtatib qolib, unga bir nimalar dedi. Men ham ular tomon borganimda qiz unga bog' qoidalarini chuntirayotganini chundim.


Jihyee* men ishchiga boshimni egib ho'p javobini bersamda ko'zim tezroq bu joyni aylanib, ôrganib chiqishda edi. Nihoyat u meni qôyib yubordi va men yonimga kelgan Taening qo'llaridan tutib yugura boshladim


T- ayy qo'lim..... yugurmaa.... to'xta bas qilll

J - Tae qara qara gullarni...qishdayaaa


Bog' maxsus issiqxona kabi edi ammo ancha kattaroq va ko'ngil ochish uchun hamma narsa bor - vilasopedlar, skamekalar, turli arg'imchoq va bolalar o'yinlari....


Jihyee ko'zlari quvnab gullarni tomosha qilar ekan, chetroqda "siz ham gul eking" degan ramkali faqat tuproq va bir nechta gullardan iborat maydoncha bor ekan. 


J - Taehyung, biz ham gul ekamizmi?

T - nima?

J - qara...biz ham ekishimiz mumkin


Jihyee yana uni tortqilib o'sha tomonga olib bordi. U yerda tik turgan maxsus kiyimli ayolga tazim qildi

J - bu yerga qo'l bola ekish mumkin, shunaqami xonim

X - ha albatta, ôzingizga joy ajratib, gullar urug'idan birini tanlang


Jihyee va Taehyung gullar urug'i tomon borishdi va tanlashni boshlashdi.

T - balki atirgul ekarmiz yoki lolami

J - bilmadim, ular shundog'am ekilgan, qandaydir noodatiy gul kerak.... kechirasiz xonim, bilmyasizmi qays gul kòproq umr kechiradi?

Jihyee haligi ayoldan so'radi

X - menimcha...kaktuslar agar parvarish qilsa yillab ham turishlari mumkin

J - Taehyung unda kaktus ekamiz.....bizga urug' bering

T - biron chiroyli gul tanlasak bo'lmaydimi

J - u gullar bir necha vaqtdan so'ng so'lib qoladi...ammo kaktus biz uni keyingi yil ham ko'rishimiz mm bòladi


Jihyee qo'llariga qo'lqopni kiyar ekan, Taehyungning etiborsiz yuzi uni jaxlini chiqardi, ikkinchi qo'lqoplar juftini olib Taehyungning 20 cmli uzun qo'llariga ôzi kiydirib qo'ydi

T - raxmat...

J - Taehyung sen qaziysan....men esa ismimizni qog'ozlarga yozaman...


Taehyung yumshoq tuproqni qazib chuqurcha hosil qildi va berilgan urug'chani ekdi. Qattiq qog'ozlarga yozilgan Taehyung va Jihyee ismlarini unga to'siq sifatida qadab qo'ydi


J - ana bu bizdan esdalik bòladi

T - haa menimcha ham, 2 haftadan so'ng yana kelamiz

J - ha shunaqa


Jihyee yonidagi yigitga jilmayib tikilib qoldi - qalin qoshlari va qirra burni ôziga yarashgan, kulishlari esa juda chiroyli....qiziq nega endi payqadi ekana bularni, vaholanki bu ko'rinib turgan narsa......


Taehyung va Jihyee bog'ning boshqa qismlarini ham kuzatib chiqishdi - suniy tabiat bo'lsada sizni ôziga bog'lab oladi va bôgan tashqaridagi shovqinli va zaharlarga to'la hayotni bir zum bôlsada unutishga yordam beradi. 


T - eyy qizaloq qaytamiz bo'ldi.

J - yôq to'xta halii ko'p narsalar borku

T - shundog'am 3 soatdan beri shu yerda ekanmiz, Jeon xonim meni tiriklayin qovuradilar


Taehyung Jihyeening svitiring yoqasidan tortib uni zo'rg'a bog'dan olib chiqdi va uyga yo'l olishdi


Jihyee * biz yo'lda ichimlik olib uyga qaytdik, mashinadan tushib Taehyung bilan bo'lgan bugungi mazza damlarni uydagilarga maqtanishni istab Taeni ham kutmay uyga yugurdim....biroq Jeon xonimning jiddiy qiyofasi va Jungkookning uning qarshisida qat'iy turishi meni dovdiratib qo'ydi. Men eshik yonida bo'lsa ham ular meni sezishmadi va ôzaro suhbatlarini davom ettirishardi


J/x - bunga ishonching komilmi, nega to'satdan bu qarorni qabul qilding

J - shunchaki, o'ylab kórdim hayotimni ertaroq boshlashni istayman, maktabni u yerda tamomlayman, universityni esa bahorgi semesterdan

J/x - Jungkook sen uchun xursandman, ôzinga ishonishni boshlaganing bu mustaqil hayotda eng katta qo'ygan qadaming

Jk - iloji bo'lsa shu haftadayoq jo'nab ketmoqchiman


Jihyee Jungkookni qayerga ketayotganini chunmadi 

J - Jungkook qayerga ketyabdi...


15 - qism tugadi

Written by - Jihyee

@alien_life

Report Page