DREAD

DREAD

Jihyee
Dread - by Jihyee


12 - qism

The value of being family....

Jihyee* yerdagi rasmlarni terar ekanman, ularni ko'rib qotib qoldim. Bu rasmlarning hammasida men edim. Hatto chaqaloqlik davrim ham, to'g'ri bu davrni eslolmayman ammo oyim va dadamni yaxshi eslayman. Ular rasmda mitti chaqaloqni ushlab jilmayib turishardi. Qolganlari esa mening keyingi rasmlarim...bog'chalik davridagi...va hokozo ammo ular Jeon xonimda nima qilyabdi. Hujjatlarda ham asosan mening ismim ekan..... 

Negadir menda vaqt kamdek tuyuldi va hamma narsalarni yig'ishtirib stul ustiga chiqib joyiga soldim va xonadan chiqdim


Soat allaqachon 9 dan oshgan, Jeon xonim ham Jungkook ham kelmadi. Jihyee esa pastgi qavatdagi faqat 1 metrgina qismi bezatilgan archaga bir qarab qo'ydida o'zining xonasiga kirib ketdi. 

Xonasida divanga shunchaki oyoqlarini ko'tarib telefon titkiladi. Shunda hayoliga yana ôzi bilan shaxmat o'ynash fikri keldi. U tezda divandan sakrab turdida you tube platformasidan online raqib o'ynagan videodini topdi va u bilan o'ynay boshladi.... 


~ Jungkook Liliani uyiga kuzatib qo'ygach, yarim tunda uyiga qaytdi. Ôzini yotoqqa tashlab, muzdek qum ustida, dengiz qarshisida bir qiz bilan nima qilganini o'ylay boshladi. Bo'sa - bu narsa Jungkookda ham Liliada ham birinchisi edi, ilk sevgiga to'la bo'sa.....

Jk * men unga qaraganimda avval his qilmaganlarimni sezardim. Qizg'onish, qo'llaridan tutish, uning bo'salari, uning chiroyi egasi men bo'lishni istash kabi hislar.....hammasi juda chunarsiz. 


Jungkook shiftga biroz qarab, asta ko'zlarini yumdi va tezda uyquga ketdi


~ Jungkook erta tongdan biroz bosh og'rigi bilan uyg'ondi, yengil tongi dush qabul qilib, oshxonaga tushdi. Lekin u yashayotgan uy, hozirgisidan farq qilardi. Uzun yo'laklar va zinalar yangi yil uchun bezatilgan, turli tuman chiroqlar, qorbobo suratlari bilan to'la.

Janob Jeonning vafotidan so'ng deyarli yangi yil uchun uy bezalmasdi, Jungkook esa hozirgisi shunchasi Jihyee uchun ekanligini chunib turardi. U atrofga huddi muzeyga kelgandek qarab, oshxonadan kelayotgan shirin xidni sezdi. U yerni eshigini ochib qarasa Jeon xonim ajoyib fartuk taqqancha pechda hali endi qizarishni boshlagan pechenyelarga qarab turardi


Jk - oyi?🙁 Bu sizmi


Jeon xonim ortiga qarab, Jungkookga kulib qo'ydi

J/x - oyingni tanimay qoldingmi?

Jk - albatta ha, oxirgi martta pechenya pishirganingiz esimda ham yo'q

J/x - sen va Jihyeega surpriz qilmoqchi edimda. Yaxshisi borib singlingni uyg'ot. Nonushta qilamiz😊


Jungkook oyisining bunchalik mehribonligidan biroz hayratda qolib, o'rdakchasining yoniga chiqib ketdi. Avvaliga eshikni biroz ochib atrofga qaradi, keyin asta xonaga kirdi


Jihyee qo'lidagi telefonini hali ham qattiq siqqancha ko'rpa tagida uxlab yotardi. Jungkook esa uni jig'iga tegish uchun stol ustidagi bir stakan suvni oldi va Jihyeening ochiq bo'yniga tomiza boshladi. Bu qizga ta'sir qilmgach, suvni shunchaki bo'yniga oqizib yubordi. Jihyee ôzidan bo'yinidan pastga oqayotgan nimadirni sezib cho'chib uyg'onib ketdi. 

U yotog'idan sakrab turib, futbolkasids ilon izi bb qolgan suvga qaradi va yostiqni olib Jihyeening ustidan yerda yotib kulayotgan Jungkookga otdi

J - yo'qol, bu nima qilganing

Jk - 1-1 bear brickimni sindirganing hali ham yodimda

J - yer yutsin o'shaniiiiii......


Jihyee Jungkook bilan bo'lgan uzoq gap talashishdan so'ng, u ham ôziga biroz qarab, kiyinib chiqdi. Xonasidan chiqqan zahoti 1 kechada bezatilishga ulgurgan uyini hayron qolgancha tomosha qildi. 

Nonushta qilguncha esa Jeon xonim pishirgan pecheniyalar bilan rosa rasmga tushdi. Ularning hushbo'y hidi har qanday shirinliklarni sevmaydigan odamni ham rom qilardi. Ustidagi shokolad va mayiz bo'lakchlari esa ishtahani ochardi


J - mmm bularni siz pishirdingiz shunaqami?. Shunchaki ularni tariflashga til ojiz. Menga ham o'rgatasiz albatta. Ôzingiz qayerdan o'rgangasiz. Internetdan bunaqa zôr ôrganib bo'lmasa kk aaa

 yangi yil uchun eng yaxshi sovg'a bo'ldi. 


Pechenyelarni katta katta yeyotgan Jihyee og'zi yopilmasdan ularni yerdi. Jungkook va Jeon xonim uni kulgancha eshitishardi.


J/x - Jungkook, shirinlikdan olib Taehyungning uyiga ham boring.Bilasan u uyda yolg'iz. Yangi yilni biz bilan o'tkazishni taklif qil


Jungkook ho'p degandek boshini irg'idi

Jihyee - Taehyung, u nega uyida yolg'iz

Jk - uning ota onasi Amerikada yashaydi. Koreaga juda kam kelishadi

J - nega

Jk - bilmayman. Bilgan narsam Tae doim amerikada bo'lishdan nafratlangan. Kim xonim uni doim new Yorkka kelishga undaydi ammo unga bobosi qoldirgan uy muhimroq

J - haligi, eski haykalli, qizil pardali uyimi

Jk - ha, sen borganmiding u yerga

J - ha bir marttagina,u yer biroz qo'rqinchli edi

Jk - men ham yoshligimda shunaqa o'ylardim ammo hozir ôrganib ketdim. Uyning biroz vahimali ekanligi esa fact


~ Jeon xonim shirinliklarni olib ôzi o'ram yasab berdi. Xonimning bu e'tibori va qilayotgan hatti harakatlari odatda qishloq bolalari oyisidan oladigan mehrga o'xshardi - soddalik, e'tibor va beg'uborlik kabi....


~ Jihyee bir qo'lida pechenye qadog'ini, ikkinchisida esa Taehyung uchun sovg'asini ko'targancha ôziga tanish bo'lgan uyga mag'rurlik bilan kirib bordi. Jungkook va Jihyeeni uyning qariroq ayol xizmatchisi mehmonxonaga boshlab bordi. Ularga tezda dasturxon tuzatildi


Jk - kechirasiz xonim, bular ortiqcha Taehyungni chaqirib bersangiz yetadi

X - Janob Kimni uyg'otgandim, hozir tushib qolsa kerak

Jk - aha raxmat


Jihyee qorni to'q bo'lsada stol ustida shakl bilan kesilgan mevalardan yeya boshladi. Ammo uning ko'zi uyning shiftida edi. U bir bo'lakdan meva yeb, bu xonani kuzatar, har bir detalgacha analiz qilar edi.....


Jk - Tae, nima balo ertagacha uxlamoqchimiding


Jihyee akasining ovozidan Taehyung kelganini sezdi va unga qaradi. Shishgan qovoqlari, qizargan yuzlaridan uning hozirgina uyg'onganini anglatardi.


T - kecha juda ko'p xursandchilik qildikda

Jk - pfff kórdim qanaqaligini

T - boreee


J - kxmmm men ham shu yerda edim

T - 😅 Jyee uzr aaa

J - kechirdim. Mana ol Jeon xonim berib yubordi. Bunisi esa yangi yilga sovg'a

T - oxxo Jeon xonimdan nima ekan.... Axxxz buni shirin bb turishini

J - chunki u shirinlik

T - qaraya shuni anglamabman

Jk - uni tezroq yeb ol agar Jihyeedan qolmaydi

J - men ham shunday deb o'ylayman

T - ooo biroz qo'rqib qoldim. Kan xonimmmm bu shirinliklarni ishonchli joyga yashirib qo'ying. So'rasam berasiz


Taehyung bitta pechenyeni og'ziga solib, qolgan o'ramni xizmatkorga berdi. U og'zidagi shirinlikni yeb bolalarga ketdik deb ishora qildi


T - uyimga kelgan ekansiz, nima qilishni istaymiz

Jk - men uxlayman


Jungkook Taehyungning yotog'iga ôzini tashlab ko'zlarini yumdi

Tae peshonasiga urib, kulib qo'ydi

T - Jihyee senchi

J - bilmadim, mm yoshlikdagi albomlaring bormi

T - albatta

J -unda o'shalarni ko'ramiz


Taehyung boshini silkib, qaysidir boshqa xonaga chiqib ketdi. 5 daqiqadan so'ng qo'lida biroz chang katta albom bn qaytdi

J - wowwww. Qani berchi


Jihyee shoshilib rasmlarni kôra boshladi. Albom Taehyungning chaqaloqlikdagi rasmi bilan boshlagan ekan


J - bu kim ? Senmi

T - haa😅 

Taehyung


J - juda chiroyli chaqoloq bo'lgan ekansan. Vuyy ko'zingni, uyqusirab tushgansan🤣. 

T - eyy kulma. Chaqaloq rasm tushishni bilmaydiku

J - hop hop uzr......yaa bu kim Jungkookmi 



T - ha ikkimiz. Qandaydir dalaga borganmiz. Taxminan 5 yosh edik shekli

J - haa Jungkook sendan yoqimtoyroq bo'lgan ekan 

T - muhimi hozir men kelishganroqman.

J - pff hechamda


Jihyee yarim soatcha Taehyungni boshini qotirdi. Unga har bir rasm tarixi qiziq edi shu sabab - bu qayer? - bu kim? Deb qayta qayta so'rardi


Jihyee albomni o'rtasiga kelganda, Taehyung Jungkook va ularni ko'tarib olgan ikki erkak suratini ko'rib qoldi. Ammo Taehyungni opichlab olgan odam - tanish... Bu Jihyeeni tug'ilishiga sababchi inson, yoshligida uni yaxshi korib erkalatuvchu ammo hozir mavjud bo'lmagan inson - otasi edi

Jihyee shu ondayoq terlab ketdi. Tili zo'rg'a aylanib rasmga barmoqlari bn ishora qilib Taehyungga savol berdi

J - bb..bular...kim?

T - bu mening va Jungkookning dadasi......


12 - qism tugadi

By - Jihyee

@alien_life

Report Page