Do'st

Do'st

Bekzod Eshonov

Hali sizni do`st bildimmi?

Xom sut emgan bandaya.

Sodda qalbim chuv tushishni

Hech qilmaydi kandaya.

Sinalmaganga sir berib,

Attang qilmay ne qilay?

Bedil kimsaga dil berib,

Qanday minnatdor bo`lay?

Hali sizni do`st bildimmi,

Odam qurib ketganday?

Esiz, ishonch-oqibat ham

Yuzin burib ketganday.

Tili bir-u, dili boshqa,

Amalingiz bo`lakcha.

Adashibmiz do`st tutinib,

Yo`lim boshqa yo`lakcha.

Do`st deb yonib-yonib yurardim,

Do`st, qani-qani vafoying? (x2)

Sizdek do`stim turganida

Dushman, ayting, ne darkor?

Niqobingizni yeching, bas,

Asl yuzingiz oshkor.

Do`stingdan top, deganlarin

Bugun anglab yetyapman.

Siz kavlagan chohdan, yo Rab,

Bir-bir hatlab o`tyapman.

Do`st deb yonib-yonib yurardim,

Do`st, qani-qani vafoying? (x2)

Men havoyi so`zingizdan

Mast bo`lganga o`xshayman.

Sizni osmon bilib, o`zim

Past bo`lganga o`xshayman.

Ortimdan tig` urgan do`stim,

Qalbda borin ko`chirdim.

Faqatgina haq yo`lida

Bugun sizni kechirdim.


Report Page