Donald Trump

Donald Trump

@IDEAL_PEOPLE

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Tramp) (ingl. Donald John Trump14-iyun1946-yilNyu YorkAQSH) — amerikalik sobiq tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi, jamoat arbobi. 2017-yil 20-yanvardan AQSHning 45-prezidenti. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resortskompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (ingl. The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi..2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi, biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi. 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi.


Donald Trump


Donald Trump, 2017-yilda

Asl ismi:

ingl. Donald Trump

Tavalludi sanasi:

14-iyun 1946 (72 yosh)

Tavallud joyi:

AQSH bayrogʻi

 AQSH , Nyu York

Fuqaroligi:

AQSH bayrogʻi

 AQSH

Turmush oʻrtogʻi:

Melania Trump

Ota-onasi:

Fred TrumpMary McLoud

Bilimi:

Pensilvaniya Universiteti

Partiyasi:

AQSH Respublikachilar partiyasi

Mukofotlari:

Ellis orolining faxriy medali

The Presidential Order of Excellence Qirol Abdulaziz ordeni

Bolalari:

Donald Trump-kichik(1977)

Ivanka Trump (1981)

Erick Trump (1984)

Tiffany Trump (1993)

Barron Trump (2006)

Imzosi:


Bolalik va yoshlik yillari:


Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi. Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi. Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:


« Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim…


Report Page