Donald Trump

Donald Trump

@IDEAL_PEOPLE

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Tramp) (ingl. Donald John Trump14-iyun1946-yilNyu YorkAQSH) — amerikalik sobiq tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi, jamoat arbobi. 2017-yil 20-yanvardan AQSHning 45-prezidenti. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resortskompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (ingl. The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi, biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi. 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi.

Donald Trump 2017-yilda

Asl ismi:

ingl. Donald Trump

Tavalludi sanasi:

14-iyun 1946 (72 yosh)

Tavallud joyi:

AQSH , Nyu York

Fuqaroligi:

AQSH

Turmush oʻrtogʻi:

Melania Trump

Ota-onasi:

Fred TrumpMary McLoud

Bilimi:

Pensilvaniya Universiteti

Partiyasi:

AQSH Respublikachilar partiyasi

Mukofotlari:

Ellis orolining faxriy medali The Presidential Order of Excellence.png Qirol Abdulaziz ordeni

Bolalari:

Donald Trump-kichik (1977)

Ivanka Trump (1981)

Erick Trump (1984)

Tiffany Trump (1993)

Barron Trump (2006)

Imzosi:

Bolalik va yoshlik yillari


Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan[6]. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan[7]. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi[8]. Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi,[9]. Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:

« Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim…

Faoliyati:


1968-1989 yillar:

Avvaliga u Brooklyn va Queensdagi oʻrta sinf uchun moʻljallangan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq ishlarni qildi. Eng birinchi loyihalaridan biri 1200 kvartirali uy majmuasini sotib olib, toʻliq qayta taʼmirlab, ijaraga topshirish edi. Trump Organization bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunladi va 6 million $ sof foyda oldi. 1971-yilda Donald Trump Manhattanga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u shaharning iqtisodiy salohiyati yuqorligi, qurilish ishlarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaxshi tushunardi. Donald shahardagi bankrotlik tufayli faoliyat yuritmayotgan „Kommodor“ mehmoxonasining binosini taʼmirlash huquqini va buning natijasida Nyu York maʼmuriyati tomonidan 40 yillik soliq imtiyozini olganidan soʻng, eski mehmonxona oʻrnida Grand Hyatt mehmonxonasini barpo etadi. Donald „Jacob Javitz konfrens-markazi“ning qayta taʼmirlash huquqini Nyu York maʼmuriyatidan soʻragan va oʻz qurilish loyihasini taklif etgan, biroq bu loyiha maʼqullanmagan. Shunga oʻxshash holat Nyu Yorkning markaziy xiyobonidagi muz oʻyingohini qayta taʼmirlash jarayonida ham boʻlgan: Shahar maʼmuriyati taʼmirlash ishlarini 2.5 yilda tugatishni rejalagan, ammo u 6 yil deganda ham yakunlanmagan. Donald maʼmuriyatga ushbu oʻyingoh ishini oʻziga bepul topshirilishini, evaziga u oʻz hisobidan taʼmirlashni yakunlab berishni soʻragan. Maʼmuriyat esa, har doim rad javobini beravergan. Bu haqida ommaviy axborot vositalari tanqidiy maqola chiqargach, Donald taʼmirlash huquqini qoʻlga kiritgan. Donald taʼmirlash ishlarini 6 oy ichida yakunlagan va ajratilgan 3 million dollar mablagʻdan 750 ming dollarini tejab qolgan.

1989-1997 yillardagi iqtisodiy muammolari:

1989-yilda Donald davlatdan olgan zayomlarini iqtisodiy inqiroz tufayli qoplay olmagan. U yangi loyihalaridan biri boʻlgan „Trump Taj Mahal“ majmuasining qurilishi uchun 1 milliard dollar zayomni obligatsiyalar koʻrinishida olgan edi. 1991-yilga kelib, Donaldning ortib borayotgan qarzlari hatto uning shaxsan bankrot boʻlishiga xavf soldi. Banklar, zarariga boʻlsa-da, Trumpning qarzlardan ozod qilinishini va sudning muqarrar jarimalaridan qutqarilishini taʼminlab berdilar. „Trump Taj Mahal“ 1991-yili qarzlardan ozod etildi, evaziga qarzni toʻlab bergan banklar majmua aksiyalarining 50 foiziga egalik qildilar. 1994-yilga kelib, 900 million $dan ortiq qarzlarini bartaraf etgan va bizesini saqlab qolgan. 1995-yilda Gaming Hall of Fame aʼzosi boʻldi. 1995-yilda hamma koʻngilochar komplekslarini birlashtirib, Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini tashkil qildi. 1996-yildayoq, kompaniya har bir aksiyasining Wall-streetdagi narxi $35 dan yuqori edi, biroq 1998-yilda aksiya narxi $10 dan ham tushib ketdi. 2004-yilda Trump Hotels & Casino Resorts qarzlar toʻliq qoplanganini eʼlon qildi. Shu yil noyabr oyida Trump kompaniya bosh direktori lavozimidan chetlandi, lekin boshqaruv raisi boʻlib qoldi.

1997-2007 yillar

Tahrirlash

Donald Trump bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:

„Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trumpning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.

„Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi — mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.

„Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ — biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.

„Trump minorasi (Tampa)“ — soʻrovlar koʻp boʻlganligi uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.

Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.

„Trump minorasi (Atlanta)“ — Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi.

Jahon iqtisodiy inqirozi (2008-2012)

2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Trump Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi. Trump sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz — bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan. Deutsche Bank vakillari esa, „Trump muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi.



Report Page