Doctor

Doctor

Supper Mom

AGATA KRISTI - "RAQQOSANING MARJONI" hikoyalar to'plami
QIROL LA'LINING O'G'IRLANISHI hikoyasi.
Ushbu hikoya Agata Kristi muallifligidagi eng sevimli hikoyalarimdan biri sanaladi. Hikoya voqealari qisqacha shundan iborat: Sharq mamlakatlaridan birining shahzodasi Londonga tashrif buyuradi. U o'zi bilan mashhur qimmatbaho toshni olib keladi. Maqsadi toshni qayta gardishga soldirib, o'zi uylanmoqchi bo'lgan xonimga sovg'a qilish bo'ladi. Afsuski, Londondan ketishidan oldin u juda chiroyli yoshgina xonim bilan tanishib qoladi. O'sha xonim unga unchalik qiziqmagan bo'lsa-da, uning ajoyib toshiga maftun bo'lib qoladi. Shunchalik maftun bo'ladiki, ajoyib kunlarning birida ko'p asrlar davomida shahzodaning oilasida avloddan-avlodga o'tib kelgan o'sha tarixiy qimmatbaho toshni olib, g'oyib bo'ladi. Shunday qilib bechora yigit o'ta qiyin vaziyatda qoladi. Uning uchun, eng asosiysi, janjal chiqishiga yo'l qo'ymaslik edi, shuning uchun politsiyaga murojaat qilolmasdi. La'lni topib berishni Puarodan iltimos qiladi. Puaro la'lni topish maqasadida jinoyatchilar borgan Angliya qishloqlaridan biriga boradi va Rojdestvo bayramini o'sha yerda bir oila bilan kutib oladi. Rojdestvoda Puaro shunday maktub oladi: "ROJDESTVO PUDINGIDAN BIR BO'LAK HAM YEMANG.
SIZGA YAXSHILIK TILOVCHI". Qiziq, Erkyul Puaroni kim o'ldirmoqchi bo'ladi?
Yana shunisi qiziqarliki, ushbu asarda qotillik ro'y bermaydi. Balkim, qotillik sahnasi ijro etiladi. Puaro bu qotillik emasligini o'ta zukkolik bilan topadi.😊
Bundan tashqari siz hikoya orqali ingliz xalqining ajoyib Rojdestvo odatlari haqida ham bilib olishingiz mumkin. Masalan, Rojdestvo puddingini tayyorlash usullari, bolalarning sovg'a uchun o'z paypoqlarini osib qo'yishlari, paqildoqlar, nayzabargning shohlarini kartinalar orasiga yopishtirish, omela novdalarini xollga osish(odatlarga ko'ra omela novdalari ostiga kim tursa o'sha insonni o'pib qo'yish kerak bo'lgan😊) va boshqalarni bilib olish mumkin.
Har doimgidek, Erkyul Puaro asar so'ngida la'l o'g'rilarini kimligini ajoyib tarzda ochadi. Izohlarga hojat ham qolmaydi. Nima deyishim mumkin? Tavsuyu😊

@shaxsiykitoblarim

Report Page