DNK

DNK

⫷☬༺TURON YO‘LBARSI༻☬⫸

2-dars

1.DNK uzunligini aniqlash.

2.DNK molekulasi tarkibidagi H bog‘lar sonini aniqlash

1 Uzunlik

Uzunlik deganda malum bir predmetning boshidan oxirigacha bo‘lgan masofani o‘lchov biriliklari bilan ifoda etish tushuniladi. Shunday ekan DNK molekulasini bir predmet deb olsak, uning uzunligini aniqlash DNK molekulasining boshidan oxirigacha bo‘lgan qismini o‘lchash orqali topiladi.

DNK molekulasi juda kichik uni chizg‘ich yoki cm tasmada o‘lchab bo‘lmaydi!

Unda qanday o‘lchash mumkin?

DNK molekulasini o‘lchashda undagi nukleotidlar orasidagi masofani nukleotidlar soniga ko‘paytiriladi.

Bunda nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm yoki 3.4 Å ni tashkil etadi.

Abituriyent orasida ayniqsa yangi boshlagan abituriyent orasida shunday noto‘g‘ri tushuncha mavjud bunga ko‘ra DNK molekulasidagi barcha nukleotidlarni ular orasidagi masofaga ko‘paytirish kerak!!! Yo‘q bu notog‘ri tushuncha, go‘yoki narvonni balandligini o‘lchash uchun ikkala oyog‘ini o‘lchashga o‘xshaydi

Aslida narvon bir oyog‘idan o‘lchanadi DNK molekulasi ham bir zanjiridan o‘lchanadi

Yani umumiy nukleotidlar sonini ikkiga bo‘lish lozim!

1-MASALA

DNK molekulasida 500 ta nukleotid bo‘lsa uning uzunligini nm da aniqlang.

Yechimi: Demak DNK molekulasida 500 ta nukleotid mavjud. Bu degani ikkita zanjirda 500 ta nukleotid bor. DNK molekulasi uzunligi 1ta zanjiri orqali topiladi:

500:2=250

Demak 1ta zanjirda 250 ta nukleotid mavjud. Endi bu nukleotidlarni orasidagi masofaga yani 0.34 ga ko‘paytiramiz!

250×0.34=85

Javob: 85 nm

DNK molekulasini uzunligini aniqlashni o‘rgandik! Endi DNK molekulasining uzunligi malum bo‘lib nukleotidlarning soni so‘ralsachi!

Unda DNK molekulasining uzunligi 0.34nm ga yoki 3.4Å ga bo‘linadi!

2-MASALA

DNK molekulasining uzunligi 510 nm bo‘lsa shu DNK molekulasidagi jami nukleotidlar sonini toping.

Yechimi: Yuqorida aytilganidek berilgan uzunlikni 0.34ga bo‘lib olamiz!

510:0.34=1500

1500 bu yerda 1 zanjirdagi nukleotidlar soni! Umumiy nukleotidlar sonini toposh uchun uni 2 ga ko‘paytiramiz:

1500×2=3000

Javob: 3000ta nukleotid

DNK molekulasi tarkibidagi H bog‘lar sonini aniqlash


DNK molekulasida vodorod bog‘lar sonini aniqlashga doir ma‘lumot berishdan avval komplementarlik mavzusini eslab olamiz!

Yani:

Adinin Timinga

Guanin Sitozinga komplementar edi.

Komplementarlik qanday yuzaga keladi?

Adinin bilan Timin nukleotidlari orasida 2 ta H bog‘ yuzaga keltiruvchi gurux mavjud bo‘lganligi uchun ular o‘zaro mos yani komplementardir

Guanin va Sitozin da esa 3 ta shunday H bog‘ yuzaga keltiruvchi gurux mavjud.

Bundan kelib chiqadiki Adinin va Timin orasida 2ta, Guanin va Sitozin orasida 3tadan H bog‘lar mavjud!
H bog‘ga doir masalalarni yechishda DNK molekulasi tarkibidagi nukleotidlar ichdan A va G lar sonini aniqlab olib ularni mos ravishda 2ga va 3ga ko‘paytirish va ularni o‘zaro qo‘shish kifoya.

Buni yodda tuting!

Har doim o‘zaro komplementar bo‘lgan nukleotidlar soni DNK molekulasida o‘zaro teng!

Yani:

A=T

G=S

MASALA

DNK molekulasida A=1200 G=1000 bo‘lsa H bog‘lar sonini aniqlang


Yechim A×2=H bog‘ A=1200

G×3=H bog‘ G=1000

Bunga ko‘ra 1200×2=2400

1000×3=3000

2400+3000=5400

Javob: 5400 ta H bog‘


Biga qo‘shiling bizda hammasi samimiy

Bizning manzil @biologiya_kanali

Report Page