Dunyoga mashhur dasturchilar!

Dunyoga mashhur dasturchilar!



Jeyms Gosling – Java dasturlash tili asoschisi.

Jeyms Artur Gosling 1956 yilda Alberta shtatining Kalgari yaqinida tugʻilgan. 1977 yilda u Kalgariya universitetida informatika boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Magistrlik ishi uchun Kanadani Karnegi Mellon universitetiga oʻtdi va u yerda 1983 yilda doktorlik dissertatsiyasini tugatdi. Goslingning 26 yillik faoliyatini Sun kompaniyasi bilan bogʻliq.


Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʻlib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.


Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak(maʼnosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvaffaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.


Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan boʻlsa ham, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan soʻng keyingi versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshladi: 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8.


Bundanda qiziqarli postlarni o'qish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting!


Telegram l Facebook

Report Page