Diabet💉💊💉

Diabet💉💊💉

Dr. Sevara

Bugungi suhbatimizni diabet mavzusida o'tkizmoqchiman. Ko'pchilik postlarni o'qish davomida tibbiyot xodimi yoki tibbiyot talabasi (umuman tibbiyotga aloqador) odamlargagina tushunarli tilda bo'ladi. Lekin mening bugungi postim "oddiy xalq" uchun ham tushunarli bo'ladi degan umiddaman.


Demak, DIABET ?🧐


Diabet deganda ko'pchilik qandli diabet to'g'risida o'ylay boshlaydi. Vaholanki, diabetning boshqa turlari ham bor.


DIABET - ko'pincha chanqoq va ko'p siydik ajratish bilan kechuvchi bir qancha kasalliklarning umumiy nomi.

Antik vrach Areteus Kappadokiskiy poliuriya(poli - ko'p va uriya - siydik)ni ta'riflab, organizmga kirgan suyuqlik undan ko'p o'zgarishga uchramagan holda ajraladi degan fikr yuritgan va bu fikr diabetga qaratilgan dastlabki fikrlardan bo'lgan.

KLINIKADA, "diabet" termini ostida chanqoqlik va ko'p siydik ajratish haqida gap ketadi.

Ko'proq kuzatiladigan turi bu Qandli diabet bo'lib, qonda glyukozaning ko'p miqdori bilan namoyon bo'ladi.

Shu joyda savol: glyukoza o'zi normada qancha?

Bu o'zgaruvchan ko'rsatkich bo'lib:

Ertalab och qoringa o'lchanganda 6,1 mmol/l;

Ovqatlanib bo'linganda o'lchansa 7,8 mmol/l.

Qandli diabetdan tashqari diabetning quyidagi turlari ham mavjud:

•qandsiz diabet;

•fosfatli diabet;

•buyrak diabeti;

•buyrak-tuz diabeti;

•bronza diabeti.


Endi uni keltirib chiqaruvchi omillarga to'xtalamiz:

✓genetik moyillik;

✓surunkali kasalliklardan uzoq vaqt davolanish;

✓balansi buzilgan ratsion, ya'ni, kamharakatlilik, semizlik kelib chiqishi va h.k.

✓surunkali, emotsional stresslar.


QANDLI DIABET - surunkali kasallik bo'lib, qonda qand miqdorining doimiy ko'p miqdorda bo'lishi bilan tavsiflanadi. Bugungi maqolam qandli diabetning 3 xil tipi to'g'risida bo'ladi.

Diabetes

QANDLI DIABET I tip.

Qondagi glyukozani hujayralarga so'rilishiga, kiritilishiga javob beruvchi INSULIN gormoni (oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi) kam ishlab chiqarilsa yoki ishlab chiqarilmasa odam bu tip bn kasallanadi. "Insulinga bog'liq" qandli diabet odatda bolalarda va o'smir yoshda kuzatiladi.

PAYDO BO'LADI:

Immunitet me'daostiz bezi betta-hujayralarini "ataka" qilishni boshlaydi(insulin me'daosti bezining betta-hujayralaridan ishlab chiqarila boshlaydi), kamdan-kam hollarda bu kasallik virusli kasalliklar va stressdan kelib chiqadi.

SHU O'RINDA POSTIMNI O'QIYOTGAN YOSH ONALARGA MUROJAAT QILMOQCHIMAN.

?YOSH BOLADA HAM DIABET🤔

AFSUSKI HA. YOSH BOLADA QANDLI DIABET STRESS HOLATDA KELIB CHIQISHI MUMKIN. SHUNING UCHUN FARZANDINGIZGA O'TA QATTIQQO'LLIK QILMANG. U BUNDAN QO'RQISHI NATIJASIDA QANDLI DIABET ORTTIRIB OLISHI MUMKIN.


BELGILARI:

Kasallik belgisi tez paydo bo'lib, uni payqamay qolish mumkin emas. Bemor:

-tez asabiylashadi;

-kuchli chanqoq;

-tez-tez hojatga borish;

-og'zidan atseton hidi anqishi;

-terisi qichishadi;

-bosh og'riydi.

Agarda bemorga tezda yordam berilmasa, u komaga tushishi va hattoki halok bo'lishi mumkin.

DAVOLASH:

-doimiy insulinterapiya.

Afsuski, boshqacha usullari, masalan o'lgan betta-hujayralarini tiklash haligacha fanda isbotlanmagan.



QANDLI DIABET II tip

Bunda me'daosti bezining faoliyati normada, lekin u ishlab chiqargan insulin organizm "talabiga javob bermaydi" yoki unga nisbatan hujayralarning sezuvchanligi past. "Insulinga bog'liq bo'lmagan" qandli diabetning ushbu tipiga asosan, 40 yoshdan kattalar chalinishadi.


PAYDO BO'LADI:

Ushbu tipda ota-onadan bolaga insulinga nisbatan sezuvchanlik pastligi o'tadi. Bundan tashqari bu tipga "yeyishi ko'p, harakati oz" insonlar ham chalinishadi. Glyukozaning qondagi uzluksiz oqimini ta'minlab berish uchun betta-hujayralar qonga ko'proq insulin yetkazib beradi, lekin shunga qaramay qandli diabet rivojlanadi.


BELGILAR:

Kech paydo bo'ladi. Bemor qon analizida tasodifan unda qandli diabet borligini biladi. Mana shuning uchun qondagi ortiqcha glyukoza bu vaqt ichida o'zining "qora ish"ini qilib ulguradi. Bular gipertenziya, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi...


Shuning uchun yoshi katta odamlar agar o'zlarida quyidagi belgilar paydo bo'lsa, tezda vrachga murojaat qilishlari lozim:

-qichishish

-chanqoq

-ish vaqtida tez charchash

-oyoqda tez-tez og'riq, sanchiqlar.


DAVOLASH:

Qonda qandni kamaytiradigan preparatlar qabul qilinadi. Qo'shimcha tavsiyalar:

✓yog'li va shirin mahsulotlarni ratsiondan kamaytirish;

✓ko'proq harakat qilish;

❗Butunlay davolash ushbu tipda mumkin emas. Lekin dori preparatlarini to'g'ri, o'z vaqtida qo'llash va sog'lom turmush tarziga rioya qilish orqali o'zingiz uchun diabet "xalaqit bermas" hayot tarzi yaratishingiz mumkin.


QANDLI DIABET III tip.

Agarda sizda 3tipdagi qandli diabet bo'lsa, demak sizning me'daosti bezingizda jiddiy muammo bor. Kasallik yallig'lanish, o'smalar yoki operatsiya vaqti me'daosti bezini olib tashlash natijasida vujudga kelgan.


⚫⚪UMUMIY⚪⚫

1-tipga chalinish ehtimoli kamroq. Agar siz o'smir yoshdan o'tgan bo'lsangiz, ko'p ehtimollik bn endi 1tipga chalinmaysiz.

Shunday bo'lsada me'daosti bezini asrash lozim.

Buning uchun fast-foodlardan, chekishdan o'zingizni tiying. Ko'proq meva, sabzavotlar iste'mol qiling.

❗❕❗UNUTMANG.

Diabetdan eng yaxshi PROFILAKTIKA bu:

✨Sog'lom turmush tarzi✨

Salomat bo'ling!



KANALGA ULANISH:https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ


Report Page