DESTINY

DESTINY

Sue
Kanal: @Cloud_fanfic

22-qism..


Kechagi kun...

Taehyung ortda qolgan Jungkookni tez yurishiga undab baland ovozda gapirgancha oshxonaga kirdiyu, ko'zlari derazadan tashqaridagi manzaraga: qo'rg'on darvozasi ortida turgan Harlinga tushdi..


~Jonga tegdi. Jin ursin! Mana oxirgisi.. Xuuuh! )- Jk qo'lidagi patnosni stol ustiga qo'ydi va ohlar torta boshladiU tosh qotgandek derazaga termulib qolgan Taehyungni ko'rib qosh chimirdi va yelkasidan turtdi

~Nima? )- Tae

~Meni eshitdingmi o'zi? )- Jk

~Ha, bu bilan ish tugadi deganimas! Hali idishlar yuvilishi kerak! )- Tae

~Ha, unda yuvishsin! )- deya befarqlik bilan javob qaytardi Jungkook


~Galvars, idishlarni sen yuvishing kerak! )- Tae Bu gapni eshitgan Jungkookning ko'zlari chaqnab ketdi..


~Nima?? MEN? Nega endi men?? )- Jk


~Chunki men ketyapman! )- Tae qo'lidagi patnosni tezda stolga qo'ydiyu, eshik tomon shoshdi


~Jazoni birga o'tashimiz kerakmasmi?? Hoy, sen meni bunday tashlab ketolmaysan! KIM TAEHYUUUUNG! )- Jungkook shoshib chiqib ketgan Taeni ortidan baqirib qoldi, ammo buning foydasi yuq edi

Jungkook


Hovliga chiqishi bilan Taehyung qo'rg'on darvozasi tomon yugura boshladi. U uydan tashqariga chiqishi bilan atrofga qaradiyu, ammo ko'chada hech bir zotni ko'rmagach atrofga alanglay boshladi


Va ko'cha burulishida tushgan soyaning borgan sari kichiklashib borayotganini ko'rib o'sha tomon shoshib yura boshladi. Taehyung o'sha burilish joyiga borib, o'sha soya egasini ortidan ko'rdiyu, chuqur nafas chiqardi.


~Jinni qiz! Seni nima qilsa bo'ladiya?? )- Taehyung Harlinning ortidan qarab shu so'zlarni aytarkan, yugurgani bois o'pkasi to'lib nafas olib chiqarar edi


Shu bilan Tae Harlinning o'ziga sezdirmagan holda uning ortidan ergashdi, xuddi uning soyasi kabi... Toki Harlin uyiga borishi va uyi ichiga kirib ketmagunicha Taehyung unga sharpadek ergashdi


BUGUNGI KUN:: Bularni eslab o'tirgan Taehyung ufff tortgancha o'tirgan skameykasiga gavdasini boricha tashlab o'tirdi. U yuzini osmonga qaratdi va ko'zlarini yumdi. Uning hayolida kecha tundagi Harlinning og'ir va vazmin qadamlar ila yurishi aks etgandi


Maktab hovlisidan o'tayotgan Kazuha Taehyungni bu holatda o'tirganini ko'rib jilmaygancha u tomon yura boshladi. Ammo Kazuha uning ortidan kelayotgan Harlinni hatto payqamadi ham...


~Qayerga ketyabdi? )- Harlin qoshlarini chimirdi va Kazuhaning ortidan qarab u borayotgan tomon qaradi. Ammo u Taehyungni ko'rgach, hotirjam yuzini mutlaqo sarosima egalladi.

~Jin ursin! Nega aynan u?? )- Harlin atrofiga qaradi va o'sha skameykalar ortiga o'tdi, gap poylash uchun..

Harlin

Hatto kipriklarini pirpiratolmay qolgan Danbi go'yoki tilini yutib yuborgan odamdek Sunoga faqatgina tikilib qolgan edi


Suno uning yuziga biroz egilib qaradi va qo'lini Danbining ko'zi atrofiga yurgazdi


~Hoy malika? Meni eshityabsanmi? )- Suno


Danbining hayollari joyiga kelishi bilan tezda Sunodan qo'lini tortib oldi va sochlariga tegayotgandek o'zini chalg'itdi


~Haliyam javobingni kutyabman? )- deya Suno takroran Danbidan so'radi


~Hahah, ajoyib ekana sevgi izhorini eshitish! Ochig'i sevgan qizingga shunday gaplarni aytsang aniq senga oshiq bo'ladi. Zo'r! )- Danbi ikki qo'lining ham bosh barmog'ini ko'rsatib, Sunoga qarab axmoqona kula boshladi


~Bu nima deganing? Bularni men senga aytdim? )- Suno


~Shuni aytyabmanda, ahahah, zor! Ajoyib! Mayli men boraqolay, kech qolyabman! Ko'rishguncha )- Danbi hatto Sunoning gapirishiga so'z bermay tinimsiz gapirishi davomida ovozi balandlashardi. U tezda teskari o'girildi va yugurgudek maktab tomon ketdi


Uning ortidan hayrat to'la ko'zlari bilan qarab qolgan Suno mana endi boshini chayqab kula boshladi


~Bu qiz g'irt jinni!! Aniq! )- Suno kulgancha...

Suno


Sal oldingi eshitgan so'zlari sabab chuqur hayolga berilgan Danbi yo'lidan kim chiqqaniga etibor ham bermadi. Ulkan tanaga borib shart urulishi bilan u hayollar og'ushidan yerga qulab tushdi


~Yo'lingga qarab yursang bo'lmaydimi? )- Danbi boshini ko'tarib ro'parasida turgan odamni ko'rib qoshlari ko'tarildi


~Qaraya, yo'lga qarab kelayotgan men! Ammo kelib urilayotgan sen? Lekin shundayam ayb menda?! )- Jk lablarini burishtirgancha yuzlarini g'alati holatga soldi


~Hop mayli, siz bo'lganingiz uchun aybimni tan olaman )- Danbi

~Hayoling qayerda edi )- Jk

~Aniq o'zimda emasdi)- Danbi o'ylanib ko'zlarini ko'z devori bo'ylab aylantirdiyu, yana takror Jkga qaradi


Ammo bu paytda Jungkookning qoshlari allaqachon chimirilga edi


~Kimda edi?? )-Jk

~Kimdadur ekanligini qayerdan bildingiz, ajabo?? )- Danbi

~Sen.. Sen nimalar deyabsan? Rostanam kimdur hayolingni o'g'irladimi? )- Jk sarosima to'la ko'zlarini kattalashtirdi


~Menga sevgi izhor qilishdi.. o'sha so'zlar hayolimni o'g'irladi menimcha! Aegooo, bunchalar yoqimli bo'lmasa... )- Danbi


~NIMAA?? KIM? KIM SENGA SEVGI IZHOR QILDI?? )- Jk

Jungkook


Jungkookning birdan baland ovozda qo'rs gapirishi sabab Danbi cho'chib ketdi. U ko'zlarini lo'q qilgancha akasining sarosima to'la chehrasiga qararkan, lablarini shishirib "Suno" deya javob berdi


~Suno?? Qaysi Sunoo?? )- Jk

~Nechta Suno bor aka?  Tovba! )- Danbi

~Uyat! Shu yoshingda sevgi izhor deb hayol surib yuribsan? )- Jk yuzlarini burishtirgancha


~Etiboringiz uchun men tengi qizlarni sevgan yigiti ham bor! )- Danbi

~Ammo senda bo'lmasin! Hali bor yo'g'i 16 yoshsan xolos! )- Jk

~Yaaa! Ikki kundan keyin 17 ga to'laman! )- Danbi

~Ko'p gapirma Kalamush! Menga telefoningni ber! )- Jk qo'llarini beliga qadab gapirarkan, uning qoshlari allaqachon chimirilib ketgandi


~Nega? )- Danbi

~Telefoningni ber dedim! )-Jk


Danbi cho'ntagidan telefonini chiqarib hali Jkga uzatishiga ulgurmasdan, Jungkookning o'zi shartta Danbining qo'lidan telefonni tortib oldi


~Bu telefon endi menda turadi )- Jk

~iyeee? Nega ekan? Hoziroq qaytarib bering! )- Danbi

Danbi


~Telefon yoshlarni fikrini buzyabdi! Sen hozirgi vaqtda faqat o'qishing kerak! Boraqol endi sinfingga )- Jk

~Ajabo, bobojon nechi yoshni qarshi oldingiz? Mengayam ayting! Akamga aytib beraman hoziroq telefonimni qaytarib bering! )- Danbi

~Hech qanaqa telefon yo'q sen uchun! Miyyamni qotirmada ko'zimdan yo'qol )- Jk


Jungkook teskari o'girilib endi ketmoqchi edi ham Danbining norozi so'zlari yana uni to'xtatdi


~Men sizlar yoki qo'rg'ondagilar bilan qanday xabarlashaman axir? Sinfdoshlarim bilan qayergadur bormoqchi bo'lsak! Kimga va qanday xabar beraman?? )- Danbi


Jungkook "to'g'ri" deya boshini irg'idi va yana iziga qaytib Danbini qarshisiga keldi


~Berasizmi? )- Danbining yuzini mamnunlik qoplagan edi. Ammo u o'zining telefoni o'rniga boshqa bir telefonni ko'rib yuzidagi tabassum yuqolib ketdi


~axir bu sizni telefoningizku? )- Danbi qo'liga tutqazilib qo'yilgan telefonga qarab~Ha, senga telefon kerakmasmi? Mana ol )- Jk

~Buni kodini bilmaymanku axir?? )- Danbi yana takror qichqirdi teskari o'girilib ketayotgan Jkni ortidan..


~Siqilma! O'zim qo'ng'iroq qilaman )- Jk ortiga qaramasdan qo'lida turgan Danbining telefonini yuqoriga ko'tarib bir-ikki siltab qo'ydi va yurishda davom etaverdi


~Aishhh jin ursin! Nega telefonimga kod qo'ymaganmanaaa? )- Danbi sochlariga asabiy teggancha yer tepindi va maktab binosiga kirib ketdi


~Tovba! Tovba! Sevgi izhorini yoqimli dedimi? Hayolini o'g'irlaganmush?! Heh! )- Jk qo'lidagi telefonga bir ikki nazar tashlab so'ngra cho'ntagiga solib qo'ydi. U hech bir ikkilanishsiz o'z telefonini Danbining kichik telefonchasiga alishib yuborgandi

Jungkook

Daraxtlar ortida yashirinib turgan Harlin har qancha urunsada, Taehyung va Kazuhaning suhbatini eshitolmasdi. U asabiylashgani sabab daraxtga hafsala bilan zarba berdiyu, qo'lining og'rigani bois og'riqli ovoz chiqarib yubordi


Taehyung bu ovozni eshitib ortiga sekin qaradiyu daraxt ortida turgan qizning ko'ylagiga nigohlari tushdi. U avval bu kimligini faqrlolmay biroz o'ylandi va so'ng hayoliga Harlin kelib bezovtalanib tomoq qirdi


~Nimadur bo'ldimi?)- Kazuha Taening qo'zg'alib o'rnidan turishiga qarab..

~Darsga kech qolaman. Tushunmagan savollaringni ertaga ko'rib berishim mumkin. )- Tae

~Bugun darsdan keyin vaqting yuqmi? )- Kazuha

~Yo'q )- deya qatiylik bilan javob qaytardi Taehyung


Kazuha bu qo'pollikdan nima deyishni bilmay jilmayib qo'yib indamay ortiga o'girildi va Taehyungni tark etdi


Taehyung Kazuha ketganidan so'ng yana bir bor o'sha daraxt ortida turgan qiz tomon qaradi va uning haliyam o'sha holatda turganini ko'rib bildirmaygina jilmayib qo'ydi


~O..O..? Qayerga ketib qolishdi? Jin ursin nega lanati daraxtni urdim. Shunda ularni kuzatishdan chalg'imagan bo'lardim! Aegooo )- Harlin o'zini tinimsiz koyirkan, ortidan kelib turgan odamni sezmadi ham..


~Kazuha maktabga kirib ketdi )- Tae


Harlin ortidan kelgan ovoz sabab uning ko'zlari kattalashib tosh qotdi..

Harlin


U sekin ortiga qaradi va ro'parasida unga qiziqish bilan qarab turgan Taehyungni ko'rib axmoqona kulib qo'ydi


~Salom )- deya qo'lini ko'tarib siltab qo'ydi Harlin..

~Salom )- Tae

~Men... Men haligi.. )- Harlin sochlariga tegdi va so'zlarini topolmay kalovlana boshladi

~Joyni noto'g'ri tanlabsan )- Tae

~Men gap poylaganim yuq! )- Harlin

~Men hali gap poylading demadim?! )- Taehyung qoshlarini ko'tarib..


Bunga javoban Harlinning ustiga sovuq suv to'kilgandek bo'ldi.


~Haligi...Meni qornim och!


Harlinni mana endigi bu so'zlari Taehyungni mutlaqo hayratga soldi


~Nonushta qilmadingmi? )- Tae

~Nonushtami?? Qildim! )- Harlin

~Unda qanday qorning ochdi? )- Tae

~Qorin bo'lgandan keyin ochadida! Shuning uchun men Kazuhani kutib turgandim! Ha, men shu yerda Kazuhani bo'shashini kutayotgandim. Mayli men oshxonaga boraqolay! Ko'rishguncha )- Harlin qo'llarini siltab xayrlashdi va teskari o'girildiyu, maktab tomon yugura boshladi


~Shunchaki gap poylayotganingni tan olsang bo'lardi )-Taehyung uning bu axmoqona harakatlarini kuzatib jilmayardi xolos..

Taehyung


Bir necha soatdan so'ng...


Taksidan tushgan Jungkook hamyonidan pul olib haydovchiga uzatdi


~Qaytimi kerakmas amaki, ishingizga rivoj )- Jk teskari o'girildi va uyi tomon yura boshladi


~Aishh, qachon bir hafta o'tadi va qachon mashinamga ega bo'laman. Jin ursin, bu Taehyungni.. OO..O )- Jk birdaniga cho'ntagida jiringlab qolgan telefonni olib ekraniga qaradi va qo'ng'iroq qilayotgan odam Suno ekanligini ko'rdi


Jungkook pastki labini tishladi va endi telefonning yashil tugmasini bosmoqchi bo'lganda qo'ng'iroq yakunlandi..


~Qo'ng'iroq qilayotgan odam sal kutishni ham bilishi kerak! )- Jk telefonga qarab gapirib, so'ngra telefonni ochdi


Danbining xabarlariga kirmoqchi bo'lgan Jungkook yuradigan yo'lidan ham to'xtab, astoydil ikkilana boshladi


~Men madaniyatli shaxsman! O'zimniki bo'lmagan telefonni titkilamasligim kerak! Ha, hatto galeriyasini ham ko'rmayman! Lekin... Lekin kontaktlarini ko'rishim mumkin. Men uni akasiman. Akalar singlisini nazorat qilib tekshirishlari mumkin! )- Jk o'ziga o'zi mamnun holda gapirib so'ng kontaktlarga kirdi


U avvalo bu kontaktdagi o'zi uchun tanish bo'lmagan ismlarni o'qib chiqibdi. Yoqtirmagan yigitlari ismini deyarli barchasini kontaktidan o'chirib tashladi. So'ngra o'zining ismini qidira boshladi. Ammo kontaktda Jungkookning ismi keltirilmagan??


~Meni raqamim yuqmi?? )- Jk tezda o'zining raqamini terarkan, ekranga kontakt nomi kelib chiqdi


~"Hissiz To'ng'iz" )- Jk uni atab qo'yilgan bu nomni o'qib yuzlari burishib ketdi..


~Men hissiz to'ng'izmanmi?. Bu nimasii?? Kalamush! )- Jk aegolar qilib yo'liga qaragandi ham oldinda qo'rg'on devori oldida turgan ayolga ko'zlari tushdi.


Ayol darvozadan ancha uzoqda bo'lishiga qaramay atrofga alanglar go'yoki kimnidur ko'rmoqchi bo'lishga shaydek turardi..


~Hayrli kun, xonim! Kimnidur qidiryabsizmi? )- Jk ayol oldiga kelib biroz egilib tazim qildi


~Yuq.. Yo'lingizda davom etavering )- Ayol

~Taksidan tushgan vaqtim sizga ko'zlarim tushgandi. Ammo shuncha yo'l yurib keldim ham siz shu yerdasiz? Men o'ylabmanki, qo'rg'ondan kimdur kerakmi deb?! )- Jk


Ayol qarshisidagi yigitning qo'rg'onga imo qilib gapirishidan u shu yerda yashashini darrov payqadi


~Sen shu yerda yashaysanmi? )- Ayol

~Ha )- Jk


Jungkook ayolning unga tikilib qolganidan biroz hayratlandi. U ham ayolning gapirishini qiziqish bilan kutardi


~.....Sen Jungkook bo'lsang kerak-aa? )- ayol

~Ha...Siz kimsiz? )- Jk mana endi qoshlarini biroz yuqoriga ko'tardi. U ayolning uni tanishini bilgach...


~Men.........Men Taehyungni onasiman.. )- Ayol

Jungkook

22-qism tugadi..

Yoqimli mutolaa💜

Keyingi qism uchun 250+ Reak va 65+ ODAMdan fikr kelishi kerak💜

Muallif: #Sue

Kanal: @Cloud_fanfic

Report Page