Depressiya

Depressiya

Falsafa va psixologiya

Depressiya — bu hozirgi kunga va kelajakka ishonchsizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, biror faoliyatga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir. 

Depressiya inson uchun xos bo'lgan barcha ijobiy faoliyatni yo'qqa chiqaradi yoki susaytirib yuboradi.

Hayot tarzining keskin o'zgarib borishi, vaqtning doimo tig‘izligi, jamiyatdan orqada qolmaslik, individuumga talablarning kundan-kunga oshib borishi, turmushning poygaga o‘xshab borayotganligi, muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqib yashash kabi vaziyatlar ham depressiya shakllanishiga turtki bo'ladi.

Bunda bemorlar atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladilar, kamgap, ma’yus, ko‘pincha ko‘zyoshi qiladilar. Ularning ongi ma’yus, g‘amgin kechinmalarga to‘lib ketadi. Hozirgi, o'tgan zamon va kelajak ularga qayg‘uli bo‘lib tuyuladi. Ular olamga go‘yo qora ko‘zoynak taqqan holda qaraydilar.

Depressiyaning klinik belgilari va tasnifi. Depressiyaning klinik manzarasi turli-tuman bo‘ib, ruhiy-hissiy, somatik, xulq-atvor va kognitiv buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ularni shartli ravishda quyidagicha ajratib chiqish mumkin. 

Ruhiy-hissiy buzilishlar:

‌- tushkun kayfiyat, umidsizlik, g‘am-g‘ussa, azoblanib yurish;

‌- uyqu buzilishi (uyquchanlik yoki uxlay olmaslik);

‌- doimo xavotirda bo‘lish, dardli ichki kechinmalar, yomon voqealarni kutib yashash, jahldorlik;

‌- aybdorlik hissi, o‘zini hadeb ayblayverish;

‌- o‘zidan qoniqmaslik va o‘zini kamsitish;

‌- yaxshi va yoqimli damlarni eslaganda, qoniqish hosil qilmaslik, atrofdagi voqealarga, yaqinlariga qiziqishning yo‘qolishi yoki kamayishi.

Somatik buzilishlar:

‌- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tananing turli joyida og‘riqlar;

‌- kardialgiya, nafas olish faoliyatining buzilishlari;

‌- ishtahaning buzilishi (kuchayishi yoki kamayishi);

‌- qabziyat, ba’zi hollarda ich ketish;

‌- libidoning pasayishi, hayz ko‘rishning buzilishi, amenoreya;

‌- jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda tez charchab qolish;

‌- terida qichimalar va h.k.

Xulq-atvor о’zgarishlari:

‌- o‘z joniga qasd qilishga intilish;- qaysarlik, o‘jarlik;

‌- hech qanday faoliyatga qiziqmaslik;

‌- yolg‘zlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish;

‌- o‘yin-kulgili va ko‘ngil ochar joylardan qochish;

‌- ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo‘yish.

Kognitiv buzilishlar:

‌- fikrini bir joyga jamlay olmaslik, parishonxotirlik, xotira pasayishi;

‌- bir qarorga kelishning qiyinligi;

‌- o‘zini, dunyoda bo‘layotgan voqealarni, kelajakni faqat yomon fikrlar bilan o‘ylash;

‌- fikrlar inertligi.

Aksariyat psixologlarning fikricha, depressiya kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko‘p kuzatiladi.

@ruhshunoslik

Report Page