Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonda blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish taklif etilmoqda.

Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonda blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish taklif etilmoqda.

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva.

O‘zbekistonda OAV va blogerlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq normalar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilgan.

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda:

Jurnalistning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning so‘rovi asosida axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishda ifodalangan tarzda to‘sqinlik qilish, shuningdek, jurnalistga bosim o‘tkazish, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kiritish;

Blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Unda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlariga “snos”lar masalasida blogerlar oldida hisobot berishni topshirgandi.


Report Page