Hokimiyat vakiliga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Hokimiyat vakiliga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi


Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun (OʻRQ–719-son, 04.10.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.

Bunday harakatlar:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);

1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).

MJtKda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.

Report Page