Dunyodagi birinchi 108MPli penta kamerasi

Dunyodagi birinchi 108MPli penta kamerasi

Najot ta'lim

Xiaomi beshta kamerali Mi CC9 Pro smartfonini 5-noyabr kuni taqdim qildi va 108 megapikselli kameraga ega ushbu devaysda olingan rasmlarni ham ulashdi.

Model raqami M1910F4E boʻlgan qurilmaning texnik jihatlari roʻyxati esa TENAA saytida ham eʼlon qilindi. Saytdagi maʼlumotlarga qaraganda, qurilmaga oʻta katta, yaʼni 5,170 mA/soatli akkumulyator oʻrnatilgan.

Lekin smartfon faqtagina Xitoyda CC9 deb yuritiladi. Sal ilgariroq, Xiaomi Facebookʼdagi sahifasida beshta kamerali Xiaomi Mi Note 10 smartfonini yaratganini yozgan edi. Shuning uchun, qoʻrqmasdan aytishimiz mumkinki, CC9 Pro va Mi Note 10 aslida bitta telefon.

Mi CC9 Pro/Mi Note 10 6/8/12GB operativ xotira va 64/128/256GB xotira omboriga ega boʻladi. 108MP kamerali smartfon uch xil variantda taqdim qilinar ekan, narxlar ham uch xil boʻlishi kerak. Optik zum esa 5x boʻladi.

Asosiy protsessorning ishlash tezligi 2. 2 GHzʼga tengligini hisobga olib, ushbu smartfonga CPU sifatida Snapdragon 730G qoʻyilgan, deb taxmin qilyapmiz. Sakkiz yadrodan ikkitasi 2. 2 GHzʼli Kryo 470 Gold boʻlsa, qolgan oltitasi 1. 8 GHzʼli Kryo 470 Silverʼdir. Xuddi shunday konfiguratsiyali Qualcomm protsessori haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bu mish-mish toʻgʻri maʼlumot koʻrinadi.

Bunday texnik jihatlarga ega smartfonning hajmi ham katta boʻlishini kutgan boʻlsangiz kerak, biroq yangi qurilma Pro boʻlmagan Mi CS9 bilan hajm borasida bir xil: 157. 8 x 74. 2 x 9. 67 mm. Vazni esa 208 gramm.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: https://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim




Report Page