Dayana

Dayana

Jodugar

🌹🌹🌹 #Dayana 🌹🌹🌹


       1-QISM


     MUQADIMA


 " Ilk so'z o'rnida shuni aytishim mumkinki, hech o'ylab ko'rgansizmi, nima uchun insonlar Daxshatli kinolarki ko'p ko'rishad? Sababi bu kinolardagi qaxramonlarning qiyinchiliklari oldida o'zlariniki mitti tuyuladi. Demak bizga qurqinchli asarlar kerak hatto zarur ham. Unda nega odamlar fantastik asarlarni sevib o'qishadi? Buni sababi yashashga ishtiyoqni uyg'onishida. Umri davomida bir bor bo'lsa ham mo'jizani ko'rishni va to'qnashishni umid qilib yashash. Hulosa qilish mumkinki bizni hayotimizda fantastika va qurqinchli asarlar alohida joy olishi kerak. 

  Bu hikoya ham siz va biz kutgan oddiy muammolardan kuchlirog'i bilan tuqnashadigan, asarlar qatorida joy olgan. Bosh qaxramon esa Diyana ismli 16-yoshli qiz uning boshidan kechirgan daxshatli voqealar aks ettirilgan. Demak boshladik.

           @Jodu_Gar "


        * * *


 Hullas o'smirlarga hos tabiatning eng yuqori qismi aynan menga tegishli. Men darhaqiqat jizzaki, asabi, qoni qaynoq, bezbet, bebosh va shu bilan birga urushqoq qizman. Ismim Diana Abdig'aniyeva yoshim o'n yettida ya'ni bu yil qishda kiraman. Bu yil kollejga qadam quyishim kerak ammo bir qancha muammo tufayli shahrimiz o'zgardi. Bunga ham qaytaman endi oilam haqida gapiradigan bo'lsam. Oilada besh kishimiz: Dadam, oyim, opam, ukam va men. Dadam Nodir Abdig'aniyev biz ularni familiyasiga chiqqanmiz. Ular harbiy bo'lib, ishlari ichun uyimizni ko'p o'zgartirar edik. Ammo buoyimga yoqmas edi va deyarli shu sabab bilan urushlar bo'lib turar edi. Oyimni ismlari Matluba Abdig'aniyeva ularni ishlari san'at bilan bog'liq bo'lib sahnaashtirar va dekaratsiyalar tayyorlar edilar. Opam mendan ikki yosh kattalar ismi Leyla bo'lib shu yil kollejni bitiradlar. Ukamni ismi Jonibek lekin hammamiz Jony deb chaqirar edik. Sababi o'zi hohlardi va hammani majbur qilar edi. Hullas oyim ortiq chidolmadilar va ajrashish haqida ariza berdilar. Dadam ishlaridan ketolmasdilar oilalarini buzilishiga ham ko'lishni hohlamas edilar. Hullas dadamni yana boshqa yerga ko'chirishdi. Opam bu shaxarlik Diyor degan yigit bilan unashtirilgani uchun oyim bilan qoladigan bo'ldilar. Jony ham qoladigan bo'ldi va ta'tilni dadam bilan o'tkazadigan bo'ldi. Men esa ilk bor yakka farzand bo'lish istagimni vajarishimga yaxshigina baxona bo'lib dadam bilan ketishga qarir qildim.

 Biz yangi shaxarga keldik. Lekin hamma menga huddi o'zga sayyoralikni ko'rgandek ajablanar edi. Men deyarli baland tufli bilan shim kiyardim. Bu yerdagilar balki shunga ajalblanishgandir anig'ini bilmayman. Hullas dadam va men katta va shinam uyga joylashdik. Bu uy dadamni ishxonasiga yaqin edi. Men dadamdan pul so'rashni noqulay bilib ilk qilgan ishim ish izlash bo'ldi va topdim ham. Yigirma bir qavatli shahardagi eng katta mexmonxonaga ishga joylashdim. Albatta kollej uquvchisiga stol ishini berishmaydi va men u yerga farrosh bo'lib kirdim. Bizni ish deyarli yuq edi. Hamkasblarim bilan yaxshi kelishib oldim. Soat o'n ikkida ishim boshlanr edi. Biroz ishlab qolganiga faqat gaplashib o'ttirar edik. Ulardan eshitadigan yangiligimni hatto internetdan ham topolmasligim aniq edi. Hullas ilk haftam ish bilan o'tdi. Dadam hujjatlarimni menga tutqazib kollejimni ko'rsatdilar. Tan olish kerak kollej chinakam yevropa talablariga javob berar edi. Men "Kotiba" deb yozilgan eshikni taqqilatib ichkariga kirdim. Sochlarini pastda yig'ib olgan, o'ziga yarashmagan qizil lab bo'yoq qo'yib olgan, yoshi taxminan o'ttiz yoahlardagi ayol turar edi. Ko'z oynagini tushurib menga boshdan ooq qaradi va stulga ushora qildi. Men o'ttirib qo'limdagilarni unga tutqazdim. U nimalarnidir ko'chirib chiqdida menga soxta tirjayib gap boshladi.

- Hush kelibsiz Dayana Abdiganiyeva...

- G'...Abdig'aniyeva keyin Diana...

- Bizda unday aytilmaydi azizam. Hullas ikkinchi korpus to'rtinchi xona. Sinf rahbar Kadirov bo'ladi. Tushunarlimi? -deb yaa tirjaydi.

- Hmm...-deb o'rnimdan qo'zg'aldim. Ketar chog'im uni talaffuzi biroz hayron qoldirdi haqiqatda unli harflarga kuchli talaffuz keyin turishidan bu yerlikmasdek. Ohirgi marta unga yana qaradim. Kalta qora yupka va yaltiroq sariq kofta oyog'ida shpilka tufli va u qizil rangda. Uning imeji biroz kunglimni aynitdi. Har hlda men ishlaydigan mehmonxonada modellar va dizaynerlarni ko'p qabul qiladi. Ularni ko'rib stilni kiyinishni ham o'rgansa bo'lar ekan. Unga soxta kulgu sovg'a qildimda eshikka yunaldim.

 Kollej adashmasam to'rtta korpusdan iborat edi. Har bir korpusda har hil yunalishdagi o'quvchilar o'qir ekan. Xonani topish...Azob bo'ldi. Eshiklar ko'p, hammasini o'qib jonimdan utib ketdi. Shu vaqt tanaffus bo'lgani meni ruxlantirdi va axiyri eshikni topib bordim. Eshik ochiq ekan tanaffus bo'lsa ham hech kim qimirlamay turgan ekan. Bosh suqdim va tomoq qirib ichkariga kirdim. Ichkarida semiz huddi pufak kabi dumaloq ayol o'qituvchi dars o'tayotgan edi. Meni ko'rishi bilan chimirilgan qoshlari yozildi va yoqimli tabassum bilan kutib oldi. Kirishim bilan u "dars tamom tarqalilar"deyishi bilan hamma o'zini eahikka otdi. 

- Salom men yangiman ismim Diana Abdig'aniyeva.

- Hmm...Kiraver kel. Bolalarga etibor berma ularni o'zi yangi hali. Men biologiyadan dars beraman. Anora Kamilovna deb murojaat qil.

- Hop-dedim. Keyin u arang o'rnidan turdida chiqib ketdi. Men esa ikkinchi partaga o'ttirdim va atrofga alangladim. Deyarli hech kim etibor bermadi. Biroz o'tib yonimga maktab formasida, qo'llarini shmini kistasidan chiqarmagancha men tomonga keldi.

- Salom, sen yangimisan...

 Shu vaqt eshik ochilib bir qiz bosh suqdi va:

- Nadirov seni direktor surayapti hoziroq.-deb g'oyib bo'ldi. Bu gapni eshitib yonimdagi bola chiqib ketdi. Demak Nadirov shu bola nimaga hamma ism sharifni boshqacha talafus qiladi buni tushunmadim barbir. Bir vaqt bu hayollarimni partaga tushgan qattiq zarbda uchib tushib tarqatib yubordim. Bir qiz ikki qo'lini qattiq partaga tashlab menga jiddiy tikilib turar edi. Men o'ttirgan joyimda boshimni orqaga tashladim. 

- Senga Dilshod nima dedi?

- Kim?...

- Hozir yoningga kelib gapirdiku?

- Ha ismi Dilshodmi? Bilmagan edim. 

- Meniki Bonu buniyam bilib qo'y. U meni yigitim uzoq yur.-dedida orqa o'girib Dilshod ketgan tomonga yugurib ketdi. Men biroz etibor berdim. Bonu Dilshodga mos qiz ekan. Chiroyli, yoqimtoy, hatto formasi ham unga yarashgan. Sochlari yelkasiga tushgan, oq krasoffka kiyib olgan meni tengdoshim. Hozirgina etibor beribman Dilshod bilan Bonuni oyoq kiyimi bir xil ekan. Mana haqiqiy muxabbat, meimcha yig'ilish bulayotganga uxshadi uttirish jonimga tegib zalga chiqdim. Zalda dearli hech kim yuq...Faqat...Menda o'n qadamcha uzoqlikda to'rtta bola turar edi. Nimalarnidir gaplashayotgan edilar. Biri derazaga suranib uttirar edi, ikkinchisi esa kepkasini chappa kiyib, saqich chaynab turar edi, uchunchisi bo'lsa kastyumini shunchaki yelkasiga tashlagancha qo'llarini chaklashtirib turar, to'rtinchisi bo'yniga allaqanday taqinchoq taqqan qo'loda esa tillasoat va qora ko'zli uzuk taqqancha gaplashishar edi. Saqich chaynayotgan qulog'iga oq quloqchin taqib oldidagilarni gapini eshitmasada bish qimirlatib quyar edi. Mn ular kim bo'ldi deb uyladim va bu gap og'zimdan ciqib ketdi. 

- Ularni tanimisanmi, unda men tanishtiraman.-deb meni yonimda jingalak, qizg'ish sochli, men tengi buyli qiz turar edi. Qo'lidagi chizg'ichini boyagi yigitlarga uqtaldi va birin ketin tanishtira boshldi. Men bu arakatidan jud noqulay bo'lib oldi va ortimga qaradim.

- Buni ismi Aziz-deb devorga suyangan qoshigacha soch tushurgan yigitga chizg'ich uqtaldi.- Bunisini ismi Faruk-deb Kastyumini yelkasiga tashab olgan sarg'ish sochli yigitni kursatdi. Menimcha Farrux dedi yo men xato eshitdim.

-Buni ismi Johongir-deb Oq naushnikli hmmadan farqli tabassumga boy yigitga ishora qildi chzig'ich bilan. Men ortiq chidolmay chizg'ichni tortib olib, manoli boqdim menimcha buni tushundi shekilli kulib oxirgi bolani tanishtirdi. 

- Bu bolani ismi Shoxrux-deb sochini orqaga taragan, qora ko'zli uzuk taqqat bolagaimo qildi.

- Ha mayli senchi?-deb unga yuzlandim.

- Men..? Meni ismim Kamila...Kamila Takhirova.

- Meniki Di... Dayana...Dayana Abdiganiyeva-deb uzidek javob berdim. Shu vaqt uni ortidan bir bola kelib qo'lin


i Kamilani yelkasiga oshirib, kulib, qarab turdi.

- Sen? Qoch quyvor meni.

- Nima haliyam arazdamisan. Bullida endi. 

- Hoo-deb qo'lini siltab tahsladi.- Etiboring uchun biz kattalar qatoridamaiz. Nima katta kochani o'rtasida tashlab ketsang hursand bo'lishim kerakmi?

- Kamroq aytganimni qilmay turgin unda.-deb qizni sumkasini tortib sudragancha keta boshladi. 

- To'xta men Dayanaga hammani tanishtirishim kerak. 

- Unda uzimni tanishtiray unda -deb bola men tomon yurib keldi va qo'l uzatdi.-Salom meni ismim...

- Eeee...Meni o'zim.-deb Kamila yugurib kelib bolani qo'lidan ushlab oldida kulib menga qaradi-u bosh og'riqni ismi Kamil. Etiyot bo'l hooop.

- Ooo Kamila va Kamol.

- Yoooq...Kamila va Kamil. Ok.

- Ha mayli.-Shu vaqt boyagi yigitlani oldiga ikkita boshqacha kiyimdagi qizla keldi.- Bular kim?

- Ha bularmi?-deb eni Kamil so'z boshlodi Kamila uni ko'zlarini yumib oldi va menga qaradi.

- Bu qizlar Kollejimizni erkatoylari ismlari. Ana uniki Alisia bunisiniki Muxlisa. Alisia rus lekin Muxlis bilan yaqin dugona. Ular qo'llab quvvatlash jamoasidan.

- Kimni qo'llab quvvatlaydi

- Ular bizni basketbol jamoamiznida. Mana bu shovvozlar chempion ammo qizlarga toqati yoq. Kulgiliya...


 Yana xonaga kirdim va boya o'ttirgan joyimda Dilshod bilan Bonuni ko'rdim. Men bilmay ularni stuliga o'ttirib olgan ekanman. Indamay borib oxirgi stulga o'ttirdim. Shu vaqt yonimga bir bola kelib o'ttirdi.

- Salom meni ismim Alik. Alisher ammo Alik deyishadi. Senga aytsam balki boshqa joyga o'ttirarsan chunki...


 Uni gapi chala bo'lib qoldi shu vaqt eshik ochilib boyagi yigitlar kirishdi. Alik joyiga qaytib ketdi. Men esa jimgina kitob titib o'ttiraverdim.


Aziz va Johongir chap tomonimdagi partani egallashdi tepada esa Farruk va Shoxrux turar edi ammo ularga qaramay kitobni varoqlab turaverdim. Farrux biroz qaradida o'ng tomonimdagi ko'z oynakli bolani turg'zib yuborib o'zi o'ttirdi ko'zi esa menda edi. Shoxrux bir qo'lini partaga birini esa stulmmi orqasiga tirab men tomonga egildi.

- Bu joy bizniki. Tur.

- Qayerda yozgansan.-deb qaramay javob berdim. Bezligim tutib turhim kelmadi.

 Shoxrux innamay yonimga o'ttirib oldi. Qolgan dostlari bizdan ko'z uzmas edi va dars boshlandi. Geometriya darsi ekan Faxriddinov Murat dars o'ta boshladi. Men bir doskaga bir kitobga qarab darsni tinglardim. Shoxrux esa bir qo'lini partaga quyib, boshini tirab olgan va menga tikilib turar edi. Bir vaqt qo'limni maxkam ushlab oldi, yuragim yorilib o'rnimdan turib ketdim. Partadagi qalin kitobni olib yxshilab boshiga tushurdim, u ham o'rnidan turib ketdi, menga asabiy tikilganda tarsaki tushurdim. Hamma bizga qaradi. Hatto o'rtoqlari turib ketishgan edi. 

- Kechirim so'ra...-deb vishilladi.

- O'lsamam...- deb qattiq tikildim.

- Nima gap-deb Faxriddinov bizlarga tikildi.

- Menga tarsaki tushirdi. Uzr surasin.-deb boshini menga burdi va sekin- Sharmanda bo'lishni hohlamasang kechirim so'ra- dedi.

- Men yolg'ondan qurqaman. Ammo Sendek ahmoqni qilmishidanmas.-deb Faxriddinovga yuzlandim.-U menga tegachog'lik qildi.-deb mag'rur javob berdim. Meni nigohim O'qituvchida Shoxruxniki menda edi.

- Ikkingiz ham direktor xonasiga. Hoziroq.-deb baqirdi. Men hech ikkilanmay yo'l oldim. U hm ortimdan keldi.


  Direktorning ikki soatli maruzasiyu ikki haftalik mehnat bilan jazolanish biroz asabimni bushashtirdi. Direktor Malik Kadirov yaxshigina talabchan ekan. Buni uning burguutdek nigohidan payqadim. Men sinfga kirdim va nima qilsam ekan deb o'ylanib qoldim. Nihoyat yana qaysarligim tutib o'sha partaga o'ttirdim. Boshqa parta yuq edida bo'lmasa nima ham qilardim. Borlikka bor u ham bo'lsa Farrukni yonida yomg'irdan qochib do'l deganlari u yog'i...


🌹🌹🌹 #Dayana 🌹🌹🌹

        2-QISM


     BASKETBOL ZALI


 - Asabiy xonaga Shoxrux kirdi va zarb bilan sumkasini yonimdagi stuldan olib Farrukni yoniga qo'ydi. Farrukni yoniga o'ttirib qo'lidagi qora ko'zli uzukka tikilgancha uynab uttira boshladi. Shu vaqt xonaga Komrom Kadirov kirib keldi. U qadrli burgutko'z direktorimizni ukasi ekan ammo sira unga uxshamas edi. U biroz bizlar bilan suxbatlashdi va xonani tark etdi. Yonimga Kamila Kamilni qo'lidan ushlagancha keldi.

- Dayana hozir hamma oshxonaga ketyapti yur. Qoyil boyagi ishingga yuraging katta ekan. Ammo ularga qizlar sirayam yoqmaydi biroz havotirdaman. 

- Bas il undan ko'ra oshconaga boraylik. -deb turib ketdim. Oshxona shinamgina ekan ikkita oshpaz ishlar ekan ularni yonidan bitta kola ikkita xotdog olib bo'sh stulga o'ttirdik. Kamila va Kamil bir biri bilan kulishib turar edi. Ularga qo'shilib biroz turdimda bularni yolg'iz qoldirish kerakligini o'ylab bitta xotdogni tashlab ketib qoldim. Kichik zal bo'ylab ketar ekanman. Qarshimdan boyagi to'rtta yigitla kelayotganini ko'rib biroz asabiylashdim. Sababi kichik zalni ular to'ldirib kelar edi. Men ham to'xtashni hohlamay dadil yura boshladim. Shu vaqt telefonim jiringlab qoldi. Qarasam ishimdagi Oqila oqa ekan. Telefonga javob berib ularni qarshisiga keldim.

- Ha Oqila opa uqishdaman. Biroz o'tib boraman...Aha...Yugeee...

 Ularga javob berib o'tisha joy izladim chapga keyin o'ngga o'tib axiyri asabiy Johongirni oldida to'xtadim

- Hozir Oqila opa bir minut...- deb Johongirga jiddiy tikildim- Qoch, o'tib ketmoqchiman. Ko'rmisan.-deb biroz itardim. U menga huddi muzeydagi eksponatga qaragandek orqaga ikki qadam tashladi va men durtib o'tib ketdim.- Ha opa...Viiiy biram zerikarli. Mayli borsam aytib beraman Xayr.-deb go'shakni qo'ydim. 


 Stulga o'ttirib darsni kuta boshladim va Mexaye Sergeyevich degan sport murabbiyi kirib keldi va sportga qiziqadiganlarni yoza boshladi. Men ham boks va karatega qiziqar edim va yozdirdim. Ular ketgach zal tomon yo'l oldim sababi ularga dadamni aniq manzili kerak edi. Dadamga arang tushib manzilni bilib oldim. Zalga kirdim...Katta basketbol zali ekan... Hamma yoq yorug' ikki tominda baland setkalar bor edi. Basketbol to'pini qo'limga olib setkasiga tashladim...Qoyil kirdi...Yana tashlamoqchi edim..

- Kim bor-degan ovoz yon tomondagi xonadan keldi. Biroz o'tib boyagi yigitlar chiqib keldi. Shoxrux menga qarab kuldi va yurib kela boshladi. Biroz qurquv bosdi va orqaga tisarildim. U kelib qo'limdan to'pni tortib oldi. 

- Nima???-deb dadilligimni ko'rsatib qo'ydim. 

- Shoxrux bas qil Muxlis kelyapti- deb eshik yonida turgan iddiy Aziz gapirdi. Shoxrux uf tortgancha ko'zlarini qattiq yumib menga tikildi.

- Hali ko'rasan mendan-deb uzolashdi. 

- Hoy to'nka-deb ortidan baqirdim. Aynan mana shu tilim hech tinchimaydi ichimdagi chiqmasa turolmayman.- Seni nimangdan qurqishim kerak. O'zingcha o'g'il boladek kerilasan. -deb uni yonidan aylanib o'tib yuziga qaradim.- Asl o'g'il bola qiz bola bilan tenglashmaydi. 

- Sen...-deb gapi chala bo'lib qoldi.

- SHOXRUX- deb Muxlis kelib bo'yniga osilib oldi. Uni g'azabga to'la ko'zi menda edi. Men esa bebetlarcha tirjayib undan uzoqlashdim. Shu payt Azizni yonidan o'tib ketayotganimda qo'limdan ushlab to'xtatdi.

- Aqling bo'lsa bizdan uzoq yur.

- Sendan so'ramiman.

- Eee keyin yaxshi bo'lmaydi-deb Johongir qo'shildi.-Oshib ketmadimi qizaloq.

- Senlar...Aynan senlar mendan uzoq yurilr tushunarlimi?- deb qo'limni tortib olib ketib qoldim. 


 Ming lanat ishga kechikdim... Bu ahmiqlarga hayronmn menga uzlari yopihib olgan bo'lsa. Hamma qizlarga allergiyasi bormish. Kamila ham oshiradida Muxlisni osilishian undaymasga uxshaydi. Menda ham shunday unaqalarga allergiyam bor.

   

  Shu hayollar bilan boyagi ahmoqlarni ichimda so'kib ishxonamga yetib keldim. Darrov ustimni almashtirib o'n ikkinchi qavatga yo'l oldim. Lift ochildi ammo ichida smoking kiygan yoqimtoy yigit bor edi. U menga tikilib huddi pesdan uzoqlashgandek surildi. Bu asabimni chiqardi va unga nafrat bilan qaradim.

- Tugmani bosasizmi?-deb etiborsiz gapirdi.

- Nima ishing bor?- d


eb zarb bilan tugmani bosdim va atayin qo'limdagi lattani tuflisiga tashladim.

- Eee...Bu nimasi...Ko'zing qayda.

 Endi oshib tushdi bu haqorat qmmatga tushadi. Unga qarab shvabramni uqtaldim.

- Sendaqa qzdan battar tannozlarni deb g'ururimni yuqotmiman. Agar yana bir marta asbimni buzsan o'xingdan ko'r. Hatto shanel ham ustingdagi smokingni odam qilolaydi. Odam bo'lish uchun avval odamday qara bo'lmasa kuncha kiyinganjng ham bir pul olifta-deb shvabramni oldim va yuzimga tushib qolgan soch tutamimni yonboshimga olib quyib eshikka qarab turdim.

 

 U menga qarab qotib qoldi. Men esa lift ochilib latta va shvabrani olib ketib qoldim. 


 Afsus bu qilig'i meni u haqdagi fikrmni o'zgartirib yubordi. Uni tarbiyali kelishgan va jentlmen deb uylagan edim. Mrng afsus.


Oqila opa meni kutib oldi liftdagi tannoz haqida aytib berganima shunaqa baqirib kuldi butun xonani boshiga ko'tardi.

- Voy jinni qizee, axir bu bizni ishimizku.

- Bullida endi. Men bu ishmdan uyalishim kerakmi yo'q aslo. Men ikki dunyoda ham bunday qilmayman. Qanday mazza ertaga yakshanba. Kollej va Ishni bir olib borish juda mashqqatli ekan.

- Haa ertaga seni kuning. Dam olgin yaxshigina. Unda men pastdagi qizlan nazorat qilib kelay sen davom et.

 

  Uyga keldim va charchoqlarim yuqoldi. Mexmonxonadagi magnitofonni oshxonaga olib borib baqirtirib qo'ydim va spagetti tayorashga kirishdim. Maroqli mashg'ulotga aylandi men uchun. Dadam kelib nimadir deganlarini ham tushunmadim axiyri dadam magnitofonni uchirdilarda xarbiy bosh kiyimlarini meni boshimga kiydirdilar 

- Pastroq Diana iltimos. Keyin ovqatni tezroq qil qornim ochib ketdi.

- Nima ketasizmi? Aaa

- Ha qizim. Bugun ishm ko'p chegarada nimadir bo'lgam va bizni gurux mas'ul borishim kerak.

- Voooy, chegara uzoqkuu.

- Hmm...Bir haftada qaytaman.

- Dada....

- Biror dugonangni chaqir hop. Yoki ayingga ayt ertaga keladi.

- Yo'q Kamilaga iltimos qilaman.- deb mayus boshimni egdim.

 Kamila bajonudil rozi bo'ldi chunki endi hohlagancha Kamil bilan ko'risha oladida. Ertayisi kuni dadamni kuzatdim va Kamilani kutib oldim u huddi ko'chgandrk ikki chamadon narsa olib keldi. Ota onasi bilan dadam gaplashgani uchun tezda rozi bo'lishdi. 

- Dugonajon zurku endi yur kafega boramiz. Kamil bizni kutyapti.

- Iiiy uyni tashlabmi? Axir men... dam olmoqchi edim.

- Obbo... Bugun chinakam dam olamiz. Ureee- deb devanda sakray boshladi. Men qora keng shim va oq kapushyonni kiydim sochimni tepaga yig'ib oq oyoq kiyim kiydim. Orqa sumka taqib chiqdim. Kamila chinakamiga baqirib yubordi.

- Voy hudo jinnimisan. Bugun chiroyli kiyin...masalan mendek.-deb qizil kalta ko'ylak va bejirim past tufliga ishora qildi sochlari yozilgan qulida ixcham sumkacha. 

- Hmm...Bir daqiqa.-deb kirib ketdim. Endilikda ustimga qora kofta va oq yupka kiydim oyog'imga qora krasofka. Sochimni tepa qismini urab pastini yig'ib quydim qulimga esa ixcham qora kasholok oldim. Pastga tushdim Kamila endi

- Klassika bravo.-deb qarsak chaldi. Kamilani dadasi tish shifokori edi. Onasi ham shuni uchun Kamila bir farzandligiga mashina olib berishgan edi. Uni mashinasiga o'ttirib "Melissa" kafesiga keldik. Ichkariga kirishimiz bilan to'riga joylashgan Kamil qo'l ko'tardi. Kamila yugurib bordi men esa atrofga qarab yura boshladim. O'ta shinam joy havas qilgulik. Bar va uni yonida bir dunyo stullar. Ulkan oyna qarshsida ham stollar va ular odamlarga tula. Bir mahal kimgadir urildim va ustimda issiqlikni his qildi. Ne ko'z bilan kurayki urilganim Farruk ekan. Qo'lidagi qaynoq qahvasi uni oppoq kuylagida ajoyib san'at asarini paydo qilibdi. Menga adabiy tikildi endi qo'lini ko'targandi uni qo'lidan Johongir tutib qoldi. Ikkisi biroz ko'z urushtirib olgach Farruk tinchigandek bo'ldi ammo bu hato hayolga aylandi. Sababi u stolda kimgadir tegishli qahvani olib ustimga to'kdi. Bu haqiqiy haqorat edi. U erinibgina bu ishni qildi va idishni joyiga quyib ortiga o'girildi men esa bar ustida turgan katta idishdagi bir butun qandaydir suyuqlikni oldimda ortidan yetib olib o'zimga qaratdim va sepib humorimdan chiqdim. Ming afsuski unga deyarli tegmadi o'rtamizga yna Jahongir tushga ek


an men achchiq ustida sezmay uni ustiga sepib yuboribman stulda o'ttirgan Aziz va Shoxrux qotib qolishdi men esa indamay idishni ulari yoniga qo'yib 

- Hisob sizdan -dedimda alam bilan chiqib ketdim. Yulga chiqqach sochimdagi qahvaning hidi va yaxlagani sezildi. Shu vaqt yonmga qora mashina tuxtab orqa oynasi ochildi.

- O'ttiring oyimqiz-dedi. Uni tanidim bu o'sha liftdagi yigit edi. Ortimdan boyagilar yugurib kelayotganin ko'rdim va o'zimni mashina ichiga otdim.

 - Ming lanat...Yana ishkalga aralashib qoldim. Uff qachon tinch yuraman o'zi. Obboo....

- Nima gap. Menimcha qahvni ichiladi... og'iz bilan yana bilmadim.

- Ha... bu ishkal...

- Nima kimgadr shvabra uqtaldingmi?

- Qoyil xotirayiz zo'r ekan.

- Hmm... Menimcha yetib kelding. Rauf shu yerda oyim qiz tushadi.


 Mashina tuxtadi hech qayerga qaramay tushdim. Masina ko'zdan g'oyib bo'lgach atrofga alangladim o'zimni ko'cham lekin u qayrdan bildi. Ahmoqlik...Bu yerdagi hamma ahmoq...


 Ertasiga kollejga bordim. Kamila bilan kechasi ilan uxamay gaplashib chiqdik. Kamila doim Kamilni mahtar edi bu esa asabimni qo'zitar mavzuni burisha urinar edim. Ming afauski bunday qilish qiyin.


 Bir vaqt eshik ochilib qullab quvvatlash jamoasi kiyimida Maxlia va sariq sochli Alisia kirib keldi.

- Sen...Sen...Sen ham...Sen

-deb qizlarni ko'rata boshladi. Ular orasida meni ham sanab o'tdi ammo turmadim. 

- Aynan sizlar men bilan ha demay to'rtala korpusdagilar o'rtasida basketbol bellashuvi bo'lib o'tadi sizlar esa qullab quvvatlash guruxiga qushildingiz.


 Qizlarning qiy chuvi xonaga ko'tarildi menga esa umuman yoqmadi. Kamilani qistovi bilan bordik. Bizga forma berishdi va harakatlarni o'rgata boshlasdi. Bir xil likkilash yoqisiz holat. Shu payt zalga basketbollchi yigitlar kirishdi qizlar kulib bairib yuborishdi. Deyarli chempionlar edi. Yigitlar qzlarga kulishar, gap otishar, hushtak chalib ko'z qisishar edi bundan qzlar battar baqirishar va sarashar edi. Ammo to'rtta yigit usha ahmoqlargina qizlarga qarashmas edi. Men uchun eng dahlari shular bo'lib ko'rindi. Hatto Muxlis Shoxruxni ismini aytib baqirsa ham qaramadi. Bu ko'ngil biram yoqimsizki! Bechora Muxlis


🌹🌹🌹 #Dayana 🌹🌹🌹

        3-QISM


   KLUBDAGI MOJARO


 Hamma qizlar uyinni kuzata boahlashdi hayronman oddiy mashg'ulotku buncha etibor nimasi... Bitta to'p kirsa tamom hamma qizlar turb baqirishar edi... Ularga qarab ensam qotdi va iahdagi opalarimga habar yozib o'ttirdim va birdan sovuq qota boshladi. Biroz turib stulga o'ttirib oldim lekin brbir sovuq qotishim davom etar edi. Shu vaqt nogoh ko'zim qarshimdagi Azizga tushdi. Uni ikki ko'zii menda qattiq tikilib turar edi. Biroz asabim chiqdi lekin barbir sivuq qotishni davom etdi. Azizga qaradim haliyam tikilib turibdi.


 Bular orasida bitta yaxshisi shu edi. Ammo buni tikilishidan menga yomonlik qilishi aniq. Viiiy.. Nahoyki bir nimalar qilib meni yana noqulay ahvolga solsa... Ufff kechagi uchun ulrdan uzr surashum kerak... ammo g'urur ufff....


 Shu payt Azizni o'zidan o'zi kulgani meni etiborimmi tortdi... Bu ovsar aniq bo'lmasa menga tikilib kuluradimi. Yoki bishiga nimadir tushib ketgan. Yana kuldi. Ufff nimaga kulyapti. Undan igohimni uzmay yoniga bordim va tikildim. U o'rnidan turdi va menga qaradi.

- Ha...-deb menga yana boyagidek tikildi.


 Uff bu ko'zlani o'yib olsam... Yuziga musht tushursam...


- Bilasanmi nimani uylayotganingni tushunib turibman. Meni yaxshilab urmoqchisan... Shundaymi....

- Aaa...Yooogeee... Jinnimanmi?- Shu vaqt nimadir bo'lgandek qolgan uchtasi ham yugurib kelishdi va Azizni ortidan menga tikilishdi.


  Jinnimi bular... Men odamxo'rmasmanu... Keyin bular ham qizmas mebdan bittasi olsa qurqadigan... Sal jinniroq lekin...Diana uzoq yuriah kerak qani ketdik...


- Senda qizlarga hos hech narsa yo'q, na bir his tuyg'u na bir harakat va na bir qiyofa.-deb menga tirjaydi Shoxrux.

 Men ularni yonidan tinchkina ketayotgan edim ammo uzlari qildi hammasini. Men jahl bilan Shoxruxga qaradim va yoqasiga yopishdim.

 - Muxlisda bormi?

- Ha unda bor.

- Unda nega hozir uni yonidamassan, bechora shuncha baqirsa ham qiyo boqmayapsan? Aaa?

- Ishing bo'lmasin.-deb qo'llarimni siltab tashladi.

- Unda eshit. Sababi undan o'zingni uatun quyadigan, takabbur, olifta, jirkanch odamsan. Ha shunaqa o'zligingdan jirkanasan, nafratlanasan.-deb uni durtdim va eshikka yo'l oldim. Qarshimda yana Johongir. Unga yaqinlashdimda boshimni egib sekin pichirladim

- Uzr-deya oldim holos. Yugurib zalni tark etdim. Qolgan darslar doimgidek utdi. Darsni tugatib ishga yugurdim. Oqila opa meni kutib oldi.

- Diana bul qizalog'im boshliqni xonasini tozalab chiq.-dedilar men tabiiy hayron qoldim.

'-Lekin yangi va yosh ishchilar kirmaydiku?

-Ko'p gapirma... Bo'laqol.

 Men hop dedimda yigirma birinchi qavatga yo'l oldim. Xonani taqqilatdim bo'm bo'sh hech kim yo'q. Quvonib hamma narsani tozalay boshladim. Yon ayvonni yuvayotsam eshik ochilgani eshitildi va xonada qadam ovozi keldi. Men asta muraladim bu o'sha, meni kuzatib quygan, liftdagi yigit edi. Tik xolda kompyuterda nimalarnidir qidirar edi.


 Haaa... Bilgandim buni qo'li to'g'rimasligini...Hozir kurasan mendan... Hali birovni narsaniga teginish qimmatga tushadi...


 Men asta shvabramnikutarib ortidan bordimda zarb bilan boshiga bir emas ikki marta urdim u esa Aaa deb quladi. Men uni kresloga arang o'tqazdim yaramas zil zambil ekan. Shartta xonaga ilingan qandaydir ipni oldimda avval qo'lini bog'ladim, lanati ip devorda turutib eskirgan ekan qirqish azob bo'ldi ammo amalladim. Og'ziga chekka stoldagi olmani oldimda mabodo baqrsa og'ziga solaman dedm. Keyin fikrimdan qaytib tortmadagi skoch bilan og'zini yopdim. U hushiga keldi va meni ko'rib g'uldiray boshladi.

- Ha o'g'ri... Tutvollimmi... Halol boshlig'imizga nimadir qilolmisan...Haa nima... Hali direktor kelsin kurasan. -deb unga bir soatla tikilib turdim chamasa uyqu bosdi. Jonga tegdi u esa tinmay nmadirlar deyar skoch halal berar edi. Oxiri jonmga tegib skochni ochdim.

- Axmoq... bu nimadi...yech hoziroq... bo'lll....meni majlisim bor...kompaniyadagila kutishyapti....

 

 - Men...men qovun...Qovunn...

- Booool-deb baqirganidan arqonni yecha boshladim.-Vooooy...-cho'chib tushdim- Sen fransiyaning eng qimmat arqonini qirqimladingmi... Ahmoooooq.


 Yig'la


Yig'lagancha uni chala yechib o'zimni eshikka otdim. Oqila opani xay xaylashiga qaramay ustimdi almashtirdimda ketdim. Ancha yurib "Tuesday" klubi yonida tuxtadim. Ichkaridagi ovozlar menga aniq eshiyilar edi. Pastga tusha boshladim. Hamma yer qorong'i kuzni qamashtiradigan lip lip etayotgan diskoteka va quloqni qomatga keltiradigan musiqa. Saxnada odam tula. Hamma biqirib uynashyapti. Indamay barmen yoniga o'ttirdim va piva suradim. U katta bakalga berdi va men ichib tugatdim.

- Salom...- deb bitta begona tirjayib yonimga o'ttirdi-zerikkan bulsang bizga qushil-deb chekkadagi oltita sherigini kursatdi.

- Yo'q.- deb bugungi jinniligim sharofatiga yana buyurtirdim. Shu payt boyagi piyonista qo'limni ushlab tortmoqchi bo'ldi. Jonim chiqib bakaldagi to'la pivani basharasiga sepib kamiga boshiga bakal bilan tushurdim. Voy deb yiqildi. Sheriklari turib menga qarab kelish boshlashdi shu vaqt etibor bermagan ekanman. To'rtta yigitlar ham shu yerda ekan. Meni oldimni to'sishdi. Faqat Farruk asabiy menga qarab chqib ketishimni bu qizlarni ishi emasligini ayti. 

- Hooo...Yo'q... Bu yana meni ishkalim qoch...-deb bakalni ko'ratib piyonistalarga tashlandim. Uoar ham quturib urusha boshlashdi. Chempionlar balo ekan ularni hammasini barga joyladi men ham ikkitasini boshini yordim bakalni otib hammamiz qochdik. Qora mashinaga minib yo'lda ravona buldik. Ular baqirishar kulishar edi. Men ham ularga qo'shilib kuldim.

- Sen ishkalsiz yurolmisanmi?-deb ruldagi Johon gap boshladi.

- Sen baloyu ofatsan huddi hamma qizlar qatori-deb tung'illadi Farruk.

- Senga hech narsa qiomadimi?-deb menga qaradi yonimdagi Aziz.

- Unga baloyam urmedi. Ofatlar u bian birga-deb bu yonimdagi Shoxrux durtdi.

- UFFFF...EEEEY...BASSS...TO'XTAT TUSHAMAN...HA MEN BALOMAN UZOQ YURILA....


  Hamma kulib yubordi. 

- Sen qizlaga uxshamisan.

- Nima? Aziz asabimni buzyapsan.

- Yo'q sen boshqachasan.

- Uyim...Ana uyimmm...Stop...


 Ertasiga boshim yorilgudek uyg'ondim. Tepamda Karina allanimaar deb vaysayapti. Uni tinchlantirib uzimga qarab kollejga bordik. Bora solib partaga boshimni quydim. Shu vaqt to'rtala chempion oldimga kevolib allanimalarni aytib hatto kulishyapti. Butun sinf hayron. Hatto men ham.

- Kallang joyiga keldimi...Bar malikasi...-deb kuldi Johon.

- Eeey... Sharmanda.- Esimga tushib uyalib boshimni patraga urdim. Yana kulishdi. 

- Biz oshxonada seni kutamiz-deb Turib ketishdi. Obbo lanati bular nimasi. Haa bildim ular meni beshinchi qilib olishdi. Nima shunchalik o'g'il bolaaga uxshaymanmi? Obbo. Ha maylida. Shu vaqt partaga nimadir quyildi. Asta boshimni kutardim. Partamda dori kola va qog'oz bor. Dorini ichdim va qog'ozni ochdim.


  "DORI YORDAM BERADI. TUZALIB KET BOSH OG'RIG'I"


 Nimaga shama qilingani nomalum. Ahmoq kim yozgan hayronman. Oxirgi gapi boshimni nazarda tutganmi yo bu laqabmi. Ufff endi shuniyam uylaymi? Bu klubga birinchi va oxirgi borishim bo'ladi. Kinolarda siqilib ketsa barga nimaga borishadi hayronman. Axir u joyda muammolar kupayadiku


🌹🌹🌹 #Dayana 🌹🌹🌹

         4-QISM

     QIZIL KO'ZLAR


  Oshxonaga isamaygina yo'l oldim. Hamma bu qiz zoti isi yoqmaydigan yigitlarning menga qilgan muomalasidan hayratda edi. Deyarli butun sinf meni oshxonada kutar edi. Men ham hech ikkilanmay to'g'ri borib ularni davrasiga qo'shildm. Aziz stulini istaza bilan itarib o'rnidan turdi va atrofdagilarga qaradi. Hamma yana o'z ishi bilan shug'ullana boshlagan mamnun joylashdi. Ilk kungidek ular suhbatlashishar ammo meni borligimni sezishmas edi. Menga hammasidan ham Johonni fikrlashi gapirishi yoqar edi. Faqat uni gapini eshitib, suhbatlashsam boshim og'rig'i qolar edi. Yoqmasadan bitta kolani tugatib qo'limga boshimni tirab arang uttirdim. 

- Joha yana menga to'pni uzatish esingdan chiqdi.

- Bilaman... Ammo sen chaqirsang men Farrukka uzatvoraman.

-Ha lekin men Farukmas Shoxruxmanuu...

- Amakivachcha bulsangiz ham ovozinglar uxshaydi.

 Ularni suhbati jonibga tegdi. 

- Alooo... O'zi nimaga meni yonimda erkin tutyapsizlar uzinglarni. Axir qizlarni yoqtirmas edinglarku.

- Nafaqat qizlar...Yigitlarni ham...

- Bas qil Aziz...Bilasanmi Dayana sen ana u...-deb biroz Farruk to'xtadida chapga qarab bir gurux qizlarni kursatdi. Ulr ham jonlanishgach Farruk tirjarib qo'l silkidi va menga aftini burishtirib qaradi-Ulardaymassan. Sen huddi faqat noto'g'ri tushunma bizdaysan...

- Aaa...

- Ana noto'g'ri tushundi.- deb oq naushnikni qulog'iga taqib oldi Farruk.

- Senga do'st bulaylik demoqchi.-deb aniq gapirdi Jahongir.

- Men ishkalchiman...

- Ha yugee...Bilmagan ekanmizkuu.... bu yangilik emas qizaloq...- deb Shoxrux telefondan deyarli bosh ko'tarib piching qildi.-Hohlamasang tushunamiz.

- Yo'q men roziman...

- Aaa...

  Ularni bari menga g'alati qaradi. Nima xato gaprdimmi deb uylab ham qoldim. Ho'sh kuramiz...Bu navbatdagi o'yinlari bo'lsa javobini yaxshigina olishadi. 

- Yaxshi ammo bir gap...- deya endi Shoxrux gap boshlagan edi. Qayerdandir Muxlis paydo bo'lib Shoxruxga tarsaki tushurib qoldi. 

- Sen Marazsan...Sen mahluqsan...Sen...sen...

 Bechora arang gapirib, yig'laganca o'zini eshikka otdi. Men qolganlarga qaradim hech birini yuzida o'zgarish yo'q hatto Shoxruxni yuzi ham beparvo. Biroz o'tib Shoxrux o'rnidan turdi va eshikdan chiqib Muxlisga butunlay teskari tarafga ketdi.

- Ajablanma bu odatiy hol. Bir haftada bir biridan dam olish uchun oddiy janjallaridan biri- deb Aziz menga tikildi.

- Yo'q, doim aytar edim. Ko'ngling bo'lmasa, Muxlisni tinch qo'y deb. Ammo bizning Shoxrux tuyg'ular bilan uynashishga usta.- deb Jahongir turdida, Muxlisni dugonasi Alisiani yoniga borib, nimadirla deb gap boshladi.

- Bungayam e'tibor berma. U ichimizdagi eng odamovi va eng insoni.

- Aaa...

- Ufff jonga tegdi.-deb Farruk o'rnidan turdi, telidan ko'z uzmay eshik tomon yo'naldi.

- Bunga ham etibor berma. Buni yana qizlar internetdan topishganga uxshaydi. - deb qaxqaxa otib kulib yubordi. Men bir gala jinnilar orasiga tushib qolganman. Bu aniq. Endi etibor berdim. Aziz hammasidan gavdali ekan. Farruk esa yoqimtoy, Shoxrux eng novchasi, Jahongir esa...Hmmm...O'zgachasi. Ha bu aniq unda qolganlardan insoniyligi bilan ajralib turar edi. Ammo ularning hammasida bir hillik bor. Bu ham bo'lsa o'ziga magnitdek tortish. Buni qizlar misolida kurdim. 

 Kollejdan chiqib nima bulsa ham rozi bo'ldimda mexmonxonaga yo'l oldim. Yo'lni narigi betiga o'tsam bo'lgani endi kesib o'tgan ham edim, katta tezlikdagi mashinani qattiq chiyillagani va kuchli og'riqdan hushimni yo'qotdim.

 Qandaydir qorong'u xonani burchagida arang nafas olib turar ekanman. Deraza ochiq,kun kech bo'lgan va to'lin oy nuri tushib turar edi. Bir vaqt derazadan soya kurindi. Asta nigohimni unga qadadim. Daxshat...Qo'rqinchli yuz... Takrorlnmas qizil ko'zlar... Yoqimsiz tirjaygan bashara va suyloq tishlar. Jonim boricha baqirib, eahikka otildim. Eshik boshidan zina boshlangan ekan to'g'ri tepaga qarab yugua boshladim. Qancha yugurmay har bir derazadan biyagi daxshat bilan to'qnashdim. Axiyri zina tugab yerdan ancha balandga chiqib qolibman. Bir qadam tashlasam yiqilayozgandim va allaqanday kuchli qo'llar meni ortimdan tortib oldi va devorga suyadi. Yuzi yopiq faqat ko'zlarni ko'rardim holos va bu ko'zlar meni butunla qotirib qo'ygan edi. 

 Bairib uyg'ondim. Chuqur chuqur nafas olib, atrofga alangladim. Yoruq xona, ikkita karavat yonida bittadan stul. Derazada gullar meni yonmdagi stolchada ham gullar. Men aniq kasalxonadaman chunki uni hidiga ko'nglim aynir edi. Eshik ochilib kimdir kirib keldi qo'lidagi gullardan yuzi ko'rinmas edi. Gullarni tushurdi va men qichqirib yubordim. Sababi yaqinda tanib qolgan, mexmonxonada yaqin kunlarda bo'lib o'tadigan mda haftaligida chiqadigan model Javoxir Rustamov edi. Menga kulib qaradida gullarni menga tutqazdi.

- Demak meni mashinamni tagiga kirib ketayozgan qizaloq sensan. Hmm...Uyqudagidan ko'ra uyg'oqligngda chiroyli k'rinar ekansan.-deb doimgidek mulozamat qilib quydi.

- Aaa...Sizzz...Mennn...

- Bo'ldi urunma... Tinchlan... Ha aytgandek ertadan javob berishdi. Seni o'zim kzatib qo'yaman.

- Voooy-db qurqib ketdim. Axir men ishda qoldimmi yo'qmi bilishim kerakku.

- Nima?-deb yuzi o'zgardi.

- Qancha bexush yotdim?

- Atigi bir soat. Qurquvdan u ham bo'lsa.

- Kettik... -de o'rnimdan otilib turdim ammo boshim aylanib Javoxirni ustiga yiqilib qoldim. Bo'ynidan ushlab o'zimni tutib oldim.

- Qayerga yo'l oldingiz... Oyimqiz...

-Mexmonxonaga. Iltimos borishim zarur....-deb asta o'zimni tiklab oldim va undan uzoqlashdim.

- Hmm...Mayli unda qochamiz... Kettik...

 Hullas uni mashinasida mexmonxonaga keldik ammo bir oyog'im oqsar edi. Uni qo'lidan ushlab yura boshladim. Eshikdan kirishim bilan qarshimizda kelayotgan ho'jatinimni ko'rdim. U to'g'ri bizni yonimzga kelib to'xtadi.

- Ofaran sizga qoyil o'zizni ishkalchiligiz yetmaganidek qolganlarni kechikishigayam sabab bo'ldiz. Qadrli Abduganiyeva..-deb chaqib oldi.

  Sariq chayon. Bu gap tilingni adashib sug'urib olsam edi. Yo'q yaxshisi yigirma birinchi qavatdan bilmay tashlavoraman. 

 U huddi mni gaplarimni eshitgandek battar qizardi. Asabiylashib qo'lidagi qog'ozlarni g'ijimlab tashladi. Menam qaxr bilan qarab tururdim bezbetlarcha. Axiri bu nigohlar janggiga Javoxir barham berdi.

- Bas qil Sadik unda ayb yo'q. Uni men urib oldim. Aslida qolishi kerak edi ammo qanaydir jinnilikmiye...Bog'ladim dedimiye... tushunmadim. Hullas olib kelishim havodek zarur ekan.

 U nigohini Javoxirdan uzib menga bir qaradida 

- Begonalar oldida ismimni to'liq ayt Javoxir Rustamov. Adashmasam sizni kutishyapti-deb unga aytdi ammo menga teshgudek tikilar edi. Javoxir menga mehrli boqib, ishiga ketdi. 

- Siz esa...Meni honamni yog' tushsa yalagudek qilasan...Hech nimani sindirmay...-deb kwta boshladi va tuxtab menga qardi- Ha aytgancha aytish meni burchim lift ishdan chiqqan harakatni tezlat-deya yana kețishga shaylandi va ko'zdan yuqoldi.

Axir bu oshkora ezishmasmi. Ammo nachora chidayman. kiyim almaahtirani borsam Oqila opa men endi farroshmas oqsoch bulganimni aytdilar. Biroz kulgan bo'ldimda yangi formada zinadan arang odimladim. Har bir bog'onada Sardor Abramovni so'kar edim. Jonga tegdi zinalar hansirab lift yonida o'ttirib qoldim. Hali qavat o'n hali ancha bor o'pkam to'lib bularim bo'ldi. Bu yaramas yaxshigina qasdini oldi arqoni uchun. O'zimam huddi arqon bo'lib qolgan edi. Shu vaqt liftni harakatlangani eshitildi. Arang o'rnimdan turib tugmani boadim biroz o'tib u ochildi. Bor ovozim bilan baqirdim. Rossa Sardorni haqoratlab, yer tepinib liftga kirdim. Xonasiga kirdim u yo'q. Quloqchinni taqib ishni boshladim. Musiqa baland, kayfiyat zo'r. Xonani top toza qildim va boahliqni krealosiga o'ttirib aylana boshladim daxshat ekan. Bir vaqt nogoh stol tagidagi nimadir etiborimni tortdi va stol tagiga emaklab kirdim va uni qulimga oldim. Qandaydir g'alati taqinchoq edi. Uni yaxshilab kurayotsam ortimdagi stulni kmdir ichkariga surdi ne ko'z bilan ko'ray asabiy Sardor Abramovni o'zi, quloqchinda kirganini eshitmabman. Endi nima qiliahni uylab jim bo'lib qoldim hatto nafas ham ololmasdim.

- Ahmoq qiz lattalar joyida qolgan...Bu nima masulyatsizlik... Ufff... o'zini kim deb uylayapti nimamish... tilini sug'urish kerakmish...

  Nima gapim chiqib ketudimi? Viiiiy faqat uylagam edimuuuu.... Gapirvorganman... Oyog'ini chalkashtirib oldida qimirlata boshlagi men asta uzimni orqaga oldim endi surulmoqchi bo'lgandim oyog'i qo'limga tegdi. Ko'zimni qattiq yumib oldim. U asta o'rnidan turganini sezdim ammo ko'zlarimni ocholmadim. Biroz o'tib ko'zlarimni ochsam u meni qarshimda jiddiy tikilib turar edi. Qo'rqib ketib o'rnimdan turib ketdim boshim stolni tagiga tegib o'ttirib qoldim. Keyin orqaga emaklab chiqdim u stolni narigi tarafiga turdida usha nigoh bikan qaradi. Men orqaga yurdim, la'nati qo'lim ortimdagi xitoy chinnisiga tegim qimillab ketdi. Sardorni ko'zlari katta ochilib qo'llarini men tomonga cho'zdilar demak bildimki u qimmat. Bor tezlikda chinniga qarab burildim ammo yana bir ishkal burilgach bu tarafdagi guldon qimirlay boshladi 

- Eeeeyyy...-deb baqirib yubordi. Uchib tushib ikki chinnu va guldon qulimdan siroanib ketib chil chil... bu yog'i daxshatli tush bo'ldi. U rossa o'shqirdi. Oxiri menam portladim.

- Sen...Sen haqiqiy ishkalni uyasisan.

- Uzr...

- Pishirib yeeee... 

-...

- Bular qancha turishini bilasanmi... Otangni bir yillik maoshi ham kam...

- Eeeyyy... Dadamga til tekkizmeng.. Mana shu oddiy idiah inson qadr qiymatidan qimmatmi?.

- Eeey....Sen hozir gapirmaaa....Bo'lmasa...

- Nima...Hooo jiiim tururemi... borsa uldirasiz tamon....Men o'limdan qurqmiman.

- Uffff...YO'QOOOOLLLL..

Tamom. Yana bir mojaro. Ufff.... Uni gaplari teshib ketdi. Obbo...Nima qilamn endiiii... Yo'q ishlab uzamn. Yig'lashni hohlayapmn ammo hozir kulgum qistayapti. Singan oboz chiqishi bilan uni yuzi hali hanuz esimda... Avval qimmatli arqon....Endi esa ko'za va guldon... Menda tavqi la'nat bor. Aniq bu. Shu kun bo'yi Sardorni ko'ziga ko'rinmadim. To'qnashsam kulvorishim aniq edi ....

Report Page